46
ko‘rinadigan qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi. Binoning yer ostki
qismi barpo etilgandan so‘ng asosiy rejalash o‘qlari uning sokol qismiga ko‘chiriladi.
Uzun o‘lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko‘ndalang obnoskalar
o‘rnatilib, trassaning to‘g‘ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda
har 20 m da o‘rnatiladi. Shuningdek, obnoskalar har bir piketda, trassa profili keskin
o‘zgargan nuqtalarda o‘rnatiladi.
Yer osti suvi sathidan pastda joylashgan, qazilmalarni qurish uchun suvga
to‘yingan grunt quritilib va normal sharoitda uni qazish ta’minlanadi. Bundan
tashqari ishlarni bajarish vaqtida kotlovanlarga, transheyalarga va qazilmalarga grunt
suvi tushishini oldini olish kerak.
Bu masalalarni yechishining samarali texnologik usuli bu grunt suvini nasos
bilan chiqarib tashlashdir. Kotlovan va transheyalar qazishda grunt suvi oqimi uncha
katta bo‘lmaganda suvni nasos bilan chiqarib tashlash qo‘llaniladi, agar oqim tez va
suvga to‘yingan qatlam qalinligi katta bo‘lsa, qazish ishlari boshlangunga qadar,
grunt suvi sathini sun’iy pasaytirishning suvni chiqarib tashlashning turli usullari
qo‘llaniladi va bu suv sathini pasaytirish deb nomlanadi.