Turg‘un ishonchli va mustahkam yer inshooti barpo etish uchun joylanayotgan
grunt zichlash zarur planirovka ko‘tarma hosil qilishda, transheya va kotlovanni qayta
to‘kish ishlarida gruntni joylanadi va zichlanadi. Grunt odatda tashib keltirilgan sari
qatlamlab zichlanadi. Ko‘tarma yotiq qatlamni zichlab barpo etiladi. Ost qatlamga
zich loylardan, yuqorilarga esa faqat ko‘chuvchiy qumli gruntlar to‘kiladi. Suv
o‘tkazuvchi loyli gruntlardan to‘kma asos barpo etishda, qalinligi 10...15 sm yupqa
69
drener qatlam barpo etish talab qilinadi, lekin u va boshqa qatlamlarni aralashtirib va
qiya qatlamlar bilan joylashtirish man etiladi. Gruntni yaxshiroq zichlash uchun
ko‘tarma chetidan o‘rtasiga qarab to‘kish kerak. Ko‘tarma hosil qilish uchun
qumloqni, yog‘li, loyli, tor yerni, organik qo‘shimchali gruntlarni qo‘llash tavsiya
qilinmaydi. Gruntni eng optimal zichlash koeffitsienti 0,95..0,98 u inshootni
mustahkamligini yetarli ta’minlaydi, bunda vaqt o‘tish bilan gruntni cho‘kishi
ahamiyatsiz bo‘ladi. Bunda joylanayotgan gruntlarni optimal namligi quyidagi
oraliqda bo‘lishi kerak: qumli grunt 8...12% loyli grunt 19...23% namli gruntni
zichlashda yaxshi samara ta’minladi. Quruq issiq ob-havoda gruntlarni zichlashdan
oldin suv sepib namlash maqsadga muvofiq. Gruntni zichlash quyidagi usullarga
bo‘linadi: bostirib, shibbalab, tebratib. Bog‘langan va kam bog‘langan gruntlarni
zichlash uchun (qumli loy, loy qum) bostirish usuli qo‘llaniladi. Bog‘langan
gruntlarni (qumlilar, yirik toshlilar) shibbalab va tebratib zichlash tavsiya etiladi.
Gruntni zichlaydigan mashinalar quyidagi guruhga ajraladi: Statik ta’sir qiluvchi
g‘altakli mashinalar, silliq kulachokli va vibrovalsli, pnevmog‘ildirakli,
shibbalaydigan mashina valsasi bilan tushuvchi yuk bilan, shibbalovchi plitalar bilan,
vibroplitalar bilan. Zichlovchi mexanizmlarni tanlashga talab qilingan zichlash
darajasiga, gruntni hususiyati, bajariladigan ishlar hajmi, muddati va ishlarni bajarish
surati, ob-havo sharoiti ta’sir ko‘rsatadi.
Zichlash jarayonidan oldin, buldozer yoki greyfer keltirilgan gruntni tekislaydi.
Buldozer maydon bo‘yi bo‘yiga harakatlanib yotiq qatlamlab tekislaydi,
joylanayotgan va tekislanayotgan gruntni yumshoq holdagi unumli qalinligi 0,2... 0,4
m. Ketma-ketligi va buldozerni o‘tish soni gruntni hususiyati va ko‘tarma eniga
bog‘liq holda aniqlanadi. Tekislashni, to‘kma chetidan oldin bostirilgani 0,3...0,4 m
bostirib amalga oshiriladi. Ko‘tarmadagi gruntni qayta-to‘kish ketma-ketligidan
zichlanadi. Ko‘tarmani butun yuzasi bo‘ylab bostirgich ketma-ket aylanib o‘tib
gruntni zichlaydi. Bunda har qaysi navbatdagi o‘tish, avvalgini 0,2...0,3 m bosib
o‘tishi shart. Hamma to‘kmada gruntni bostirish davri tugagandan keyingi davrda hali
shu ketma-ketlikda bostirish bajariladi. Silliq bostirishlar va qovurg‘ali valsalar bilan
grunt 10 sm chuqurgacha zichlanadi. Qumloq va loyli gruntlarni 30 sm
chuqurlikgacha zichlashda kulachkali bostirishlarni og‘irligi turli 5 dan 30 t gacha.
