• Axborotlarning tuzilishi shakllari va turkumlanishi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, 
    uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli 
    vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi.
    Rasm 1.Axborotni uzatish 
     


    15 
    Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bо‗lib, ular kompyuter 
    dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog‗i 
    orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog‗i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq 
    masofaga uzatish mumkin (rasm 1).
    Axborotlarning tuzilishi shakllari va turkumlanishi. 
    Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma‘lumki, 
    axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn kо‗rinishdagi, jadval 
    kо‗rinishdagi, tovush kо‗rinishdagi va tasvir kо‗rinishdagi ma‘lumotlardan 
    foydalanadi. 
    Matn. Matn – bu ma‘lumotlarni ifodalash shakli bо‗lib, u mazmunan 
    yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat 
    asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki 
    skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb 
    ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq 
    orqali matnlar ma‘lumotlar bо‗laklari kо‗rinishida uzatiladi. 
    Tasvir. Tasvir – bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni о‗zida ifodalagan 
    rasm bо‗laklari va ranglardan iborat ma‘lumotdir. Foto, manzara, matematik 
    funksiyalar grafigi(rasm 2)., statistik ma‘lumotlar diagrammasi va shunga о‗xshash 
    ma‘lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni 
    tо‗rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
    1. Kulrang va rangli tasvirlar; 
    2. Ikki xil va bir necha ―rangli‖ tasvirlar; 
    3. Uzluksiz egri va tо‗g‗ri chiziqlar; 
    4. Nuqtalar yoki kо‗pburchaklar iborat tasvirlar. 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti

    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish