129
Rasm 45. Matritsa ustida amallar bajarish.
Matritsali tеnglamalarni yеchish. Matritsali
tеnglamalar bu chiziqli
algеbraik tеnlamalar tizimi bo`lib A
X=B ko`rinishda yoziladi va u matritsaga
murojaat qilish yo`li bilan tеskari matritsani topish orqali yеchiladi X=A-1
B.
Rasm 45. Tеnglamalar tizimini matritsa usulida yеchish.
Matritsalar ustida simvolli opеratsiyalar Simbolics (Simvolli hisoblash)
mеnyusining buyruqlari va simvolli tеnglik bеlgisi (
) yordamida bajariladi.
Nazorat savollari
1. Matеmatik ifodalarni hisoblashni aytib bering?
2. Diskrеt o`zgaruvchilar qanday beriladi?
3. Diffеrеnsial tеnglamalarni yеchish operatorlari qaysilar?
4. Matritsali tеnglamalarni yеchish usullari qaysilar?
130
BOB-11. KOMPYUTER TARMOQLARI VA TARMOQ
TEXNOLOGIYALARI INTERNET TARMOG‗I VA UNING AHAMIYATI
11.1. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati
Dunyoda ko‗plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi.
Bulardan
ba‘zilari bilan tanishamiz. 1957 yil
ARPA (Advanced Research Projects Agency)
tashkiloti tuzildi. 1960 - yillar oxirida
DARPA (Defense Advanced Research
Projects Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa ministrligi
tomonidan tashkil
qilingan eng eski KTlari hisoblanadi)
ARPANet(Advanced Research Projects
Agency Network) tajriba tarmog‗ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor
TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‗lib, asosiy
tuzilish prinsipi TARMOQdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo‗lishi edi.
1975 yil
ARPANet tajriba tarmog‗i maqomini harakatdagi (amaliy) TARMOQ
maqomiga o‗zgartirdi (1989 yil –
ARPANet mustaqil
TARMOQ sifatida
tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor TARMOQ
bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa KTlari bilan
birlashtirilib,
Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u
MILNET–
Military NET (xarbiy TARMOQ),
CSNET – (Computer Science NETWORK)
(kompyuter ilmi tarmog‗i),
NSFNET – (National Science Fondation NETWORK)
(milliy fan fondi tarmog‗i) tarmoqlar sifatida
Internetda ishlatiladi.
BITNET (1981) – Because it‘s Time Network (bugungi kun tarmog‗i) KT
Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Evropa, AQSH qit‘asi,
Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi TARMOQ bo‗lib,
u alohida
ajratilgan kanallar bilan aloqa bog‗laydi. U
OSI – (Open System Interconnection –
ochiq xalqaro bog‗lanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning
bir xususiyati – uzatilgan ma‘lumotlar uchun haq to‗lanmaydi. Hukumat
tomonidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi. Uning ko‗rsatadigan xizmat doirasi
fayllarni uzatish, elektron pochta va masalalarning
uzoqdan turib ishlashini
ta‘minlashdan iborat.