24
bo‘lgan operatsiyalar va jarayonlar ro‘yxati; ishchi va mashina vaqti me’yor
(norma)lari va narxlari; ishchilarning me’yoriy (normativ)
mehnat sarflari
(xarajatlari) (kishi yoki odam - soat) va ish haqi (so‘m);
● ishlarni bajarishning soatbay yoki smenali grafigi – mehnat sarflari va
mashinalarning ishlash vaqti kalkulyasiyasi asosidagi operatsiyalar va jarayonlar
ketma-ketligi va davomiyligining grafik ifodasi. Grafikning jadval qismini
hisoblashda mehnat unumdorligini oshirish evaziga me’yorlar (normalar)ni oshirib
bajarish imkoniyatlarini hisobga olish zarur;
● ishlarni bajarish texnologiyasi va tashkil etish – oldin bajarilgan jarayonlar
yoki tayyorgalik jarayonlarining tugallanganligiga qo‘yiladigan talablar;
foydalaniladigan
mashinalar, konstruksiyalar va mexanizmlarning tarkibi ularning
texnik tavsiflari, turlari, markalari va soni; operatsiyalar va oddiy jarayonlarning
ro‘yxati hamda ularni bajarish texnologik ketma-ketligi;
pirovard mahsulotni olish
uchun operatsiyalar va oddiy jarayonlarni bajarish sxemalari; mexanizmlar,
mashinalarning joylashish va moslamalarni joylashtirish sxemalari; ishchilar
zvenolari yoki brigadalarining tarkibi; materiallar va
konstruksiyalarni omborga
joylashtirish sxemalari;
● ishlar sifatini operatsion nazorat qilish ― nazorat qilinishi lozim bo‘lgan
operatsiyalar yoki jarayonlar ro‘yxati; nazorat qilishning turlari va usullari;
foydalaniladigan asboblar va konstruksiyalar; bajariladigan jarayonlar sifatini nazorat
qilish va baholashni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
● mehnat muhofazasi – jarayonlarni xavfsiz bajarish tadbirlari va qoidalari, shu
jumladan qurilayotgan ob’ekt yoki ish turlari uchun aniq talablar;
●texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar – ishchilarning mehnat sarflari (kishi-soat);
mashinalarning ishlash vaqti sarflari (mash-soat); ishchilarning ish haqi (so‘m);
ishlarni amalga oshirish grafigiga muvofiq jarayonni bajarish davomiyligi (smenalar);
bir smenada bir ishchi ishlab chiqaradigan mahsulot natural o‘lchamlarda;
mexanizatsiyalashtirish xarajatlari va boshqalar.
Qurilish jarayonlarining tashkiliy-texnologik strukturasi (tuzilishi)ni grafik
tarzda ifodalovchi muhim hujjat ob’ekt qurilishiing taqvim (kalendar) grafigi
(qurilish jarayonlari yig‘indisining o‘zaro bog‘likligini vaqtda ifodalash uchun) yoki
taqvim (kalendar) rejasi (yirik ishlar majmualarining o‘zaro aloqasini ifodalash
uchun).