3.20-rasmda pnevmog‘ildirakli statik harakatlanuvchi va ishchi organi silliq va
kulachkali valsali bostirgich sxemasi ko‘rsatilgan. Grunt zichlaydigan mashinalarni
asosiy parametri ballast bilan og‘irligi.
a)
b) v)
3.20 – rasm Gruntni zichlash uchun bostirma g‘altaklar (katoklar):
a – silliq g‘altak; b – mushtumli g‘altak; v – tandemli sharnir-birikmali g‘altak
70
Asosiy texnologik parametrlari: zichlash eni, zichlanayotgan qatlam qalinligi.
Ishlab chiqarilayotgan pnevmog‘ildirakli bostirgichlarni ballast bilan og‘irligi 10 t
dan 100 t gacha. O‘zi yuradigan tebratgich bostirgichlarini og‘irligi 8 t gacha,
pnevmog‘ildirakli silliq valsali bostirgichlar bilan 0,4 m qalinlikdagi qatlam bilan
zichlash mumkin. Bog‘lovchi gruntlarni zichlashda bostirgichni bir joydan o‘tish soni
8...12 atrofida. Majmuali jarayon tarkibida grunt zichlovchi mashinalarda bitta
operatsiyani bajara olish imkoniyati bor joylanayotgan gruntni qatlamga zichlash. Tor
sharoitda gruntni zichlashda turli hil shibbalagichlar, shu qatori ekskovator strelasiga
osilgan zichlash uchun jihoz qo‘llaniladi (3.21-rasm).
3.21-rasm Og‘ir shibbalagichlar (trambovkalar) bilan gruntni zichlash:
1 – ishchi mexanizm; 2 – shibbalagich (trambovka); 3 – shibbalashga qadar
kotlovan tubining otmetkasi; 4 – loyihaviy otmetka; 5 – zichlangan grunt; 6 –
mexanizmni harakat yo‘nalishi; 7 – kranning to‘rish joyi; 8 – bir to‘rish joyidan
zichlangan grunt polosasi
To‘kmani so‘nggi zichlash, bir joydan silliq, yuzali, qovurg‘ali, kulachkali, o‘zi
yuradigan va ulama bostirgich bilan 6...8 marta o‘tib, kotlovan va transheya
pazuxlarini 40 sm chuqurlikkacha ko‘lli tebratgich, va pnevmo plitalar bilan
bajariladi.
Gruntni urib shibbalash. Cho‘kadigan gruntlarda zichligi va mustahkamligi
kam gruntlarda bu usul qo‘llaniladi. Bunday gruntlarga loyli va qumli shu qatori
suvga to‘yinganlar kiradi. Urib shibbalash gruntga urish kuchini og‘irligi 2....10 t.
Shibbalagichni 3....8 m balandlikdan tashlab o‘zatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shibbalash natijasida kotlovan va uni atrofida gruntni zichlangan zonasi hosil bo‘ladi,
uni chegarasida cho‘kuvchi hususiyatli grunt tugatiladi, uni uzunligi va
mustaxkamligi tasnifi oshadi. Berilgan zona chegarasida gruntni shibbalash, zarur
chuqurlikdagi kotlovan paydo bo‘lishiga olib keladi, zichlangan gruntga tik va yotiq
kuchlarni o‘zatish imkoni yaratiladi. Zichlangan gruntni ko‘tarish qobiliyatini
oshirish uchun unga ishni oxirgi bosqichida chaqiq tosh, qum tosh aralashmasini,
yirik qum bostiriladi. Shibbalagichni shakli yoki shtamp bilan turli konfiguratsiyali
shibbalab bostirilgan qazilmalarni olish mumkin.
