15
1.3. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari
Qurilish ko‘p miqdordagi moddiy (material) elementlarni iste’mol qilish bilan
bog‘liq bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
-
sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan
yoki karerlardan qazib
olinadigan qurilish materiallari;
-
zavod sharoitlarida yoki bevosita qurilish maydonida tayyorlanadigan
yarim fabrikatlar (chala tayyor mahsulotlar: beton aralashmasi, qorishmalar);
-
qurilish
sanoati
korxonalarida
ishlab
chiqariladigan
qurilish
konstruktiyalari, detallar va buyumlar;
-
sanoatning turli tarmoqlari korxonalari
yetkazib beradigan bino va
inshootlar konstruktiyalarining turli xil mahsulotlari, materiallari, elementlari.
Yarim tayyor fabrikatlar, detallar va buyumlarni tayyorlash asosan sanoat
korxonalarida amalga oshiriladi. Ammo, qurilish
maydonining xususiyatlariga
bog‘liq holda yarim tayyor mahsulotlar va ayrim buyumlar bevosita maydonda,
ob’ekt oldidagi poligonda yoki ustaxonada tayyorlanishi mumkin.
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), Shaharsozlik me’yorlari va
qoidalari(ShNK) Davlat standartlari (DST) va tarmoq standartlari (TST) hamda
texnik shartlar (TSh) qurilish maydoniga yetkazib
kelinayotgan materiallar va
buyumlar muvofiqligini tartibga soluvchi hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. Qurilish
maydoniga yetkazilgan buyumlar ular xossalarining muvofiqligini kafolatlovchi
texnik pasportga ega bo‘lishi kerak. Buyumlarni markirovkalash (belgi qo‘yish) –
mahsulotlarni
tayyorlovchi, tayyorlangan sana, buyumning nomi va markasi kabi
qo‘shimcha axborot olish uchun zarur.
Qurilish jarayonlarining xilma-xilligi ularni bajarish
uchun zarur bilimga va
amaliy tajribaga ega turli kasbdagi ishchilarni jalb etishni talab etadi.
Ishchilarning kasblari – bu ularning doimiy faoliyati bo‘lib, ular bajaradigan
ishlarning (montajchi, betonchi, bo‘yoqchi) turi va xususiyati bilan belgilanadi.
Mutaxassislik (ixtisos) – mazkur ish turi bo‘yicha yanada tor ixtisoslik
(montajchi-yuqorida ishlovchi, temir beton yoki metall konstruktiyalar montajchisi).
Turli xil qurilish ishlari va jarayonlarini bajarish uchun tayyorgarlik darajasi turlicha
bo‘lgan, ya’ni turli malakaga ega ishchilar kerak.
Malaka – ma’lum bir murakkablikdagi ishni
bajarish uchun bilim va
malakalarning mavjudligi. Malakaning ko‘rsatkichi razryad hisoblanib, u har bir
kasbning va razryadning malaka tavsiflariga muvofiq o‘rnatiladi.
Qurilishda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi
(YaTMM) da qurilishda qabul qilingan 6 razryadli to‘rni hisobga olib, 179 ta kasbni
o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada u yoki bu ishni
bajarishning bilimi va
malakalariga nisbatan turli kasb ishchilariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.
Bajariladigan qurilish jarayonlarining murakkabligiga mos holda asosiy kasblar
ishchilari uchun oltita malaka razryadi belgilangan:
1 razryad
– yetarlicha mehnat malakalariga ega bo‘lish va mehnat havfsizligi
qoidalarini bilish;
2 razryad
– ayrim kasbiy malakalarga ega bo‘lishi zarur;
16
3 razryad
– bilim va malakalarning ma’lum kasbiy darajasiga ega bo‘lishi
zarur;
4 razryad
– o‘rtacha murakkablikdagi jarayonlarni
bajarish uchun maxsus va
nazariy tayyorgarlik hamda katta kasbiy stajga ega bo‘lishi talab etiladi;
5 razryad
–murakkab jarayonlarni bajarish uchun yuqori malaka va bilimlar,
zveno yoki brigada boshlig‘i bo‘lib ishlash uchun tashkilotchilik qobiliyatlariga ega
bo‘lishi zarur;