|
Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari, boshqarish bosqichlari
|
bet | 7/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #154726 |
Bog'liq Jizzax politexnika instituti (1)2.2 Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari, boshqarish bosqichlari.
“Ishchi kuchi” tushunchаsi ХХ аsrdаn hоzirgi kungаchа аmаl qilib kеlmоqdа. U o’zidа insоnning qоbiliyati vа sifаt jihаtlаrini mujаssаmlаshtirgаn.
Xalqaro darajada inson resurslarini boshqarish.
Inson mansab sifatida emas (tarkibiy element sifatida emas) to‘ldirilmaydigan resurs – uchta asosiy komponentdan (mehnat funktsiyasi, ijtimoiy munosabatlar, ishchining ahvoli) iborat tashkilotning ijtimoiy elementi sifatida ko‘riladi. Ushbu kontseptsiyaning asoschisi Yaponiyaning etakchi olimlari hisoblanadi.
Mеhnаt jаrаyonidа ishlаb chiqаruvchi sifаtidа fоydаlаnish mumkin bo’lgаn jаrаyon ishlаb chiqаrish jаrаyonini аnglаtаdi. «Mеhnаt rеsurslаri» tushunchаsi ХХ аsrning 20-yillаridаn bоshlаb hоzirgi dаvrgаchа аmаl qilib kеlmоqdа. Bu iqtisоdiy kаtеgоriya bo’yichа insоn tаshqi bоshqаruvning pаssiv оb’еkti hisоblаnib, rеjаhisоb birligi sifаtidа аks etаdi. Vujudgа kеlish оmili iqtisоdiyotni bоshqаrishning mаrkаzlаshgаn rеjаlаshtirish shаrоitidа ishchi kuchining tаkrоr ishlаb chiqаrish ko’rsаtkichlаrini o’lchаsh zаruriyatidаn kеlib chiqqаn. «Mеhnаt sаlоhiyati» tushunchаsi ХХ аsrning 70-80 yillаridаn hоzirgi kungа qаdаr аmаl qilib kеlmоqdа. U insоnning mеhnаt sоhаsidаgi ehtiyojlаri vа qiziqishlаri sub’еkti sifаtidа yuzаgа kеlаdi. Yuzаgа kеlish оmili sifаtidа esа, shахsiy оmil imkоniyatlаrini fаоllаshtirish vа ulаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish zаruriyatidаn kеlib chiqаdi. “Insоn оmili” tushunchаsi ХХ аsrning 80-yillаri охiri vа 90-yillаridаn аmаl qilmоqdа.
Bu dаvrdа iqtisоdiyotdа mеhnаt rеsurslаrining еtishmаsligi yuzаgа kеldi vа yaqqоl nаmоyon bo’lа bоshlаdi, mеhnаtkаshlаshgа endi ishlаb chiqаrish оmili sifаtidа qаrаlа bоshlаndi. Insonning ishlab chiqarishdagi o’rnini yangicha tafakkur qilish uchun 80- yillar o’rtalarida iqtisodiy adabiyotlarda “inson omili” va “mehnat potentsiali” degan tushunchalar ishlatila boshlandi.
Bunda odatda inson omili tushunchasining, insonning iqtisodiyotga bo’lgan katta ta’sirini ifodalashiga e’tibor qaratildi. Bu jonli mehnatdan yetarli darajada foydalanilmayotgan yangi ijtimoiy holatga ancha mos kelardi. “Inson omili” tushunchasi “ishchi kuchi” va “mehnat resurslari” tushunchalariga nisbatan kengroq va chuqurroq mazmunni o’zida mujassamlashtirgan. “Omil” (“Faktor”) tushunchasi lug’atlarda biror narsani harakatlantiruvchi kuch sifatida qaraladi, ya’ni “resurs” tushunchasiga zid ravishda har qanday narsani, ushbu holatda insonning aktiv (faol) rolini ifodalaydi. Ko’pgina olimlar (R.Laykert, M.X.Meskon va boshqalar)ning fikricha inson kapitali moddiy kapitalga nisbatan qimmatliroq, shuning uchun ham inson resurslari butun jamiyat yoki alohida bir firmaning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda inson omili to’g’risida emas, balki “inson resurslari” haqida fikr yuritilmoqda. Iqtisodiy fanda “ishlovchi”, ‘mehnatkash”, yoki “umuman individ” o’rniga o’zining barcha hayotiy ehtiyojlari bilan tirik inson qo’yilmas ekan inson omilini boshqarishning murakkab tizimi haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish, iqtisodiyot va jamiyatning inson omili nima? Bu savolga umumiy va aniq javob yo’q.
