87
Tosh konstruksiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladigan
qorishmalar terish
qorishmasi deyiladi. Qorishmalar alohida toshlarni yagona monolitga (yaxlitga)
birlashtirib bog‘laydi, ular yordamida toshlarning to‘shamalari tekislanadi, buning
natijasida ta’sir qiluvchi kuchlarning bir toshdan ikkinchisiga bir tekis uzatilishi
ta’minlanadi; qorishma toshlar oralig‘ini to‘ldiradi hamda terilgan joyga havo va suv
kirishiga to‘sqinlik qiladi.
SHunday qilib, qorishmalar kuchlarning bir tekisda
uzatilishini ta’minlaydi, terilgan joylarni shamol o‘tishidan, suv singishidan saqlaydi,
binolarning sovuqqa bardoshligini oshiradi.
To‘ldiruvchilarning turiga ko‘ra qorishmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi):
og‘ir yoki sovuq
– zichligi 1500 kg/ dan ortiq bo‘lgan zich tog‘ jinslaridan
kvars yoki tabiiy qum bilan tayyorlanadigan qorishmalar;
engil yoki iliq
– zichligi 1500 kg/ dan kichik bo‘lgan shlakli, pemza yoki tufli
qumdan,
IEM kulidan, granulalangan yoki yonilg‘i shlaklaridan tayyorlangan
qorishmalar.
Barcha turdagi qorishmalar uchun qum donalarining o‘lchami 2,5 mm dan
ortiq bo‘lmasligi, qorishmaning qo‘zg‘aluvchanligi tosh terish uchun 9...13 sm dan
ortiq bo‘lmasligi kerak. Plastifik-yumshatuvchi qo‘shimchalar: organik −
sulfat
ishqor va sovunnaft, hamda noorganik qo‘shimchalar − oxak va loydan keng
foydalaniladi.
Bog‘lovchilarning turiga ko‘ra qorishmalarining tasnifi (klassifikatsiyasi):
sementli qorishmalar
− yer yuzasidan pastroqdagi konstruksiyalar, juda ko‘chli
yuklangan ustunlar, deraza bo‘shliqlari orasidagi devorlar, armaturali terilgan g‘ishtli
devorlarni tiklashda qo‘llaniladi. Tarkibi 1:2,5 dan to 1:6 gacha bo‘ladi,
qorishmaning markasi 100 dan 300 gacha. 1 qumga eng kam sement sarfi –
binolarning yer usti qismi uchun kamida 75kg, yer usti qismi uchun 125 kg ni tashkil
etadi. Portlandsement va shlakoportlandsement mas’ul konstruksiyalar,
armaturali
terishda, yer osti konstruksiyalarini terishda, suvga to‘yingan gruntlarda yoki
muzlatish metodi bilan bajariladigan qishda tiklanadigan devorlar uchun
mo‘ljallangan yuqori markali qorishmalarda qo‘llaniladi;
Ohakli qorishmalardan
quruq joylarda va yuklama uncha katta bo‘lmaganda
foydalaniladi. Ular katta qo‘zg‘aluvchanlikka, plastiklikka ega bo‘lib,
eng katta
mehnat unumdorligini ta’minlaydi. Tarkibi 1:4 dan 1:8 gacha va 4, 10 hamda 25
markalardan foydalaniladi;
aralash yoki murakkab qorishmalar
- sementli-ohakli va sementli loyli bo‘lib,
ular 1: 0, 1: 3 dan to 1: 2: 15 gacha tarkibda va 10, 25, 50, 75 va 100 markalarda.
Bunday qorishmalar ko‘pchilik qurilish konstruksiyalarini tiklashda qo‘llaniladi.
Ikkinchi bog‘lovchi qorishma qotishining boshlanishini orqaga suradi, qulay terishni
va plastiklikning yaxshilaydi, lekin qorishmaning mustahkamligini sezilarli darajada
pasaytiradi. Aralash qorishmalarning hajmiy ulushidagi (miqdoridagi) birinchi raqam
sement sarfini, ikkinchi raqam – ohak yoki tuproq qorishmasi, uchinchi raqam qum
sarfini anglatadi.
Qorishma mustahkamligining ortib borish tezligi bog‘lovchilarning xossalariga
va qotish sharoitlariga bog‘liq. 15˚S temperaturada oddiy qorishmaning
mustahkamligigi quyidagi tarzda ortib boradi: 3 sutkadan so‘ng –
marka
88
mustahkamligining 25%, 7 sutkadan keyin 50%, 14 sutkadan so‘ng 75% va 28
sutkadan keyin-100%. Qotayotgan qorishmaning temperaturasi ortishi bilan uning
mustahkamligi tezroq orta boradi, pasayganda esa sekinroq orta boradi.
Tayyorlangan qorishmaning