• Nazariy muqaddima Issiqlik almashinuv apparatlari haqida umumiy ma’lumotlar.
  • Issiqlik almashinuv usuliga qarab Aralashtirgichli
  • Rekuperativli.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti




    Download 2,05 Mb.
    bet10/12
    Sana17.02.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #158232
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    AESda issiqlik va massa almashinuvi Hisobot 2023

    7 -Laboratoriya ishi
    Mavzu:  Issiqlik almashinuvi apparatlari (ishlar sikli).


    Ishning maqsadi:
    Issiqlik almashinuvi apparatlari (ishlar sikli) jarayonini o’rganish:
    1. Issiqlik almashinuv apparatlari haqida umumiy ma’lumotlar berish.
    2. Issiqlik almashinuv apparatlarini hisoblash
    3. O‘rtacha temperatura bosimini hisoblash


    Nazariy muqaddima

    1. Issiqlik almashinuv apparatlari haqida umumiy ma’lumotlar.

    Issiqlik tashuvchini qizdirish yoki sovitish uchun mo‘ljalangan qurilma issiqlik almashinuv apparati (IAA) deyiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlik yoki gaz ishlatiladi. Issiqlik tashuvchilar isituvchi va isitiladigan tashuvchilarga bo‘linadi. Masalan, qozon ichida qizigan gaz isituvchi issiqlik tashuvchi, qozondagi suv esa isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Isitish radiatoridagi suv isituvchi issiqlik tashuvi, xonaga issiqlikni tarkatadigan havo esa, isitiladigan issiqlik tashuvchi hisoblanadi.
    IAA lariga bug‘ qozonlari, kondensatorlar, bug‘ qizdirgichlar, havo isitkichlar, markaziy isitish asboblari, radiatorlar va shu kabilar misol bo‘la oladi.
    IAA lari o‘zining shakli va o‘lchamlari bilan hamda ishlatilayotgan ishchi jismi bilan bir – biridan katta farq kiladi. IAA lari xilma xil bo‘lsada, issiqlik hisobining asosiy qoidalari ular uchun umumiy bo‘lib qoladi. IAA lari texnikada nixoyatda keng tarqalgan, hozirgi vaqtda ularning aniq bir tasnifi yo‘q. Quyida keltirilgan tasnif eng ko‘p qo‘llanilayotgan IAA lariga ta’luqlidir. IAA larini quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin.
    Issiqlik almashinuv usuliga qarab
    Aralashtirgichli. Bunday IAA larida issiq va sovuq issiqlik tashuvchi bir – biriga bevosita tegadi va keyin aralashib ketadilar. Masalan, qozon agregatidan chiqadigan yuqori temperaturali bug‘ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra iste’molchilarga uzatiladi. Bunday IAA lariga gradirnyalar, deaeratorlar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi.
    Gradirnyada (14.1-rasm) minoradan yomg‘irdek tushayotgan suv havo bilan aralashadi va natijada suv soviydi, havo esa isib yuqoriga ko‘tariladi.
    Rekuperativli. Bunday IAA larida issiqlik ajratuvchi devor (odatda metall) orqali uzatiladi. Bunday apparatlarga bug‘ generatorlari, bug‘ qizdirgichlari suv isitkichlari, havo isitkichlari va turli xil bug‘latgich apparatlari kiradi.


















    Download 2,05 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti

    Download 2,05 Mb.