17
Fuqarolik qurilishida foydalanishga topshirilgan ob’ekt
uchun kompleks
brigada bilan hisob-kitob qilish qo‘llanilmoqda. Qurilish – montaj ishlarining butun
hajmiga naryad buyurtma tayyorlanadi, oraliq hisob-kitoblar – avanslar bajarilgan ish
hajmidan kelib chiqqan holda, har oyda rasmiylashtiriladi. Yakuniy hisob-kitobda
qo‘shimcha ravishda quyidagilar hisobga olinadi: ob’ektni foydalanishga muddatidan
oldin topshirish; bajarilgan ishlar sifati; ishlar tannarxini pasaytirgani uchun va
qurilish materiallarini tejagani uchun mukofotlash.
Naryadsiz to‘lov tizimi – brigada va zvenolarga ish haqi mehnatga soatbay haq
to‘lashdan kelib chiqib va xodimning malakasiga muvofiq bajarilgan ishlar qiymati
hisobidan to‘lanadi.
Qurilish jarayonlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun ishchilar o‘rtasida
ularning malakasiga hamda ularning birgalikda ishlashini tashkil etishga muvofiq
mehnat taqsimlanishi talab etiladi. Aksariyat qurilish
jarayonlari hozirgi zamon
texnika darajasida ishchilar guruhi bilan bajariladi.
Zveno – birgalikda aynan bir xil turdagi ishlarni bajaruvchi, bir kasbdagi
ishchilar guruhi. Zveno a’zolarining malakasi har xil bo‘lganda razryadi ancha yuqori
bo‘lgan ishchilar ancha murakkab ishlarni bajarishadi. Zvenodagi ishchilar soni
mehnatni oqilona tashkil etishga bog‘liq; tarkibi odatda 2...5 kishi atrofida bo‘ladi.
Brigada – aynan bir xil ko‘rinishdagi ishni birgalikda amalga oshirish uchun
birlashgan ishchilarning bir necha zvenosi. Zvenolar va brigadalarning miqdoriy va
malakaviy tarkibi ishlarning hajmiga, bajarilayotgan jarayonlarning murakkabligiga,
ishlarning rejalashtiriladigan muddatlariga, ishlarni
amalga oshirishning qabul
qilingan uslub (metod)lariga bog‘liq holda belgilanadi.
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan brigada ixtisoslashtirilgan va kompleks
brigadalardir.
Ixtisoslashtirilgan brigada (odatda 25...30 kishigacha), bir xil turdagi ishlarni
(suvoqchilik, pardozlash, plita yotqizish) bajaruvchi, bir kasbdagi ishchi zvenolardan
tashkil topadi.
Kompleks brigada (40...50 kishigacha) – pirovard mahsulotning birligi bilan
bog‘liq (pardozchilar brigadasi – pardozchilar, suvoqchilar va plita yotqizuvchilar,
betonchilar brigadasi – qolip (opalubka)chilar, duradgorlar, armaturachilar,
betonchilar) bo‘lgan, bir vaqtda kechuvchi qurilish jarayonlarini bajarish bilan band
turli kasb ishchilaridan tashkil etiladi. Mehnatni bunday tashkil etish brigada a’zolari
orasida ishni to‘g‘ri taqsimlashga imkon berib turli
kasb egalarini birgalikda
ishlashini amalga oshirib va unga bog‘liq holda ishlarda bo‘ladigan turli xil bekor
turishlarni oldi olinadi. Kompleks brigada boshlig‘i eng malakali va yetakchi
ixtisoslikdagi obro‘li ishchilar yoki muhandis-texnik xodim (MTX)lar orasidan
tayinlanadi.
“Pirovard (yakunlovchi, yakuniy) mahsulot” kompleks brigadasi (60....70
kishigacha) ayrim tugallangan kompleks ishlar (yig‘ma elementlardan bino karkasini
montaj qilish, monolit temir betondan binoning konstruktiv elementlarini barpo etish)
yoki bino va inshootni to‘liq qurilishini bajarish uchun yaratiladi (tuziladi). Bunday
brigada turli xil kasbdagi ishchilardan iborat zvenolardan tashkil topadi va binoning
yer usti qismini barpo etish bo‘yicha umumqurilish ishlarining butun bir majmuini
18
bajaradi, bunga barcha pardozlash ishlari ham kiradi. Qurilishni tashkil etish va ish
frontining mavjudligiga bog‘liq holda brigadani mustaqil ob’ektlarda yagona ritmda
ishlovchi uchta kompleks brigadaga ajratish mumkin – biri nol sikldagi ishlarni
bajaradi, ikkinchisi qo‘shni
korpusni barpo etadi, uchinchisida pardozlash ishlarini
olib boradi.
Ijrochilarning ancha yuqori malaka darajasi tufayli, mexanizatsiya
vositalaridan oqilona foydalanish va ishchilarning mas’uliyati yuqori ekani tufayli
bunday brigadalarda ishlab chiqarish hajmi odatdagi ishlab chiqarish brigadalariga
qaraganda 20...25% yuqori bo‘ladi. Natijada ob’ektlarning qurilish muddatlari
qisqaradi, moddiy harajatlar kamayadi va ishlar sifati oshadi.
Brigada va zvenolarni shakllantirish ulardagi ishchilar sonini hisobga olish va
brigadaning kasbiy va malakaviy tarkibini tanlash asosida ishlab chiqarish
topshiriqlarini muddatida bajarish uchun,
mehnat unumdorligini oshirish,
mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash va ishchilar mehnatiga to‘g‘ri haq
to‘lash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘g‘ri shakllantirishni amalga
oshirishda har bir ishchining kasbi va malakasidan samarali foydalanish, barcha
ishchilarning bir xil hajmdagi ish bilan ta’minlanishi, kasblarning oqilona bir-biriga
ko‘rinishi va qurilish mashinalaridan vaqt bo‘yicha maksimal foydalanish
ta’minlanadi.
Ish o‘rinlarini tashkil etish
va xizmat ko‘rsatish ishlovchilarning xavfsizligiga
kafolat beruvchi zarur shartnomalarni va tadbirlarni nazarda tutadi. Ish o‘rinlari
shunday tashkil etilishi kerakki, bunda asosiy ishlarda band bo‘lgan ishchilar ularning
kasbi va malakasiga mos kelmaydigan yordamchi ishlar va jarayonlarga jalb
qilinmasligi kerak. Ishlab chiqarishdagi ishlar qabul qilingan ishlar texnologiyasi va
ijrochilar
tarkibiga
muvofiq
butlangan
dastaki
va
mexanizatsiyalashgan
(elektrlashtirilgan) asboblar, jihozlar montaj qilish
va moslamalarining oqilona
to‘plami bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mehnat sharoitlari ishchilarning
sozlig‘ini saqlagan holda bir vaqtning o‘zida
ularning yuqori ish qobiliyatlariga yordam berishi kerak. Bu talablar mehnat va dam
olishning oqilona rejimlariga amal qilish bilan, ishlovchilarning organizmga zararli
ta’sirlarning (shovqin, titrashlar, chang, gazlanganlik) salbiy oqibatlarini kamaytirish
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, ishchilarni zarur maxsus kiyim va poyabzal, individual
himoya vositalari, qurilish maydonida zarur sanitariya-maishiy xizmatini tashkil etish
bilan ta’minlanadi.