|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovichkesish, suv oqimi bilan
yuvish
va
portlatish
usullari bilan bajariladi. Mexanik usulda qazilganda turli
mashinalarning ishchi organlari gruntga kesish yoki yorish kuchlari bilan ta’sir qiladi.
Buning natijasida gruntning ma’lum qismi massivdan ajraladi va uni surish mumkin
bo‘ladi. Kesish usuli bilan grunt qazilganda yer qazuvchi, yer qazuvchi-tashuvchi va
yer qazuvchi-tekislovchi mashinalar qo‘llanadi.
Yer qazuvchi mashinalar – ekskavatorlar, ariq qazuvchilar gruntni cho‘mich
pichog‘i bilan uzib ajratib, uyumga yoki yer qazuvchi mashinaga yaqin
joylashtirilgan transportning bunkeriga to‘kadi.
Yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar – skreperlar va buldozerlar qazilmada
gruntni qazish, uni tashish va ko‘tarmaga to‘kish uchun mo‘ljallangan. Bu mashinalar
yer ishlarining barcha kompleks jarayonini to‘liq mexanizatsiyalashni ta’minlaydi.
Yer ishlarini bajarishning samarador shakli kompleks mexanizatsiyalashdir.
Kompleks mexanizatsiyalashning asosiy prinsipi shundan iboratki, jarayonlar va
operatsiyalarni bajarishda ishtirok etayotgan barcha mashinalarning texnik-iqtisodiy
va texnologik parametrlari bir-biriga mos kelishi kerak. Bunda mashinalar to‘plami
tushunchasi kiritilib, bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari yer ishlarining
kompleks mexanizatsiyalashgan texnologik jarayo
ni deb ataladi.
Bajarilayotgan texnologik jarayonlarga qarab yer ishlarini bajaradigan
mashinalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Ekskavatorlar;
Yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar;
Yuk ortkichlar;
Gruntni zichlovchi mashinalar;
Muzlagan gruntlarni qazishga mo‘ljallangan mashina va jihozlar;
Tayyorgarlik ishlari uchun mashina va jihozlar;
Quduqni burg‘ilash uchun mashina va jihozlar;
Gruntni gidromexanik ishlash uchun mashinalar;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich
|