8
loyihaviy qurilish mahsulotini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlar (qurilish
jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim.
Qurilish mahsuloti – bu: a) qurilishi tugallangan va foydalanishga belgilangan
muddatda topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura-rejaviy,
konstruktiv, tashkiliy-texnologik echimlar bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning
ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, seksiyalari); v) ma’lum vaqt oralig‘ida
bajarilgan ishlarning hajmlari (m
2
, m
3
, dona).
Qurilish mahsulotini ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi.
Sanoat ishlab chiqarishida uni tashkil etuvchi elementlar, odatda, qat’iy texnologik,
masalan, konveyer liniya, umumiy ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek yagona
(umumiy) boshqarish tizimi bilan bog‘langan. Bu manipulyatorlar, avtomatlar,
robotlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlaridan keng foydalanishga imkon
beruvchi asos hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishida yaratilayotgan qurilish mahsuloti qo‘zg‘almas va
barqaror (ishchilar, mehnat qurollari va buyumlari ko‘chadi), katta o‘lchamga va
massaga ega bo‘lib, undagi ishlab chiqarish, odatda uzoq vaqtni egallaydi.
Xatto o‘rtacha va kichik quvvatli bino yoki inshootni barpo etishda ham bir
necha qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlari, ishchilarning o‘nlab brigadalari
ishtirok etadi, qurilish mashinalari va transport vositalarining katta miqdori, juda ko‘p
miqdordagi konstruksiyalar, buyumlar, detallar, materiallar, mexanizmlardan
foydalaniladi – bularning hammasi bir qancha konstruktiv va texnologik tavsifga ega.
Qurilish ishlarini bajarish davomida turli parametrlar va ko‘rsatkichlar bilan
ifodalanuvchi yuzlab texnologik jarayonlar va operatsiyalar bajariladi.
Ob’ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ko‘p miqdordagi omillar
ta’sirida bo‘ladi. Bu yerda iqlimiy, ob-havo va mintaqa sharoitlari, ishchilar va
muhandis-boshqaruv xodimlarining malakasi, ijrochilarda zarur moddiy-texnik
resurslar, texnik vositalar va boshqalarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Bu omillardan ko‘pchiligi ehtimollik xususiyatiga ega, odatda, qisqa vaqt
oraliqlarida keskin va tez o‘zgarishlarga uchraydi. Bu omillar va sharoitlar qiyin
bashorat qilinadi, ularning ko‘pchiligini ta’sirini bartaraf etish esa vaqt, mehnat va
mablag‘larning qo‘shimcha sarf etilishini talab qiladi.
Qurilishga qo‘yilgan talablarning ortishi munosabati bilan ko‘rsatilgan
xususiyatlar qulaylik, ekologik va muhandislik havfsizligi, energiya va
resurstejamkorlik, sifatni ta’minlash nuqtai nazaridan, va nihoyat quruvchining
muhandis hamda ishchi mehnatini ijodiy qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan o‘z
ta’sirlarini oshiradi.