50
Suvga kuchli to‘yingan gruntlarda yer osti inshootlarini barpo etishda, chuqur
qazilmalarni qazishda
tabiiy
yoki
sun’iy muzlatish
yordamida
filtratsiyaga qarshi
parda hosil qilinadi.
0,15...0,25 m qalinlikdagi
filtrga qarshi tiksotrop ekranlarni, urib kirgizadigan,
kesadigan, titratadigan va suv-havoli mexanizmlarni qo‘llab amalga oshiriladi.
Uradigan mashina sifatida koprli agregat qo‘llaniladi, u gruntga bir-biriga zich holda
joylashgan bir necha po‘lat shpunt yoki ichi bo‘sh qoziqlarni kirgizadi. So‘ng birinchi
kirgizilgan element gidravlik traktor bilan tortib olib tashlanib, hosil bo‘lgan
bo‘shliqqa tiksotrop xususiyatiga ega loyli sement yoki loyli qorishma quyiladi.
Tiksotrop suspenziya, o‘zini og‘irligidan 7 barobar ko‘p suvni shimadigan,
suvga
to‘yingandan so‘ng quyuqlashish va o‘zidan suvni qochirish xususiyatini
egallaydigan, bentonit loydan tayyorlanadi.
Sug‘urib olingan elementni keyingi cho‘ktirilgan element bilan birgalikda ular
ko‘ndalang kesimining enidan katta bo‘lmagan masofaga cho‘ktirish kerak. Bu
jarayon filtrga qarshi parda hosil bo‘lmaguncha qaytariladi. Bo‘shliq hosil qiluvchi
elementlarni titratgich jihozlardan foydalanib cho‘ktirish va sug‘urib olish mumkin.
Grunt qatlamida chuqurligi 10 m gacha diametri 0,5 m quduq burg‘ilanadi. Quduqdan
burg‘i sug‘urib olinayotgan chog‘da uning to‘liq vali orqali bosim ostida sement
uzatiladi va u yumshatilgan grunt bilan aralashtiraladi. Gruntda sement-gruntli
qoziq
hosil bo‘ladi. So‘ng qoziqni diametridan kichik masofada yangi quduq bo‘rg‘ulanadi,
unda sement ustun barpo etiladi. Ikki ustun orasida qisman ikkita qo‘shni qoziq
materiallarini egallagan holda yana quduq burg‘ilanadi. Natijada qator birlashgan
qoziqlardan berkitilgan filtrlashga qarshi xususiyatiga ega devor hosil bo‘ladi.
Jihozlar nafaqat tik balki yotiq (15
0
har qanday yo‘nalishda) qoziqlar qurish imkonini
yaratadi.
Oxirgi yillarda chet el qurilish amaliyotida dren qoziq va dren devor yordamida
tik drenaj qurish qabul qilingan. Oldin diametri 90 sm atrofida va chuqurligi 6 m
gacha quduq obsadnoy (o‘rnatilgan) quvurda qaziladi. Tayyor quduqqa ichiga quvur
mahkamlangan armatura karkasi o‘rnatiladi, quvurning ost qismida unga suv kirishi
uchun bir qator teshiklar bor. Obsadnoy quvur va ichki drenaj quvuri oralig‘iga
betonquyuvchi quvur tushiriladi va so‘ngra qoziqni betonlash quvurni vertikal
ko‘tarish usuli bilan olib boriladi. Qoziq asosiga filtr beton uzatilib va bir vaqtning
uzida obsadnoy quvur ko‘tarila boshlaydi. Keyin
qoziq oddiy beton bilan
betonlanadi.
Gruntni yumshatish qoya toshli, muzlagan va boshqa turdagi zich hamda ishlov
berish qiyin bo‘lgan gruntlarda bajariladi. Ushbu maqsadda ekskavator strelasiga
osma uskunalar - shar yoki qoziqli bolg‘alar osiladi, traktor yoki buldozerga tirkamali
yumshatgich yoki plug ildiriladi. Juda ham zich gruntlarni yumshatishda portlatish
ishlari qo‘llaniladi.