19
axborot-hisoblash texnikasi metodlari, dasturlari va vositalari yordamida amalga
oshiriladi hamda qurilish texnologiyalarini yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha
qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish maqsadida ideal buyumlar (axborot, son,
dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar)ni qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
Axborot texnologiyalari real qurilish jarayonlariga emas, balki modellarga
nisbatan qo‘llaniladi. Model deganda real jarayonni, uning parametrlari orasidagi
aloqalarni tavsiflovchi strukturaviy (tuzilmaviy)
sxemalar, matematik ifodalar, so‘z
bilan berilgan ta’riflar yordamida rasmiy aks ettirish tushuniladi. Umumiy
ko‘rinishda bu real jarayonni soddalashtirish bo‘lib, olingan natijalarning
haqqoniyligini keyin baholash bilan maqbul yo‘l qo‘yishlarni qabul qilishdir.
1.3-rasm. Qurilish texnologiyasi strukturasi modelining grafik tasavvuri
1.3-rasmda grafik ravishda taqdim etilgan qurilish texnologiyalari struktura
(tuzilishi) sining modelini ko‘rib chiqamiz. Qurilish texnologiyasining ta’rifidan kelib
chiqqan holda u o‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi:
qurilish jarayoni
({R} simvoli bilan belgilaymiz),
texnik vositalar
{M},
mehnat resurslari
{Q},
moddiy elementlar
{L},
konstruksiya
{K}.
Loyihaviy konstruksiyani yaratish uchun uning parametrlari, murakkabligi,
konfiguratsiyasi, fazodagi vaziyatiga bog‘liq holda tegishli qurilish jarayoni
shakllantirilishi kerak bo‘lib, u unga kiruvchi oddiy jarayonlar va operatsiyalarning
ma’lum ketma-ketligiga ega bo‘ladi. Qurilish jarayonini ifodalovchi parametrlar
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{R}= {R
1
,R
2
,..,R
m
}.
Qurilish jarayoni texnik vositalar yordamida bajarilishi mumkin bo‘lib, ular bir
turli yoki xar xil turli mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar yordamida bir yoki
bir nechta oddiy jarayonlarni yoki operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Texnik
vositalarni ifodalovchi parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz:
{ M}= {M
1
, M
2
,..,M
k
}.
Maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar ketma-ketligi, texnik vositalarni
boshqarish, konstruksiyani va moslamalarni o‘rnatishni zveno va brigadalarga
birlashtirilgan ishchilar amalga oshirishadi. Mehnat resurslarini ifodalovchi
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{Q}={Q
1
, Q
2
,..,Q
l
}.
Qurilish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri moddiy buyumlar
20
bo‘lib, ulardan loyihaviy konstruksiya shakllanadi. Moddiy
parametrlarning fizik-
mexanik, texnologik, geometrik va boshqa tavsiflari hamda parametrlarining
yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz:
{L}={L
1
,L
2
,…,L
l
}.
Loyihaviy konstruksiya o‘z ichiga konstruksiyaning qismlarini olib, ular
strukturaviy (tuzilish) belgisiga ko‘ra ham (oraliqlar, bloklar, seksiyalar va h.k.),
tashkiliy belgisiga ko‘ra ham (yaruslar, qamrovlar, uchastkalar, zonalar va h.k.)
qismlarga ajratilishi mumkin.
Qurilish jarayonining bir maromda amalga oshirilishi barpo etilayotgan
ob’ektning hajmiy makonini gorizontal tekislikda qamrovlarga va uchastkalarga,
vertikal bo‘yicha esa yaruslarga ajratish bilan bog‘liq
fazoviy parametrlarini
tegishlicha tanlash bilan ta’minlanadi.
Ish o‘rni
– bu qurilish jarayonida ishtirok etuvchi ishchilar harakatlanadigan va
kerakli materiallar hamda texnik vositalar joylashgan uchastkadir. Ish o‘rni mehnat
jarayoni uchun qulay bo‘lishi va mehnat xavfsizligini ta’minlashi kerak.
Bo‘linma (ajratma) (delyanka) – zvenoga smena mobaynida uzluksiz ishlashi
uchun ajratilgan uchastka.
Qamrov (zaxvatka)
– rejada binoning umumiy, takrorlanuvchi, mazkur va
keyingi uchastkalarda ish hajmlari taxminan teng bo‘lgan va brigada butun sondagi
smenalarda ishlashi uchun berilgan (ajratilgan) qismi.
Qamrov sifatida bir qavatli
sanoat binosining alohida oralig‘i, turar-joy yoki ko‘p qavatli sanoat binosining
seksiyasi qabul qilinishi mumkin.
Ishlar fronti
- odatda zvenoning bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tish
yo‘nalishi va ketma-ketligini ifodalasa, brigada uchun esa qamrovdan qamrovga
o‘tish yo‘nalishi va ketma-ketligini anglatadi.
Yarus
–bino (inshoot)ning balandligi bo‘yicha shartli chegaralangan qismi va u
hajmiy-rejaviy, texnik yoki konstruktiv nisbatda yagona yaxlit narsani ifoda etadi.
Turar-joylar qurilishida yarus binoning qavatiga mos keladi.
Qamrovlar va bo‘linmalarning o‘lchamlari, ulardagi ishlarning murakkablik
darajasi hamda brigada va zvenolarning qabul qilingan tarkiblari shunday bo‘lishi
kerakki, bunda boshqa uchastkalarga o‘tishga ketadigan unumsiz harajatlardan
qutulish kerak. Qurilish jarayonlarining vaqtinchalik parametrlari uning vaqt
mobaynida bajarilishini va umumiy
davomiyligini belgilab beradi, bunda ayrim
operatsiyalarni mumkin qadar maksimal ravishda birga qo‘shib bajarishga, bir xil
ritm va oqimiylikka asoslangan holda amalga oshirishga intilish taqoza etiladi.
Konstruksiyani belgilab beruvchi parametrlar va tavsiflar yig‘indisini quyidagi
tarzda belgilaymiz
{K} = {K
1
, K
2
,…,K
n
}
Ayrim elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar qurilish texnologiyasi tuzilishining
modelini belgilab berib (S
T
), uni quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz:
m
T
S
T
—> R • M • Q• L• K
Qurilish texnologiyasi ayrim elementlarining parametrlari qanchalik to‘g‘ri
aniqlangan bo‘lsa, bir elementning boshqa elementga mos kelishi shunchalik yuqori
bo‘ladi, shunindek qurilish jarayonining samaradorlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari ham