3.3. Gruntlarni sun’iy qotirish
Gruntni qotirish bu mavjud turli usullarning yig‘indisi bo‘lib, ularni qo‘llash
natijasida gruntning mustahkamligi oshadi, natijada u yemirilmaydigan, qotirishning
51
alohida usullari qo‘llanilganda grunt suv o‘tqazmaydigan bo‘lib qoladi va uning
agressiv grunt suvlariga qarshiligi oshadi.
Sementlash
yirik va o‘rta donali qum hamda yoriqli qoyatosh jinslarni qotirish
uchun bosim ostida gruntga in’ektor orqali sement qorishmasini yuborish bilan
amalga oshiriladi. In’ektor (3.7-rasm) alohida zvenolardan tuzilgan silliq va perforli
(teshilgan) uzunligi 1,5 m va ichki diametri 19...38 mm bo‘lgan quvurdan tuzilgan;
pastki qismida o‘tkir uchlik, yuqori tepa qismida kallak-nagolovnikka ega bo‘lib,
unga bosim ostida qorishma yuborish uchun shlang ulangan. In’ektorlarni 15 m
chuqurlikgacha pnevmatik to‘qmoq urib titratib, vibrochuktirgichlar bilan botiriladi,
katta chuqurlikka botirish uchun oldindan quduq burg‘ilanadi, unga quvurlar
tushiriladi.
Qotirilayotgan gruntning aniqlangan tasnifiga bog‘liq holda, gruntning hisobiy
mustahamlik qiymatlariga qarab massa bo‘yicha 1:1 dan 1:10 gacha bo‘lgan tarkibda
sement qorishmasi in’ektorlar orqali yuboriladi; odatda in’ektor quvurining 1pog. m.
ga to‘g‘ri keladigan eng maqbul bosim 1 atm ga tengdir. Qotirish radiusi yorilgan
qoyatoshlarda 1,2...1,5 m, yirik donali qumlarda 0,5..0,75 m, o‘rtacha yiriklikdagi
qumlarda 0,3...0,5 m gacha bo‘ladi. Qotirilgan gruntlarning mustaxkamligi 3,5 MPa
ga yetishi mumkin. Kerakli yutilishga erishilganda yoki berilgan bosimda qorishma
sarfi keskin kamayganda (20 min davomida quduqqa o‘zatiladigan qorishma 10 l dan
kam bo‘lsa) quduqqa bosim ostida qorishma yuborish to‘xtatiladi.
3.7-rasm. Zaminlarni sementlash:
a – in’ektorni botirish; b – qorishmani bosim ostida yuborish; v – filtratsiyaga
qarshi pardani hosil qilishda qorishmani bosim ostida yuborish ketma-ketligi;
g – sementlash sxemasi pasayib boruvchi zonalar bilan; d – sementlash sxemasi
yuqorilab boruvchi zonalar bilan; 1 – otboyniy (to‘qmoqli) bolg‘a; 2 – bosh qismi
(kallak); 3 – uzaytirgich quvur; 4 – uchlikli teshikli qism; 5 – quvur; 6 – domkratlar;
7 – qorishma uzatkich; 8 – sementlanish zonalari; 9 – quduqlar; 1 – , 2 – , 3 –
balandlik bo‘yicha sementlash zonalari
Silikatlash (kimyoviy usul) – bu suvli natriyli silikat qorishmasini
(suyultirilgan shisha) va qotish tezlashtiruvchisini (xlor tuzi qorishmasi, odatda kalsiy
52
xlor) ketma-ket gruntga bosim ostida yuborish demakdir. Ko‘p hollarda bu usul ikki-
qorishmali qotirish deb ataladi. Silikatlashni qumli, suyuq loyli, lyossli gruntlarda
qo‘llash mumkin, u mustahkamlikni, suv o‘tqazmaslikni va gruntning umumiy
turg‘unligini oshirish imkonini beradi. Bu usulni quruq va suvga to‘yingan gruntlarda
ham qo‘llash mumkin, hattoki uni filtratsiya koeffitsienti yuqori ya’ni 2 dan 80 m/sut
gacha bo‘lganda ham qo‘llash mumkin. Gruntga ketma-ket 15 atm (1,5 MPa) bosim
ostida suyultirilgan shisha va kalsiy xlor qorishmasi yuboriladi, bular kimyoviy
reaksiya natijasida erimaydigan modda (kremniy kislota geli) hosil qilib, tabiiy
gruntni o‘ziga birlashtirgan yagona yaxlit modda hosil qiladi (3.8 –rasm).