71
Rejada shibbalash to‘g‘ri turtburchakli yoki aylana ost eni 0,4....1,4 m, bo‘yi
0,7...2.0 m shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Shibbalagich balandligi odatda 1...3,5 m,
yon devorlari konusli 1:20 dan 1:5 gacha, og‘irligi 2....10 t urib shibbalashni asosiy
samaradorligi shibbalagich massasi va tashash balandligi, shibbalagichni grunt
yuzasiga urish energiyasi bilan bog‘liq. Bu usulni cho‘kuvchi gruntlarda qo‘llash
samoradorli, oxirgi yillarda bu usulni loyli va qumli gruntlarda shu qatori suvga
tuyingan gruntlarda qo‘llash kengaymoqda. Kran ekskovatorlar, avtokranlar, jihozi
osilgan traktorlar urib shibbalash uchun qo‘llanilmoqda ma’lum sharoitlarda urib
shibbalashni, gruntni ishlashni an’anaviy usullari bilan solishtirganda ish hajmini
3...5 marta qisqartirish, ish narxini 1,5...3 marta pasaytirish va 1,8...2,5 marta mehnat
sarfini 1,8...2,5 marta qisqartirish imkoni yaratiladi.
Gruntni gidromexanik usul bilan ishlash va tashish katta tezlikdagi suv oqish
qobiliyatiga asoslangan. U katta tezlikda gruntni yuvadi va uni zarralarini oqizib
ketadi, tezlik kamayishi natijasida zarrachalar cho‘kadi. Gidromexanizatsiyada
hamma jarayonni gruntni qazish, tashish va ko‘tarmaga joylashni bir vaqtni o‘zida
bitta suv oqimi bilan amalga oshirish mumkin. Katta hajmdagi ishlarni, kam
cho‘kishli ko‘tarma barpo etish zarurligida, yetarli darajada suv va elektr energiya
resurslarini
mavjudligida
bu
usulni
qo‘llash
maqsadga
muvofiq.
Gidromexanizatsiyani texnologik jarayoni gruntni zaboyda qazish, u yerda suv bilan
aralashib yarim suyuq holatga o‘tqazish, quyqani oqizib kelib ko‘tarmaga yoki
inshootga joylashlarni o‘z ichiga oladi. Gidromexanizatsiya bilan gruntni ishlash
usullariga gidromonitorli (suv oqimi bilan gruntni yuvish) va zellesosli (suv ostidan
gruntni so‘rib olish) ajratiladi.
Quruq usulda ish bajarishdagi zarur, gruntni namlash, tekislash va zichlash,
bunda yo‘qoladi, chunki bu ishlarni suv bajaradi. Gruntni qazish narxi ekskovator
bilan solishtirganda 30....40% past; mehnat unumdorligi 1,2....2 marta kupayadi. Agar
er ishlari bajarishdagi hamma bosqichlarni narxini olsak, gidromexanizatsiya
usuldagini narxi boshqa usullardan 10....18 marta past.
Gidromonitorlar bilan yer qazish. Suv usti zaboylarida grunt gidromonitor usul
bilan yuviladi. Bunday qazishda asosiy texnologik vosita gidromonitordir bu diametri
50....175 mm sharnir bo‘g‘inli nasadka kiygizilgan. U po‘lat stvilni tik va yotiq
aylanishni ta’minlaydi va suv oqimini kerakli yo‘nalishga yo‘naltiradi (3.22-rasm).
3.22 – rasm Grunt qazishning gidromonitorli usuli:
a – gidromonitor sxemasi; b – ro‘para zaboy; v – yo‘l-yo‘lakay zaboy (yo‘ldosh)
zaboy; 1 – suv o‘tkazgich quvur; 2 – boshqarish tortqisi; 3 – stvol; 4 – uchlik
(nasadka); 5 – sirpanadigan chanacha; 6 – zaboy fronti; 7–gruntni yumshatish
uchun suvli quduq; 8 -quyqaning tindirgichga oqish yo‘nalishi.
