82
aralashmasini zichlashtirish vositalari etarli miqdorda mavjudligi bilan ta’minlanishi
kerak.
Agar plitaning qalinligi 0,5 m dan kam bo‘lsa, plitani xaritalarga bo‘lish va
betonlash xuddi pol ostiga betonli asos bajarishdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni 3...4
m dan iborat bo‘lgan xaritalarda betonlanadi. Plitaning qalinligi katta bo‘lganda
plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel xaritalarga bo‘linadi,
bunda ular orasida eni
1...1,5 m bo‘lgan ajratish polosalari (tasmalari) qoldiriladi.
Xarita doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Xaritalar ketma-ket
betonlanadi, ya’ni birin-ketin betonlanadi; umulashtirilgan kirishishni kamaytirish
uchun ajratish polosalariga beton chegaralardagi qolip olib tashlangandan so‘ng
tayyor xaritalardagi qotgan beton bilan yonma-yon yotqiziladi.
Konus cho‘kishi 2...6 sm bo‘lgan beton aralashmasi xaritaga beton nasoslari
bilan beton yotqizgich,
estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida
badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda betonlash pnevmotransport bilan, vibro
xartumlar yordamida, tasmali konveyerlar bilan va bevosita
transport vositalaridan
amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda, go‘yoki
yangi beton porsiyalarini avval yotqizilganga siqib uzatish kerak. Betonlash
massivida ishlar bir yerga to‘plangan hajmlarda va sur’ati 50...100
/ smena da
bo‘lganda holatlarda statsionar betonnasoslaridan foydalanish mumkin.
Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta xaritasi
chegaralarida ishchi choklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Plitalarning
betoni mayoqlar (nishonlar) bo‘yicha tekislanadi. Devorlar tutashadigan, ustunlar va
kolonnalar tayanadigan joylardagi beton sirti g‘adir-budurligicha qoldiriladi.
Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil
etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir:
poydevorlarni armaturalash, qolip o‘rnatish, shu jumladan betonlash zonasi
chegaralarida to‘rli qolip o‘rnatish va bevosita betonlash. Ishlar bir xil maromda
bajarilishi kerak. Etakchi oqim betonlash hisoblanadi, shuning uchun har bir oqimda
ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan ta’minlashdan
kelib
chiqqan holda hisoblab chiqiladi.