44
Gruntning bog‘langanligi
boshlang‘ich siljishga qarshiligi bilan tavsiflanadi, u
gruntning turi va namligiga bog‘liq. Bog‘lanish kuchi qumli gruntlar uchun
0.03...0.05 MPa ni, loyli grunt uchun 0,05...0,3 MPa ni tashkil etadi.
Yumshatilishi.
Ishlanganda grunt yumshaydi va bunda uning hajmi dastlabki
hajmga nisbatan ko‘payadi. Shu sababli gruntning tabiiy
va yumshatilgan holatdagi
hajmlari bir-biridan farq qiladi. Yumshatilganda grunt hajmining oshishi turli
gruntlarda katta miqdorga farqlanadi va u
boshlang‘ich yumshatilish
deyiladi. Vaqt
o‘tishi bilan bu yumshatilgan grunt yuqorida joylashgan qatlam og‘irligi ta’sirida,
atmosfera, yog‘ingarchilik ta’sirida yoki mexanik ta’sirida asta-sekin zichlanadi.
Lekin grunt kovlangunga qadar egallagan hajmini egallamaydi. Grunt cho‘kkandan
va zichlangandan
keyingi darajasi
qoldiq yumshatilishi
deyiladi. Boshlang‘ich va
qoldiq yumshatilishi miqdori keyingi gruntning gruntning zich holatdagi hajmiga
nisbatan % bilan ifodalanadi. Grunt hajmining bu ko‘payishini hisobga oladigan
koeffitsientlarni, boshlang‘ich (dastlabki) va qoldiq
yumshatilish koeffitsienti
deyiladi(3.1 jadval).
Jadval 3.1. Turli xil gruntlar uchun yumshatilish koeffitsienti
Gruntlar nomi
Yumshatilish koeffitsientlari
Boshlang‘ich (dastlabki)
qoldiq
Loy
Qumli loy
Torf
Loyli qum
1.26...1.32
1.14...1.28
1.2...1.3
1.08...1.17
1.04...1.09
1.02...1.05
1.03...1.04
1.01...1.03
To‘kilmaga to‘kilgan gruntlarning zichlanishini tezlatish uchun katoklar
yordamida sun’iy zichlash, trambovka (shibbalab zichlashtirish), vibratsion zichlash
qo‘llaniladi, qumli gruntlar uchun esa suv quyib zichlash qulay.