72
Suv gidromonitorga quvurlar orqali katta bosimda keladi zarur suv bosimi ,
gruntni yuvish uchun suv bosimi bilan aniqlanadi (qum uchun 25...50 m, loy uchun
80 gacha) vodoprovod tarmog‘ida bo‘g‘inlarda bosimni yo‘qolishni hisobga olish
kerak. Gidro-monitor nasadkasidan uchib chiqayotgan suv oqimi tezligi,
yuvilayotgan gruntga bog‘liq va 10...40 m/s atrofida bo‘ladi. Suv oqimini gruntni
urishi natijasida gruntni Yaxlit ligi mayda-mayda bo‘laklarga ajraladi, suv bilan
aralashib quyqa hosil bo‘ladi. Gruntni suyultirish (quyqa tartibi) 1:8 dan 1:15 gacha
nisbatda amalga oshiriladi, ya’ni qazilayotgan 1m
3
gruntga 8 dan 15m
3
gacha to‘g‘ri
keladi. Gidromonitorlar bilan gruntni yuvish pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga
qarab amalga oshiriladi. Pastdan yuqoriga qarab yuvishda (ro‘para zaboy)
gidromonitor zaboy tubiga o‘rnatiladi, suv oqimi zaboyni tub qismini yuvadi, yuqori
qism o‘z og‘irligi bilan ag‘darilib turadi. Ag‘darilgan grunt yengil yuviladi. Quyqa
hosil bo‘ladi, maxsus tayyorlangan lotoklardan yotqiziladigan yoki tindirilgan joyga
nishab ostida oson oqib boradi.
Forsunkadan suv sarfi esa zarur bosimga bog‘liq. Quyqa zaboydan lotoklar
orqali tindiriladigan joyga (zumfor) oqadi, u odatda zaboydan 10-20 m masofada
joylashadi. Zumfordan quyqa bosim ostida quvurlar orqali berk usulda joylanadigan
joyga nasos bilan chiqarib tashlanadi. Joy muvofiq nishabda bo‘lsa zumforsiz lotoklar
orqali tindiriladigan joyga oqiziladi. Suv osti zaboylarida grunt qazish so‘rish usuli
bilan (yer ostidan gruntni yuvib olish) zemenaryad qo‘llab qaziladi. Gruntni qazish
jarayonida yer nasosi so‘rib oluvchi quvurlari orqali suv ostidan grunt massasi so‘rib
olinadi, loyli va zich gruntlar oldindan yumshatilinadi, qumli va loyqa gruntlar
yumshatilmasdan so‘rib olinadi. Yer nasosi quvuri (3.23-rasm), (zemenaryad) barjaga
o‘rnatilgan machta bilan biriktirilgan maxsus strelaga osilgan. Zich gruntlarni
qazishda so‘radigan quvur maxsus aylanadigan yumshatgich yoki tebratgich –
yumshatgich bilan ta’minlanadi.
3.23 – rasm Grunt qazishning yer so‘rish usuli:
a – yer snaryadining ishlash sxemasi; b – to‘kilmani yuvish sxemasi; 1 –
so‘ruvchi (gruntni so‘rib oluvchi qurilma); 2 – yer snaryadi, 3 – yer so‘rgich; 4 –
bosimli quyqa oqizgich; 5 – suzuvchan quyqa oqizgich; 6 – qirg‘oqdagi quyqa
oqizgich; 7 – quyqani tindirish xaritasi; 8 – gruntni yuvish xaritasi; 9 – do‘nglik hosil
qilish xaritasi; 10 – grunt do‘ngliklari
Zemenaryad magistral quyqa tashuvchi tarmoqqa biriktiriladi. Grunt qazishni
so‘radigan quvur nakonegnikini bir o‘tishda olib tashlaydigan grunt qatlami
73
chuqurligiga kirgiziladi. Gruntni qazish chuqurligi zemenaryadni so‘ruvchi
moslamasini tushirish miqdori bilan aniqlanadi. Quyqa so‘rib olinadi va 20...80 m
suv stolbasi (200...800pa) bosimida quvurlarga uzatilinadi, mehnat (quvur orqali
uzatilinadigan massa) 0,4...12 ming m
3
/s oraliqda o‘zgaradi. Yer nasosini snaryadni
ishchi organi so‘rib oluvchi moslamadir. Gruntni bog‘lanuvchanligiga qarab, yengil
gruntlarda bu moslama zveno oldiga rastrublar, loyli va qumloq gruntlarda frezerli
yumshatgichlar maxkamlab quyiladi. Sentrobegi nasos harakati ostida so‘ruvchi
moslamada bo‘shliq hosil bo‘ladi, uni ta’sirida quyqa so‘ruvchi quvurga tushadi,
so‘ng biosimli quyqa o‘tkazuvchiga dam berib o‘tkaziladi, u o‘z navbatida quyqani
yotiqiziladigan joyga uzatadi.
