• Animatsiya.
  • Nazorat savollari 1. Axborot tushunchasi. 2. Axborotning turlari. 3. Axborot xossalari. 4. Axborot о‗lchov birliklari.
  • Rasm 2. Ma‘lumotlarning grafik tasviri




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Rasm 2. Ma‘lumotlarning grafik tasviri 


    16 
    Bu turkumlash tasvirni kо‗rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki 
    ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‗liq. 
    Animatsiya. 
    Animatsiya 
    ma‘lum tezlikda tasvirlarni almashtirish 
    mahsulidir. Bunda ma‘lum vaqt oralig‗ida, ma‘lum sondagi bir xil о‗lchamga ega 
    bо‗lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikatsiyaga о‗xshash 
    harakatlanuvchi (animatsion) tasvir hosil bо‗ladi. Filmlar va video 
    ma‘lumotlarning asosini animatsiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir 
    soniyada 25-30 ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi 
    tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya‘ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi 
    tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.
    Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

    matn axborotini qismlashni; 

    tasvir qismlarining sо‗zsiz harakati jarayonini; 

    rasm harakatlarini; 

    tarixiy janglarning sо‗zsiz harakatini; 

    fizik va kimyoviy jarayonlarni; 

    texnologik jarayonlarni; 

    tabiiy hodisalar jarayonini; 

    siyosiy hodisalar jarayonini; 

    ijtimoiy hodisalar jarayonini. 
    Nazorat savollari 
    1. Axborot tushunchasi. 
    2. Axborotning turlari. 
    3. Axborot xossalari. 
    4. Axborot о‗lchov birliklari. 
     
    2.2.Axborotning xossalari, axborot texnologiyalari tushunchasi 
    Axborot birliklari, axborotning о‗lchov va hajm tushunchalari. Har qanday 
    mahsulotning о‗lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, 


    17 
    amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga о‗xshash axborotning ham о‗lchovi 
    mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir 
    bit bu bitta ―1‖ yoki bitta ―0‖. Bunda signalning mavjudligi ―1‖ bilan yoki yо‗qligi 
    ―0‖ bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt 
    deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi 
    ma‘lumotlar sig‗imini о‗lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), 
    terrabayt (tb) va h.k. о‗lchamlar mavjud: 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 2. Ma‘lumotlarning grafik tasviri

    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish