47
Suv sathini pasaytirishda qazilma qiyaliklarining butunligini saqlash imkoni paydo
bo‘ladi va yaqin atrofda joylashgan bino poydevori ostidan grunt zarrachalari
chiqishining oldi olinadi.
Rasm. 3.2. Shaxta-quduq sxemasi:
1–nasosni ishga
tushiruvchi; 2– grunt bilan to‘ldirma; 3–filtrlovchi ustun; 4–
suvni ko‘tarib beruvchi quvur; 5–nasos.
Suvni su’niy pasaytirish uchun bir necha boshqa samarali usullar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ulardan asosiylari bu ninafiltrli, vakuumli va elektroosmotik
usullardir.
Ninafiltrli usul grunt suv sathini GSS sun’iy pasaytirishda ost qismi filtrlovchi
zvenoli po‘lat
quvurdan, yer ustida suv yig‘adigan kollektor va o‘zi so‘rib
chiqaradigan elektr dvigatelli nasosdan iborat nina filtrli moslamalarni qo‘llashga
asoslangan. Po‘lat quvurlar kotlovan perimetri bo‘ylab yoki transheya bo‘ylab suvga
to‘yingan gruntga cho‘ktiriladi (3.3 rasm)
Ninafiltr ikki qismdan iborat: filtrlovchi zveno va filtrlovchi quvurning yuqori
qismi (ninafiltrning diametri 40...50 mm) (3.4– rasm.).
Murakkab gruntlarda, ninafiltrni ishchi holatga tushirish uchun quduq
burg‘ilanadi va unga ninafiltr tushiriladi (6...9 m chuqurlikgacha). Ninafiltrlar qum va
loyli qum gruntlarga gruntni yuvib gidravlik usul bilan cho‘ktiriladi (3.4,b rasm).
Gruntni yuvishdagi suv bosimi 0,3 MPa gacha bo‘ladi.
O‘z og‘irligi ta’sirida ninafiltr gruntga cho‘kadi, cho‘kish jarayonida halqali
qopqoq tashqi va ichki quvurlar orasidagi bo‘shliqni berkitadi.
Ninafiltr ishchi
holatga cho‘ktirilgandan so‘ng quvur atrofidagi bo‘shliq qisman cho‘kkan grunt,
qisman yirik zarrachali qum yoki shag‘al bilan to‘ldiriladi.
48
3.3-rasm. Suv sathini pasaytirishni ninafiltrli usuli:
a – suv sathini pasaytirishni umumiy sxemasi; b – suv sathini pasaytirish uchun
tayyorlangan maydon; 1 – ninafiltr; 2 – kotlovan; 3 – suv sathini pasaytiruvchi
magistral tarmoq; 4 – suv sathi pasayishining depression egri chizig‘i; 5 – nasos
stansiyasi.
3.4-rasm. Ninafiltrli moslamani ishlash sxemasi:
a – umumiy ko‘rinishi; b – ninafiltrli zvenoni gruntga cho‘kish davri; v – suv sathini
pasayish davri; g – ejektorli ninafiltr. 1 – egiluvchan shlang; 2 – filtrni ustidagi quvur;
3 – ninafiltrli zveno; 4 – ichki quvur; 5 – tashqi teshikli quvur; 6 – spiralli filtrlovchi
o‘ram; 7 – halqasimon klapan (yopgich); 8 – egar; 9 – sharsimon klapan (yopgich);
10 – cheklovchi; 11 – tishli uch; 12 – quvurni toraygan uchastkasi; 13 – siyraklanish
zonasi; 14 – elejtorni tashqi quvuri.
Ninafiltrlar bir yarusli joylashtirilganda 4...5m ga, ikki yaruslida
grunt suvlari
sathini 7...9 m ga pasaytirish imkonini beradi. Ninafiltrlar kotlovan yoki transheya
yoqasidan 0,5 m masofada joylashtiriladi. Chuqurligi 4,5 m gacha va eni 4,0 m gacha
bo‘lgan tor transheyalar bir qator ninafiltrlar bilan agar eni va chuqurligi undan katta
bo‘lsa ikki qator ninafiltrlar bilan quritiladi.
Suv sathini pasaytirishning vakuumli usuli
suv
sathini ejektorli suvni
pasaytiruvchi qurilmani qo‘llashga asoslangan. Bu qurilmalar mayda donali
gruntlarda (filtratsiya koeffitsienti 0,02...1 m/sut bo‘lgan mayda donali va changli
qumlarda, loyli qumlarda, balchiqsimon va soz (lyossli) tuproqlarda) grunt suvlari
sathini pasaytirish uchun qo‘llanilib, bularda yengil ninafiltrli qurilmalarni qo‘llash
49
maqsadga muvofiq emas. Suv sathini pasaytiruvchi vaakumli qurilma ishlayotganda
ejektorli ninafiltr zonasida vaakum hosil bo‘ladi (3.5 rasm).