Akademik T.I.Zaslovskayaning fikricha, inson omili – “bu har xil pog’onadagi sinf, qatlam va guruhlarning birgalikdagi harakat yo’nalishi bo’lib, ularning birgalikdagi harakati va faoliyati jamiyatning tezkorlik bilan rivojlanishini ta’minlaydi”. Boshqacha qilib aytganda, inson omili insonni ko’pgina o’lchovlarda ochib beradi: mehnatkash, fuqaro, oila boshlig’i, ko’p qirrali sezgi va fikrlari bo’lgan inson sifatida. Inson omiliga insonning shaxsiy xususiyatlar majmuining yuzaga chiqishi sifatida qarash kerak. Bu esa uning mehnat jarayonidagi faoliyatida namoyon bo’ladi.
Ushbu tushuncha insonning ishlab chiqarish jarayonidagi hal qiluvchi rolini ko’rsatib beradi. Inson omili – bu firma va tashkilotlarda birgalikda faoliyat ko’rsatish uchun jamlangan odamlar. Tarkibiy jihatdan esa bu birinchi navbatda shaxs, ishchi guruh, mehnat jamoasi. Inson omili – bu faqatgina ishchilar jamoasi emas, balki jamiyat hayotidagi jamoaviy sub’yekt bo’lib o’zida jamiyat rivojini ta’minlaydigan ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va siyosiy, tarkibni mujassamlashtirgan. Bunday yondashuv jamiyat rivojini odamlarning ijtimoiy rivojlanishi uchun kerakli muhit yaratish sifatida qarashga olib keladi. Insonni uning hayotiy ehtiyojlari bilan jamiyat rivojining teng huquqli va idrokli qatnashchisi sifatida tan olininshi, yana uning ijodiy faoliyatiga bo’lgan ehtiyojini, axborot, boshqaruvdagi ishtirok va boshqalarni ham birinchi o’ringa chiqarib qo’yadi. “Mehnat resurslari” va “inson omili” tushunchalarining har xil tarkibi ularni o’rganish uchun turlicha yondashuv va usullarni talab qiladi. Ma’lum bir muassasa, soha va tashkilotlarning mehnat resurslari ko’pincha son va joylashuv, sohaviy, kasbiy va mutaxassislik ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi. Ishlab chiqarishning inson omili bu ko’rsatkichlardan tashqari mehnatga bo’lgan e’tibor, tashabbus, tadbirkorlik, qiziqishlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, har xil sharoitlarda o’zini tutish kabilar bilan ta’riflanadi.
Mehnat resurslari bilan inson omilini taqqoslash borasida yana bir olg’a qadam qo’yib shuni aytish lozimki, inson omili tushunchasi o’zida qandaydir chegaralanishni o’zida mujassamlashtiradi. Uning ta’sir doirasida odamlar jamiyatning asosiy boyligi bo’lib qaralmaydi, balki undagi rivojlanish jarayoniga nisbatan tashqi omil sifatida tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, bu chegaralanish bizning jamiyatimiz rivojlanish darajasini ko’rsatadi. Inson omili – siyosiy-iqtisodiy termin, zamonaviy umumiy nazariya predmeti, mehnat ergonomikasi va sotsiologiyaning ruhiyati, psixologiyasi. Inson omiliga e’tibor avtoritar, ma’muriy-byurokratik boshqaruv metodlari bilan erishib bo’lmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish bilan o’zaro bog’langandir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib “inson omili” tushunchasiga quyidagicha umumiy ta’rif berish mumkin:
|
| |