Xuddi sementlashdagidek, in’ektorlar ichki diametri 19...38 mm, va devor
qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. In’ektorning
pastki teshikli qismi 0,5-1,5 m uzunlikka ega. Bosim ostida yuborish uchun nasoslar,
har qaysi o‘rnatilgan in’ektorga qorishmani 1 dan 15 l/min gacha o‘zatishini hisobga
olib tanlanadi.
Mayda kukunsimon qumlarda, fosfor kislotali va suyultirilgan shishali
qorishmani 5 atm (0,5 MPa) bosimda gruntga yuborish qulayroq bo‘lib, reaksiya
natijasida erimaydigan gel hosil bo‘ladi.
Natriy silikat va qotirgichdan iborat bir qorishmali qotirish sust drenlovchi va
filtratsiya koeffitsienti 0,3 m/sut dan kam bo‘lgan gruntlarda qo‘llaniladi. Qotirilgan
gruntning mustahkamligi 0,3...0,6 MPa atrofida bo‘ladi.
3.8 rasm. Gruntlarni kimyoviy qotirish:
a – nuqtali qotirish; b – massivlarni qotirish; 1 – in’ektor;
2 – qotirish zonasi; 3 – in’ektorning teshikli qismi.
Lyossli gruntlarga 5 atm (0,5 MPa) gacha bosimda faqat suyultirilgan shisha
yuboriladi, u grunt tarkibidagi kalsiy tuzlari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida
erimaydigan gel hosil bo‘ladi.
53
3.3-jadval. Silikatlashda mustahkamlik va qotirish radiusi
Gruntlar
Mustahkamlik, MPa
Qotirish radiusi, m
Yirik donali qumlar
3.0...3,5
1,3...2,5
Mayda donali qumlar
1,5...2,0
0,8...1,0
Loy qatlam
0,4...0,5
0,3..1.0
Soz tuproq(lyossli)
0,6...0,8
0,3...1.0
Bu usul shaxta va tunnellar kavlashda hamda metropoliten qurilishida keng
qullaniladi.
Bitumlash
qumli va kuchli yoriqli gruntlarni mahkamlash uchun, eng asosiysi
ulardan suv filtratsiyasini to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Avvaldan burg‘ilangan
quduqlarga o‘rnatilgan in’ektorlar orqali gruntga issiq bitum bosim ostida yuboriladi.
Elektr toki bilan isitiladigan in’ektorlarga issiq bitum qozondan quvurlar orqali nasos
yordamida 50...80 atm ga (5...8 MPa) yetadigan bosimda uzatiladi. In’ektor ikki
quvurdan iborat bo‘lib, uning ichki quvuri bitum chiqishi uchun teshiklarga ega
bo‘lib, u bitum chiqishini ta’minlash uchun gruntga tashqi quvurdan ham pastroqqa
tushiriladi. Bitumni bosim ostida yuborish bir necha harakat bilan amalga oshiriladi.
Birinchi marta 2...3 atm (0,2...0,3 MPa) bosim ostida bitum yuborilganda bitumning
hamma bo‘shliqlariga oqib kirishiga imkon beriladi va bunda hajm kamayib, grunt
qota boshlaydi. Keyingi bosim ostida yuborishdan oldin bitum in’ektorning elektr
isitkichi yordamida isitiladi. Qumli gruntlarni sovuq bitum emulsiyasi bilan qotirish
mumkin.
