40
III-BOB. GRUNTGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
3.1. Yer inshootlari turlari.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning yer
ostki qismini barpo etish, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog‘liq. Yer
ishlari og‘ir va ko‘p mehnat talab qiladigan qurilish ishlari turiga kirib, murakkab
sharoitda bajariladigan va ma’lum darajada tabiiy-iqlim omillariga bog‘liq. Shuning
uchun loyihachilar, texnologlar va quruvchilarning oldidagi asosiy vazifalardan biri,
bu qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul
hamda texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruksiyalarini
takomillashtirish,
joy relfidan oqilona foydalanish, tik devorli kotlovan va transheyalarni barpo etish,
gruntni ko‘chirish hajmlari va gruntning ortiqcha yuklanishini minimallashtirish,
kommunikatsiyalarni transheyasiz usulda yotqizish, gruntning qurilish xususiyatlarini
oshirish (mustahkamlash, armaturalash, geosintetik materiallarni qo‘llash va
boshqalar).
Bu
maqsadni
amalga
oshirishga
shuningdek
yer
ishlarini
mexanizatsiyalash
vositalarini
takomillashtirish,
yer
inshootini
loyihalash
geometriyasini ta’minlash imkonini beradigan, mashinalar va ishchi jihozlari
almashtiriladigan mashinalarni qo‘llash kiradi.
Yer ishlari nol siklidagi majmuali ishlarga taalluqli bo‘lib,
uning tarkibiga
quyidagilar kiradi: kotlovan va transheya qazish, drenaj qurish, bino osti zaminini
kuchaytirish va tayyorlash, poydevor va devorlar, qavatlararo yopmalar, tonnellarni
barpo etish, poydevor va kotlovan qiyaligi orasidagi bo‘shliqqa gruntni qayta to‘kib
to‘ldirish va boshqalar.
Nol siklidagi ishlar, binoning yer ostki qismi barcha
kommunikatsiyalar bilan birga va yer osti inshoot elementlari barpo etilgandan so‘ng
tugallangan deb hisoblanadi.
Yer ishlari eng og‘ir va mehnat talab qurilish ishlariga kiradi. Ular to‘rt
guruhga ajratilgan turli usullar bilan bajariladi:
mexanik, gidravlik, portlatish va
qo‘lda bajariladigan
. Bundan tashqari, ba’zi hollarda gruntning yuk ko‘tarish
qobiliyatini oshirish uchun u zichlanadi, burg‘ilash usuli bilan ishlanadi.
Gruntni ishlash natijasi bu yer inshooti bo‘lib,
u grunt massivida gruntdan
qurilgan yoki grunt yuzasida barpo etilgan, muhandislik inshootini ifodalaydi. Yer
inshooti quyidagilarga bo‘linadi:
grunt yuzasiga nisbatan
– qazilma, ko‘tarma, yer ostida qazilmalari, qayta
to‘ldirishlar;
xizmat muddati bo‘yicha
doimiy va vaqtincha;
funksional maqsadi bo‘yicha
– kotlovan,
transheya, chuqurlar, quduqlar,
uyumlar, to‘g‘onlar, dambalar, yo‘l ko‘tarmalari, tunnellar, tekislangan maydonlar,
yer osti qazilmalari;
geometrik o‘lchamlari va fazoviy shakli bo‘yicha
– chuqur, sayyoz, uzun
o‘lchovli, to‘plangan, oddiy, murakkab va boshqalar.Eng
xarakterli yer inshootlari
3.1-rasmda keltirilgan.
41
Doimiy inshootlarga – uzoq muddat xizmat qilish uchun mo‘ljallangan – yerli
to‘g‘onlar, kanallar, relsli va relsiz yo‘llarning tushamasi, tekislashda barpo
etiladigan qazilmalar va to‘kmalar. Vaqtinchalik yer inshootlariga turar joy va sanoat
binolarining poydevorlari, ko‘priklar va to‘g‘onlarni barpo etishda kavlanadigan
qazilmalar, suv ta’minoti, oqava suv, gaz va boshqa
tarmoqlarni yotqizish uchun
qazilgan transheyalar, vaqtinchalik yo‘llarning ko‘tarmalari kiradi.. Har bir yer
inshooti turg‘un, mustaxkam va suv bilan yuvilishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
3.1-rasm. Yer inshootlarining turlari
I – qazilmaning kundalang profili: a − profili to‘g‘ri burchakli qazilma;
b – trapetsiya shaklidagi kotlovan (transheya); v – doimiy qazilma profili;
1 – qiyalik qirg‘og‘i; 2 – qiyalik; 3 – berma; 4 – qiyalik asosi; 5 – qiyalik tubi; 6 –
banket; 7 – balandlikdagi ariqcha; II – yer osti qazilmasi kesimlari;
g – yumaloqli; d – tug‘ri burchakli; III − ko‘tarma profilli: e − vaqtinchalik ko‘tarma;
j – doimiy; IV – qayta to‘ldirish: kotlovan qo‘yinini ( bo‘shlig‘i).
Eni 3 m dan katta qazilmalar
kotlovan
deyiladi, lentali poydevorlar yoki
tarmoqlar uchun tor qazilmalar –
transheyalar
, alohida
turuvchi poydevorlar yoki
ustunlar uchun qazilmalar
chuqurlar (o‘ra)
deyiladi. Bu inshootlarning tubi va yon
yuzalari, nishabli qiyaliklar yoki tik devorlari bor. Qurilish uchun etmaydigan
gruntlarni qazib oladigan qazilma
rezerv
, ortiqcha grunt to‘kilib hosil qilinadigan
ko‘tarmalar
kavaler
yoki
ag‘darma
deyiladi.
Qurilish axlati yoki boshqa axlatni to‘kish uchun ajratilgan joy –
svalka
(axlatxona),
qum, shag‘al va boshqa qurilish materiallari qazib olinadigan joy –
karer
deyiladi. Yer yuzasidan berkitilgan va transport hamda kommunikatsion tunnellar
yotqizish
uchun barpo etilgan
qazilmalar yer osti qazilmalari deyiladi.
Qazilmalar
tub va yotiq
qiyaliklarga
ega bo‘ladi, yer osti inshootlari barpo etilgach (yoki yer
ostki inshootining qismi), inshoot va kotlovan qiyaliklari orasi
bo‘shliq
grunt bilan
qayta to‘ldiriladi.