99
BOB-9. MUTAXASSISLIKLARGA IXTISOSLASHGAN TIZIMLAR VA
DASTURLAR.
9.1. Ixtisoslik bo‘yicha maxsus dasturiy vositalar
(MATLAB, MATHCAD).
Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy
hisoblashlarni bajarishda
odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas,
balki Mathematica,
MatLab, Maple, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik
dasturlar keng qo‘llanilyapti.
Matematik
paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o‘tilgan ro‘yxat
ichida eng mashhur paket bo‘lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga
dasturlashning nozik elementlariga e‘tibor berilmasdan (masalan: Fortran, C,
Paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda
matematik modellashtirishni
amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash
muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o‘tish
mumkin:
Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko‘rinishda ifodalanadi.
Masalan,
daraja yuqorida, indeks pastda,
integralning yuqori va quyi
chegaralari esa an‘anaviy joyida turadi.