Gruntlarni termik qotirish soz tuproqli (lyossli) va g‘ovakli gruntlarni oldindan
burg‘ilangan diametri 10...20 sm li quduqlarga qizdirilgan gaz yuborib gruntni
kuydirib qotirishga asoslangan. Quduqlar shaxmat shaklida bir-biridan 2...3 m
masofada 15 m gacha chuqurlikgacha burg‘ilanib, quduqning bosh qismi beton bilan
ishlanib, unda yoqilg‘ini yoqib kuydiruvchi forsunka joylashtiriladi. Forsunkaga
alohida shlanglar orqali yoqilg‘i va siqilgan havo uzatiladi. Qo‘llaniladigan yoqilg‘i
suyuq (neft, mazut, solyar yog‘i) yoki gaz ko‘rinishida (tabiiy yoki generator gazi)
bo‘lishi mumkin. Siqilgan havo keragidan ortiqcha bosim 0,15...0,5 atm bilan
beriladi, buni natijasida ortiqcha bosim alangani forsunkadan ajralishi va uni butun
quduq chuqurligi bo‘yicha tarqalishiga imkon yaratadi.
Qo‘ydirish jarayonida quduqda 600...1100
0
S harorat ushlab turiladi. Shunday
yuqori harorat hisobiga gruntning erishi va keyinchalik pishish jarayoni amalga
oshadi. Kuydirish 5...10 sutka davom etishi mumkin, buning natijasida diametri 2...3
m li keramik qoziq hosil bo‘ladi. Butun kuydirish davomidagi yoqilg‘i sarfi
quduqning 1 pog m ga 100 kg ni tashkil etadi. Grunt mustahkamligi o‘rtacha 1,0...1,2
MPa ni tashkil etadi, lekin bu mustahkamlik 10MPa gacha yetishi ham mumkin.
Elektr usuli bilan namli loyli gruntlar qotiriladi. Usul elektroosmos effektining
qo‘llanilishiga asoslangan bo‘lib, buning uchun grunt orqali kuchlanishi 0,5...1,0
V/sm
2
va zichligi 1...5 A/m
2
bo‘lgan doimiy elektr toki o‘tkaziladi. Tokning ta’siri
natijasida loy quriydi, zichlanadi va uning ko‘pchish xususiyati yo‘qoladi.
Elektrokimyoviy qotirish.
Bu usul loyli va serbalchiqli gruntlarda qo‘llanadi.
Gruntga parallel qatorlar bilan har 0,6...1,0 m masofada temir sterjenlar yoki quvurlar
54
qoqilib, ulardan kuchlanishi 30...100 V va qotiriladigan gruntning tik ko‘ndalang 1
m
2
kesimiga 0,5...7 A tok kuchiga ega doimiy elektr toki o‘tkaziladi.
Bu usullarni gruntning filtratsiya koeffitsienti kam ya’ni 0,2...2 m/sut
bo‘lganda qo‘llash mumkin. Grunt kalsiy xlor eritmasi bilan to‘yinganligi va so‘ng
bu gruntdan elektr tokini o‘tkazish natijasida, gruntda orqaga qaytmaydigan
o‘zgarishlar bo‘ladi ya’ni ularni ko‘pchishi to‘xtaydi, mustahkamlik tavsiflari oshadi.
Yer
ishlarini bajarishning
asosiy
usuli gruntni qayta
ishlashning
mexanizatsiyalashgan usulidir. Gruntning qazilishi, ko‘chirilishi, joylashtirilishi,
tekislanishi, zichlanishi kerakli ishchi jihozlar bilan ta’minlangan yer qazuvchi va yer
qazuvchi-tashuvchi mashinalar yordamida bajariladi. Mashinalar soni, turi va
markasini tanlash, yer inshootlarining fazoviy shakli hamda geometrik parametrlari,
qurilish maydonining grunt va gidrogeologik sharoitlari ishlarni bajarishning
loyihaviy muddatiga bog‘liq.
Yer ishlarini bajarish umumiy holda uchta jarayondan tashkil topadi: qazilmani
qazish, gruntni tashish, ko‘tarmaga to‘kish, bunda asosiy jarayon gruntni qazishdan
iborat bo‘ladi. Qazilmalarni qazish uchta asosiy usullar:
|