33
Qurilish to‘ri kvadratlar va to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida
bajarilib, u
asosiy va qo‘shimcha to‘rlarga bo‘linadi. To‘r asosiy figuralari tomonlarining
uzunligi 100...200 m, qo‘shimcha figuralarniki – 20...40 m. Geodezik suratga olishda
(tasvirda) va joyda qurilish to‘rini rasmiylashtirishda quyidagi shartlar ta’minlanishi
kerak:
asosiy bino va inshootlar to‘rdagi figuralar ichida bo‘lishi kerak;
to‘rning chiziqlari barpo etilayotgan binolarning asosiy o‘qlariga parallel
ravishda va iloji boricha ularga yaqin o‘tishi kerak;
bevosita chiziqli o‘lchashlarga halaqit beruvchi to‘siqlar bartaraf etilishi
kerak.
Mahalliy joyda qurilish to‘rini rejalash dastlabki yo‘nalishini natura (tabiiy
sharoit)ga chiqarishdan boshlanadi, buning uchun qurilish
maydoni chegarasidagi
(yoki uning yaqinidagi) mavjud bo‘lgan geodezik to‘rdan foydalaniladi. Bu Davlat
geodezik to‘riga gorizontal tekislikda (qutb koordinatalari) va balandlik tekisligida
(vertikal belgilarni qurilish maydoniga ko‘chirish uchun) bog‘lanish amalga
oshiriladi. Keyin dastlabki yo‘nalishlarda butun maydonda qurilish to‘ri rejalanadi va
uni kesishish joylarida nishonlar bilan (doimiy va vaqtincha) mahkamlanadi.
Qurilish maydonining o‘lchamlariga bog‘liq holda unda quvur, rels,
boshqa
metall elementlarning bo‘laklarini (2.7-rasm) gruntga betonlab bajariladigan doimiy
nishonlar bo‘lishi mumkin. Nishonning asosi (past qismi yoki tayanchi) gruntning
muzlash chegarasidan kamida 1 m pastda joylashishi kerak. Davlat triangulyasion
to‘rining balandlik qiymati belgisi qo‘yilgan nishoni, qurilayotgan binolarni bog‘lash
uchun har bir yirik qurilish maydoni uchun zarurdir. Qurilish to‘rida doimiy
nishonlarlardan tashqari qurilish reperlari yoki to‘r o‘qlarining kesishgan joylarida
vaqtincha nishonlar ham qo‘llaniladi. Bu nishonlarning vazifasi –
joyga qurilish
to‘rini ko‘chirish, bunda har bir reperning yuqori sathi tekislanadigan joyning mazkur
nuqtasi uchun rejalashtirilgan sathda bo‘lishi kerak.
2.7-rasm. Doimiy geodezik belgilar:
a – betonlangan quvurlar bo‘lagidan; b – betonlangan kallakli po‘lat shtirdan; v – rels
bo‘laklaridan; 1 – reja nuqtasi; 2 – xochsimon ankerli po‘lat quvur; 3 – beton kallak;
4 – po‘lat quvur; 5 – muzlash chegarasi.
34
Qurilish to‘rini ko‘chirgandek qurilishning qizil chiziqlari ham qurilish mahalliy
joyiga ko‘chiriladi. Bunda ko‘pchilik hollarda rejalashning doimiy nishonlari talab
etilmaydi chunki mavjud bo‘lgan ya’ni avval qurilgan binolarga bog‘lanishlar
yetarlidir (2.8-rasm).
2.8-rasm. Binoning asosiy o‘qlarini qurilish mahalliy joyiga ko‘chirish usullari:
a –
qurilish to‘ri asosida;
b
– qurilishning qizil chizig‘i asosida;
1 – bino; 2 – qurilish to‘ri; 3 – shartli koordinat to‘rining o‘qlari; 4 – qizil chiziq
Mahalliy joyda bino va inshootlarni rejalash.
Binolarning poydevorlari uchun
kotlovanlarni rejalash ishchi rejalash chizmalari bo‘yicha amalga oshiriladi, unda
koordinata o‘qlari uchun asos sifatida binoning o‘zaro perpendikulyar o‘qlarining
kesishishi qabul qilingan.
Binoni vertikal bog‘lash Davlat to‘rining geodezik reperiga bog‘lash bilan
amalga oshiriladi. Reperning otmetkasi (raqamiy belgisi)
nivelir yordamida qurilish
maydoniga ko‘chiriladi va mavjud bo‘lgan eng yaqin binoga yoki yerga mustahkam
o‘rnatilgan metall quvurga ko‘chirilib mahkamlanadi.
Qurilish maydonida yer ishlarini amalga oshirishga faqat yer inshootlarini
rejalash va tegishli rejalash nishonlarini o‘rnatish bo‘yicha geodezik ishlar
bajarilgandan keyingina ruxsat etiladi. Rejalash geodezik asboblar – teodolitlar va
nivelirlar yordamida amalga oshiriladi.
Obnoskani o‘rnatish, o‘qlarni mahkamlash
. Binoning o‘qlarini
mufassal
rejalash, kotlovanlar konturlarini belgilash va ularni mahalliy joyida mahkamlash
uchun
qurilish obnoskasi
xizmat qiladi. U binoning butun perimetri bo‘ylab tutash va
uzlukli bo‘lishi mumkin. Uzlukli obnoska qulayroqdir, chunki qurilish mashinalari va
transportning ob’ektda ko‘chishini (xarakatlanishini) qiyinlashtirmaydi. Obnoska
geodezik asboblardan foydalangan holda binoning tashqi konturini tashkil etuvchi
asosiy o‘qlarga parallel holda, qurilish jarayonida uning holatining o‘zgarmasligini
ta’minlovchi masofada o‘rnatiladi
Rejalash chizmasidagi barcha ma’lumotlar obnoskaga chiqariladi. Obnoskada,
xususan, binoning asosiy o‘qlari belgilanadi
va ular mix bilan maxkamlanadi;
bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlarning o‘zi bu mixlarga mahkamlangan, tarang tortilgan
sim yoki arqon yordamida yordamida o‘rnatib aniqlanadi. Ishlarni amalga oshirishda
o‘qning mahkamlangan nishonini oson topish uchun odatda
sterjen-qoziqlardan
iborat o‘q chiziqlari mahkamlangan nazorat nishonlari o‘rnatiladi. Odatda bu
armatura sterjenlari bo‘lib, ular gruntga qoqiladi va obnoskadan 5...10 m masofada
yer sirtidan 2...6 sm chiqib turadi (2.10-rasm).
35
2.10-rasm. Obnoskalarni o‘rnatish va o‘qlarni mahkamlash:
a) Kotlovanni rejalash (o‘rnini belgilash) sxemasi; v) obnoska elementlari; 1 –
yog‘och elementlardan obnoska; 2 – shtir – o‘qni joyda mahkamlangan nazorat
nishoni; 3 – kesilgan taxta; 4 – o‘qni obnoskada
mahkamlovchi mix; 5 – obnoska
ustuni