31
xotira modulini birlashtiruvchi asboblardir. Ular burchak va chiziqli o‘lchamlarning
yuqori aniqligini ta’minlaydi, hisob natijalarini ko‘rib
yozib olishdan ozod etadi,
o‘lchash tezligi hisobiga dala ishlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Burchak o‘lchash hisoblari avtomatik tarzda maxsus datchiklar yordamida amalga
oshiriladi, bu o‘lchashlarning aniqligiga va tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 200 m
gacha bo‘lgan masofani asbob 2...5 mm chegaralaridagi aniqlik bilan o‘lchaydi.
2.5-rasm. Elektron taxeometrlar
Taxeometrning ishchi rejimlarini boshqarish va
uni sozlash katta hajmdagi
axborotni aks ettirishga qodir bo‘lgan klaviatura hamda ekran yordamida amalga
oshiriladi. Ekran tufayli dala o‘lchashlari jarayoni ancha qulay va ravshan bo‘lib
qoladi, reykalarni va qaytargichlarning o‘rnini almashtirish ishi ancha oddiy.
Taxeometrlarning ayrim turlari maxsus o‘q-nuqtani ko‘rsatuvchi tizimlarga ega.
Nuqta yo‘nalishini ko‘rsatuvchi yorug‘lik tizimi nuqtalarni naturaga tezroq chiqarish
imkonini beradi.
Yangi turdagi taxeometrlar asbobni kuzatilayotgan
nishon yuzasiga bevosita
yo‘naltirish bilan prizmali qaytargichlardan foydalanmasdan masofalarni o‘lchashga
qodirdir. Masofalarni o‘lchash aniqligi bu holda ham yetarlicha yuqori, uzoqlik 1000
m gacha bo‘lganda o‘lchashlar aniqligi taxminan 1...20 sm ni tashkil etadi.
Asbobning ichki xotirasi 5000 nuqta uchun ma’lumotlar saqlashga qodirdir.
Qaytargichsiz taxeometrlarda kuchli lazer nurlatgichlardan foydalangan holda
o‘lchash diapazonini 6000 m gacha orttirish imkoni paydo bo‘ladi.
Avtofokusli texeometrlar apparatni ob’ektga
avtomatik tarzda fokuslaydi,
buning uchun vizirni belgilangan qaytargichga yo‘naltirib va avtofokuslash
tugmachasini bosish kifoya.
Taxeometrlar 10 soatgacha ishlash davriga mo‘ljallangan ta’minot batareyalari
bilan birga va turli xil geodezik masalalarni tez hamda oddiy tarzda yechishga imkon
beruvchi bir necha amaliy dasturlar bilan birga yetkazib beriladi. Barcha zamonaviy
taxeometrlar shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashga moslashtirilgan, bu uning xotirasi
hajmini
kengaytiribgina qolmay, balki dala ishlari jarayonida ishlov berish va
hisoblashlar uchun taxeometr imkoniyatlarini keskin
oshirishga hamda mahalliy
joyga hisobiy nuqtalarni chiqarishni soddalashtirishga imkon beradi.
32
Maydonni qurilishga tayyorlash bosqichida
tayanch geodezik rejalash asosi
yaratilishi kerak bo‘lib, uning asosiy vazifasi – binoning bo‘ylama va ko‘ndalang
o‘qlarini qurilish joyida bir-biriga bog‘lashdan iborat. Bu asos qurilishning barcha
bosqichlarida va u tugaganidan keyin ham geodezik ta’minotga xizmat qiladi hamda
zarur belgilarni elementar ravishda rejada ham, vertikal bo‘yicha ham topishga imkon
beradi. Rejalash uchun dastlabki material
sifatida qurilish bosh rejasi, inshootning
ishchi chizmalari va rejalash chizmalari xizmat qiladi. Yer
inshootlarining geodezik
rejalanishi qurilish bosh rejasi masshtabida tuzilgan qurilish maydoni geodezik rejasi
bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada Davlat triangulyasion to‘riga, shuningdek mavjud
binolar va inshootlarga bog‘lanish berilgan. Geodezik rejaga muvofiq inshootning
joyidagi holati, uning gorizontal va balandlik holatlariga nisbatan bog‘lanishi
aniqlanadi.
Qurilish ob’ektlarining rejadagi holatini aniqlash uchun geodezik rejalash asosi
aksariyat holda quyidagi ko‘rinishda yaratiladi: