Mathcad muhitida ―dasturlashni‖ tuzish va ularning bajarilish jarayoni
parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar
ekan, uning qiyMatni bira to‘la hisoblash va ifodani kiritishda yo‘l qo‘yilgan
yashiringan xatoliklarni grafigini ko‘rish imkoniyati ham mavjud.
Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan
qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo
bo‘ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin.
Mathcad xos bo‘lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o‘tmoqchimiz:
1. Chiziqli va chiziqli bo‘lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish;
2. Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy
masala) yechish;
100
3. Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish;
4. Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya,
approksimatsiya va ko‘pgina boshqa amallar);
5. Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
6. Funksional bog‘liqlikning maksimum va minimumini izlash.
Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda
o‘zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo‘llanmalar bilan boyitilgan.
Mathcad paketida turli sohalar bo‘yicha elektron darsliklar yaratish
mumkin.
Masalan:
oddiy
differensial
tenglamarni
yechish,
statistika,
termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga
misol bo‘la oladi.
Foydalanuvchi o‘z oldiga qo‘yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina
qolmay, fizikaviy masalalarni yechishda o‘lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega.
Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin.
Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan,
bunda tuzilgan modellarni nafaqat static (o‘zgarmas), balki dinamik (animatsion
kliplar) holda yaratish mumkin.
Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo‘lib,
bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga
imkoniyat yaratilgan.
Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni
ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda
yechish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o‘zlari
yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori sifatida
foydalanishlari mumkin. Bu tizimdan tabiiy fanlar bo‘yicha electron darsliklar
yaratishda asos dasturiy vosita sifatida foydalanishni tavsiya etish mumkin.
Masalan differensial tenglamalarni yechish, statistika ,termodinamika, boshqaruv
nazariyasi kabi jarayonlarni geometric tasvirlash va animatsiyalar orqali ijro etishni
yuqori darajada amalga oshirish mumkin. Mathcad dasturini ―Pusk – Programmы
101
– MathSoft Apps - Mathcad‖ ketma-ketligidan foydalangan holda yuklash
mumkin.
|