85
xarsangtoshli
– noto‘g‘ri shakldagi tabiiy toshlardan;
yirik tosh betonli
– xarsang
tosh va beton aralashmasidan, odatda qolipda
tayyorlanadi.
To‘g‘ri shakldagi g‘isht va toshlar oltita yoq (yon) bilan chegaralangan. Pastki
va yuqori tomonlari to‘shama, katta o‘lchamli ikki yon tomonlari bo‘ylama,
kichik
o‘lchamli ikki yon tomonlari ko‘ndalang deb ataladi (4.7 rasm).
To‘shamalar
– kuchlarni qabul qiluvchi va pastki tosh qatlamlariga uzatuvchi
toshlarning yuzalari.
Bo‘ylama (yoni)
– devor bo‘ylab uzun tomoni bilan yotqizilgan tosh.
Ko‘ndalang (oldi)
– devor bo‘ylab qisqa tomoni bilan yotqizilgan (terilgan)
tosh.
Choklar
– toshlar orasining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishida qorishma
bilan to‘ldirilgan bo‘shlig‘i.
Verstalar
(qatorlar) – terilgan g‘ishtlarning tashqi qatorlari.
Tashqi va ichki
versta bor, verstalar orasini to‘ldirish – to‘ldirma (zabutka). (o‘rta qator).
Bo‘ylama qator
– tashqi versta bo‘ylama yonlardan tashkil topgan terish usuli
Qo‘ndalang qator
– tashqi versta qatori ko‘ndalang yoni bilan teriladi.
4.7 – rasm. Terilgan g‘isht elementlari:
a- oddiy g’isht ; b – ikki g’ishtli devor terilishi ; 1 – ko‘ndalang; 2 – to‘shama;
3 – bo‘ylama; 4 – tashqi versta qator; 5 – ichki versta qator; 6– chekka qator;
7–bo‘ylama qator; 8–
vertikal bo‘ylama chok; 9 – gorizontal chok (qorishma
to‘shamasi); 10 –
gorizontal chok
Butun, yarimta, chorakkam bitta va choraklik g‘isht-tosh mavjud. Agar tashqi
choklar 1...1.5 sm chuqurlikka qorishma bilan to‘ldirilmasa,
bunday terish
bo‘sh
chokli terish
deyilib, bunday terish devor suvoq qilinganda g‘isht
va qorishmaning
yaxshi bog‘lanishiga olib keladi.
Agar tashqi devor tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lsa va terish choklari to‘liq
to‘ldirilib ularga turlicha shakllar – qavariq, botiq, uchburchakli, to‘g‘ri to‘rtburchakli
va boshqa shakllar berilsa, u holda bunday terish
chokli
terish deyiladi (4.8-rasm).
86
4.8-rasm. Terishda choklarini pardozlash turlari:
a – to‘ldirilmagan chok; b – to‘ldirilgan chok; v – qavariq chok; g – botiq chok.
Agar qorishma devorning tashqi sirti bir tekisda to‘ldirilsa, bunday terish