23
Sistema platasi
Sistema blokidagi asosiy elektron sxemalar sistema platasida joylashgan
bo`ladi (mother board). Unda BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira,
kesh xotira, shinalar, taktik generator joylashgan. Bundan tashqari, unda ba‘zi bir
qurilmalar ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari
adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng
ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u
orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish – chiqarish portlari mavjud bo`lib, ular sistema
blokining orqa qismida joylashgan
slot deb ataluvchi joylar orqali printer,
«sichqoncha», klaviatura va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi.
Kiritish – chiqarish portlari parallel va ketma – ket bo`ladi va ular mos ravishda
LPT 1 – LPT 4 va COM 1 – COM 3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va
COM portga faks – modem, ―sichqoncha‖ va boshqa qurilmalar ulanadi.
Shunday qilib sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda
quyidagilar joylashgan:
protsessor – asosiy mikrosxema bo`lib, matematik va mantiqiy
operatsiyalarni (amallarni) bajaradi;
chipset (mikroprotsessorli komplekt) – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ShK
ning ichki qurilmalarining ishini boshqaradi va sistema blokining asosiy funksional
imkoniyatlarini aniqlaydi;
shinalar – qurilmalarni bog`lovchi simlar bo`lib, ulardan kompyuterning
ichki qurilmalari orasidagi berilganlarni ayriboshlovchi signallar o`tadi;