Quyqani tindirish va navbatdagi quyqani oqizib kelib solishga tayyorgarlik
ishlari. Karta konturi bo‘ylab buldozer bilan solinadigan quyqa qatlami balandligida
ko‘tarma barpo etiladi va oldindan shu kartada o‘rnatilgan drenaj (suv yig‘iladigan),
karta tashqarisiga quvur chiqarilgan quduq ustiriladi. Quyqani oqizib kelib to‘plam va
tashishni mavjud usullardan estakadli va estakadsizlar boshqalarga nisbatan tez-tez
qo‘llaniladi (3.24-rasm).
3.24 – rasm Gruntni oqizib yuvib joylashtirish:
a – estakadali usul bilan; b – past estakadali usuli; 1 – do‘nglik; 2 – quyqa oqizgich;
3 – suv yig‘adigan quduq (drenaj); 4 – suvni chetlatuvchi quvur; 5 – yuvilib
cho‘ktiriladigan grunt qatlamlari; 6 – quyqa oqizgichning ko‘chiriladigan tayanchi.
Gruntli estakadli usul bilan yuvish, magistral quyqa o‘tqazuvchi quvur
ko‘tarmani bo‘ylama o‘qi bo‘yiga qayta-qayta ishlatilinadigan estakadlarga
joylashtiriladi. Quyqa o‘tqazuvchi quvurdan quyqa navbatma-navbat kartaga
yo‘naltiriladi. Bu usul keng to‘kmalar hosil qilishda qo‘llaniladi. Oqizib kelishni ikki
usuli bo‘lishi mumkin past estakadli quyqa o‘tqazuvchi quvurni ko‘ndalang
kesimidan va yuqori estakadli quyqa o‘tqazuvchi quvurni oxir zvenosidagi yon
teshiklaridan quyqa oqib chiqadi. Estakadli usulda to‘kmani o‘rta qismi
mustahkamroq bo‘ladi, chunki bu yerga quyqani yirikroq va mustahkamroq tashkil
etuvchilar cho‘kadi.
Joylanadigan gruntdan suvni oqib chiqish qobiliyatiga qarab, qo‘yiladigan
qatlam balandligi 20 dan 100 sm gacha bo‘lishi mumkin. Suvni tezroq oqib chiqib
ketishi uchun ko‘tarmada suvni chetga chiqaradigan quduqlar barpo etiladi, undan
osvetlyonka suv (to‘plangan quyqadan oqib chiqqan suv) ko‘tarma tashqarisiga
74
yo‘naltiriladi. Oqib kelib cho‘kkan grunt yig‘ilgan sari, kartadagi quduq balandligi
bo‘yiga o‘stirib boriladi. Oqizib kelish usuli bilan to‘kma va barpo etish, gruntni
zichligini ta’minlaydi, shuning uchun tabiiy zichlashga talab qilinmaydi, to‘kmaga
keyinchalik tabiiy cho‘kishi uchun balandligi bo‘yiga (qumli loy va loyli qum, uchun
1,5% va qumli gruntlar uchun 0,75%) kichik zaxira beriladi.
|