133
tarmoqlar orasida ma'lumot uzatishga xizmat qiladi va internetning yagona tarmoq
sifatida faoliyat ko`rsatishiga olib keladi. Beshta eng asosiy qurilma: hub (tugun),
bridge (ko`prik), gateway (darboza yoki shlyuz), repeater (tiklagich),
router
(marshrutizator - yo`naltirgich) lardir.
Hub (hab deb o`qiladi) juda muhim
ahamiyatga ega. Ular bir guruh kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lab,
kompyuterlarning mahalliy tarmog`ini (local area network yoki qisqacha LAN)
yaratishga va kompyuterlarni bir-biriga ulana olishiga xizmat qiladi. Ko`priklar
mahalliy tarmoqlarni bir-biri bilan bog`laydi. Ular mahalliy tarmoqqa
jo`natiladigan ma'lumotlarni tarmoq ichida olib
qoladi va boshqa mahalliy
tarmoqdagi kompyuterga jo`natilishi kerak bo`lgan ma'lumotlarni tarmoqdan
tashqariga chiqarib yuboradi.
Shlyuzlar ko`priklarning o`zi, lekin ular zarurat paydo bo`lganda,
ma'lumotlarni bir turdan ikkinchi tarmoq uchun tushunarli boshqa turga
aylantiradi.
Internet bo`ylab ma'lumotlar uzatilganda ular uzoq masofaga jo`natilishi mumkin.
Bunda esa ma'lumotlarni tashuvchi signallar so`na boshlaydi.