O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti sirtqi ta`lim fakulteti




Download 1,03 Mb.
bet6/12
Sana11.02.2024
Hajmi1,03 Mb.
#154726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jizzax politexnika instituti (1)

Valyutani tanlash. Odatda ekspatriantlarga ish xaqi mahalliy va ma’lum miqdorda o’z davlati valyutasida to’lanadi. Bu unga o’z milliy valyutasida jamg’arishga imkon beradi, hamda ish xaqining shu qismidan soliq to’lashdan ozod bo’ladi.
Uzoq hududlar. Ko’pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq hududlarda amalga oshiriladiki, KMK u yerda qulay sharoitlarni yaratmasdan yoki boshqa rag’batlantirishlarsiz ishlashga tayyor xodimlarni topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi o’zining amerikalik ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy teleradiostantsiya yaratgan. “INKO” firmasi esa o’zining AQShlik mutaxassislari uchun Indoneziyada maktablar, kasalxonalar, cherkovlar, supermarketlar, golf o’yini uchun maydonlar, yaxt-klub, motellar va restoranlar qurib bergan.
KMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant-xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo’ladi. Qurilishga va obe’ktlarni ishga tushirishga ko’proq ishchilarni jalb qilish uchun KMK odatda qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga taklif etadi va zarur bo’lgan ishchi kuchining ko’p qismini chetdan jalb qiladi. Ko’pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar mavjud bo’lsa ham rozi bo’ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa muddatda pul jamg’arishga imkoniyat yaratadi.
^ Qo’shimcha imtiyozlar. Bir mamlakatdagi qo’shimcha imtiyozlar boshqa mamlakatdagidan ancha farq qiladi. Turli davlatlarda muayyan mehnat uchun to’lanadigan xaq faqat ish xaqi miqdori bilan belgilanmaydi. Har doim beriladigan yoki so’rab olinadigan qo’shimcha imtiyozlarning turi ko’p. Masalan, Yaponiyada qo’shimcha imtiyozlarga yirik firmalar xodimlariga oila nafaqasi, uy-joy olish uchun subsidiya va qarz berish, haqi to’langan tushliklar, farzandlarni o’qitish va bayramlarni nishonlash uchun to’lovlar kiradi. Buyuk Britaniyada 70% avtomobillar kompaniyaga tegishli, chunki shaxsiy mulkka solinadigan soliqlar yuqoriligi sababli kompaniyaga tegishli avtomobildan foydalangan afzal. Ko’pgina davlatlarda quyidagi qo’shimcha to’lovlar turlari mavjud: yil oxirida beriladigan mukofot, bolalarga beriladigan qo’shimcha pullar, uzun ta’til, foydada qatnashish mukofoti.
^ Kafolatlangan ish o’rni. Ko’pgina mamlakatlarda xodimlarni bo’shatish qiyin yoki kompaniyaga kutilmagan katta zararlarni keltiradi. Masalan, Germaniyada bo’shatilgan xodim 18 oylik ish xaqiga teng kompensatsiya berishlarini talab qilishi mumkin. Mamlakatda ishlab chiqarishni to’xtatish uchun kompaniya o’z kasaba uyushmasi va hukumatning qo’shimcha imtiyozlarni berish va ishchilarni qayta tayyorlash masalalari bo’yicha roziligini olishi kerak.
^ Keltirilgan zarar uchun javobgarlik. Kompaniyani, xodimni yoki uchinchi tomonni yomon ishlashi kompaniyaga yoki xodimlarga zarar keltirishi mumkin. Masalan, jismoniy zarar transport vositasida yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, uskunalarni noto’g’ri ishlatish va texnika xavfsizligiga rioya etmaslik natijasida kelib chiqadi. Firma naqd pul bilan noto’g’ri ishlash, fondlarni ishlatib yuborish, asbob-uskunalarni sindirish oqibatida moddiy zarar ko’rishi mumkin. Keltirilgan zarar uchun kompaniya yoki xodimning javobgarlik choralari keng turlanadi.

Download 1,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti sirtqi ta`lim fakulteti

Download 1,03 Mb.