|
Gruntni ishlashdagi texnologik jarayon tarkibi3.2. Gruntni ishlashdagi texnologik jarayon tarkibi
Ob’ektda yer ishlarini bajarishda grunt to‘liq yoki qisman qaziladi, suriladi,
joylashtiriladi, tekislanadi, zichlanadi ayrim hollarda portlatiladi, suv bilan yuviladi,
ustidan o‘rib zichlanadi, burg‘ilanadi, termoishlov beriladi va hokazo.
Gruntni qayta ishlashdagi jarayonlar, uch guruhga bo‘linishi mumkin: asosiy,
tayyorgarlik va yordamchi.
Gruntni qayta ishlashda berilgan parametrlardagi yer inshooti yaratilishidagi
asosiy jarayonlarga
kiradi: qazilmalarda gruntni qazish, gruntni ko‘tarmaga
joylashtirish, qurilish maydoni chegarasida ortish va surish, qurilish maydoni
tashqarisiga tashish, qatlamlab tekislash va gruntni zichlash, muzlagan va qiyin
qaziladigan gruntlarni yumshatish, yer inshooti bushliqlarini qayta to‘ldirish.
Bu asosiy jarayonlarga
tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar
hamroh bo‘ladi,
bunda tayyorgarlik jarayonlari gruntni qazish ishlari boshlangunga qadar amalga
oshiriladi, yordamchi jarayonlar esa yer inshootlarini barpo etish jarayoniga qadar
bajarilishi mumkin yoki bu jarayon davomida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar
kiradi: yer osti suvi sathini pasaytirish, suvning sizilib o‘tishiga qarshi ekran va parda
barpo etish, gruntni mahkamlash, mahalliy joyda yer inshootini rejalash, kotlovan va
transheya devorlarini vaqtincha mustahkamlash, oxirigacha qazilmagan gruntni
qirqish, kirish yo‘lini qurish va asrash, geotekstil materiallarni yotqizish, ish sifatini
nazorat qilish va boshqalar.
Katta hajmdagi yer ishlarini bajarish uchun, turli qurilish texnikalari
ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, gidromexanizatsiya vositalari, portlatuvchi
texnikalar qo‘llaniladi. Yer ishlarining mexanizatsiyalashganligi 98% ga etgan,
alohida holatlarda kotlovan tubini, qiyaliklarni, ba’zi chuqurlarni, transheyalarni
mexanizmlardan foydalanmasdan tozalashga to‘g‘ri keladi. Hattoki, maxsus asbob-
uskunalar va kichik mexanizm vositalari jalb etilganda qo‘l mehnatining ish
unumdorligi mexanizatsiyalashgan jaryonlarga nisbatan 20...30 marta kam bo‘ladi.
Grunt bu tabiiy muhitdan iborat bo‘lib, unda bino va inshootning yer ostki
qismi joylashadi. Qurilishda gruntlar deb, yer qobig‘ining ustki qatlamida joylashgan
asosan g‘ovak va toshloq jinslarga aytiladi. Gruntlarning turlari asosan quyidagilarga
ajraladi: qumli, loyli qum, qumli loy, loyli (gil), soz tuproq (lyoss), torf, shag‘al,
o‘simlikli grunt, turli qoyatoshli va zichlangan gruntlar. Gruntlarning qurilish
xususiyatlaridan barpo etilayotgan inshootning mustahkamligi va ustivorligi, ishlab
chiqarish usullari, ishlarning mehnat sarfi hamda narxi bog‘liq bo‘ladi.
Yer ishlarini bajarish usullarini tanlashda gruntlarning quyidagi asosiy
tasniflari: zichlik, namlik, yopishqoqlik, yumshatilishi, bog‘lanuvchanligi, tabiiy
qiyalik burchagi, ishlash murakkabligini inobatga olish taqoza etiladi. Ushbu
tasniflarga bog‘liq holda qurilishda gruntlar qo‘yidagi nuqtai nazardan ko‘rib
chiqiladi:
turli bino va inshootlarning zamini sifatida va ularga ta’sir qiladigan
yuklamalarning ruxsat etiladigan qiymatlariga yaroqliligi;
ulardan doimiy inshoot sifatida foydalanish imkoni, ya’ni ko‘tarma va
qazilma barpo etishda material sifatida foydalanish.
43
gruntlarni ishlashda u yoki bu usullarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi
va mumkinligi.
Qumli gruntlar
– quruq holatda sochiluvchan bo‘lib, plastiklik xususiyatiga ega
emas. Ular suv o‘tkazuvchan bo‘lib, suv oqimning ma’lum tezligida yuviladi, namligi
o‘zgarganda qum hajmi ham o‘zgaradi. Nam holatda qum eng katta hajmga ega
bo‘lsa (zarralar orasidagi bo‘shliqlarning hammasi suv bilan to‘ladi), suvga to‘yingan
qum esa eng kam hajmga ega bo‘ladi (og‘ir qum tubga cho‘kadi, suv bo‘shliqlardan
havoni siqib chiqaradi va o‘zi yuqori qatlamga ko‘tariladi).
|
| |