55
3.4. Gruntga ishlov berishni mexanizatsiyalashgan usuli.
Bir cho‘michli ekskovatorlar davriy harakatlanuvchi mashinaga kiradi. Asosiy
parametri-cho‘mich sig‘imi (m
3
). Asosiy texnologik parametrlari: qazish chuqurligi
eng katta radiusi, ortish balandligi. Turli sanoat tarmoqlarida (ko‘mir, tog‘ sanoatida)
cho‘michini sig‘imi 100 m
3
bo‘lgan ekskovatorlar qo‘llaniladi.
.
3.9 –rasm Bir cho‘michli ekskavatorlar
Ko‘pincha bir cho‘michli qurilish ekskovatorlari bu-universal mashinalar, turli
almashtiriladigan ishchi jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Oxirgi yillarda
gidroprivodni keng tarqalishi sababli, bir cho‘michli ekskovatorni universalligi
yanada oshdi. Hozirgi zamon gidravlik ekskovator o‘nta turli ko‘rinishdagi ishni
jihozlari bilan ta’minlangan, ular ekskovatorni texnologik imkoniyatini yanada
kengaytiradi.
Almashadigan
ishchi
jihozlarini
qo‘llash
quyidagi
jarayonlarni
mexanizatsiyalash imkonini yaratadi; qazilma tubini tozalash, gabaritsiz va xarsang
toshlarni maydalash va olib pardozlash, yer inshootlar nishabini qazilma tubini
pardozlash, tor joylarni qayta to‘ldirish, gruntni qatlamlab zichlash; muzlagan va
qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish. Qurilish ekskovatorlari gusenitsali va
pnevmo g‘ildirakli bo‘ladi. Ishchi jihozlarni eng keng tarqalganlariga to‘g‘ri, teskari
cho‘mich, draglayn va greyfer (3.10-rasm). Oldindan qazilgan gruntni ortish, yuqori
qatlamni olish uchun va planirovka ishlari uchun ortadigan jihoz qo‘llaniladi.
Yer ishlarini bajarishda, misol muhandislik tarmoqlariga gruntni qazishda, tez-
tez bir-biridan ajralmaydigan ishlar kuzatiladi. Jihozlarni, materiallarni, yuklarni
uzatish bilan bog‘liq. Bunda kran jihozi qo‘llaniladi. Tozalash va rejalashtirish
ishlarini bajarishda, sifatini oshirish, qo‘l mehnatini kamaytirish, rejalashtiruvchi
jihozlarni qo‘llash imkonini beradi. Turli ko‘rinishli va gabaritli chuqurlarni qazish
uchun profilli cho‘mich qo‘llanadi. Yer qazish ishlari texnologiyasini gruntda devor
usulini amalga oshirish uchun maxsus shtangali jihoz xizmat qiladi. Ekskovator
qo‘llash sohasini kengaytirish uchun shu qatori qiyin qaziladigan muzlagan
gruntlarni, unga o‘rnatilgan yumshatish jihozlar: tishli-yumshatgich va to‘qmoqlar
yordam beradi. Gidravlik ekskovatorlarga o‘rnatilgan qisqich jihoz shu maqsadda
xizmat qiladi. Qurilish maydonida yer ishlari olib borilayotganda uchraydigan yirik
toshlarni olib tashlashda, transportga ortishimizga va chiqarib tashlashda qisqich
qo‘llanadi.
56
3.10 – rasm
Yer ishlarini bajarish jarayoni
Ob’ektlarni ta’mirlashda, sexlarda, devor va poydevorlar oldilarida ekskovator
qo‘llanilganda, tor joylarda ish bajariladigan jihozlar qo‘llaniladi. Asosiy ishchi
jihozlarni sharnirli biriktirilishi konkret sharoitlarda ishlarni bajarishga moslashish
imkonini yaratadi. Bir cho‘michli ekskovator – davriy harakatlanuvchi mashina har
qanday ko‘rinishdagi ishchi jihoz bilan grunt qaziganda ma’lum ketma – ketlikda
almashadigan operatsiyalardan iborat:
Gruntni kesish va cho‘michni to‘ldirish;
Cho‘michni grunt bilan ko‘tarish;
Ekskovatorni o‘z o‘qi atrofida to‘kadigan joyga joylashtirish;
Cho‘michdan gruntni to‘kish;
Ekskovatorni orqaga qayiltirish;
Cho‘michni gruntga tushirish va gruntni kesimga o‘zatish.
Ekskovatorni asosiy maqsadi-qazilma, rezerv, kar’er, transheya, kotlovanlarni
qazish, gruntni ko‘tarmaga to‘kish yoki transport vositasiga ortish bir to‘kishda
ekskovatorni qazishdagi eng katta o‘yish, uni ishchi parametrlariga bog‘liq.
Bir cho‘michli ekskovator bilan gruntni qazish bir maromda olib boriladi.
Ekskovatorni ish maydoni zaboy deyiladi.
Zaboy ekskovatorni ishchi zonasi, unga ekskovator joylashgan maydoni;
qazilayotgan grunt massasini bir qismi; transport vositasi o‘rnatiladigan joy;
qazilayotgan gruntni joylash uchun maydon. Ekskovator shu zaboyda qazib
bo‘lgandan so‘ng, yangi pozitsiyaga o‘tadi. Ekskovator va transport vositalari
zaboyda shunday joylashishi kerakki, ekskovtorni cho‘michni to‘ldirishdan
to‘kishgacha bo‘lgan o‘rtacha qayilish burchagi eng kam bo‘lsin, chunki strelani
qayilish ikki marta amalga oshiriladi, yuk bilan transport vositasigacha va to‘kkandan
so‘ng bu ekskovatorni bir shakldagi ish vaqtini o‘rtacha 70% tashkil etadi. Qurilish
57
maydoni sharoitiga, maqsadga muvofiqli sig‘imiga, ekskovator to‘riga va shu bilan
birga talab qilingan parametrlar-strela uzunligiga, kesimi to‘kish radiusiga va
boshqalarga qarab ekskovator tanlanadi.
1 va 2 gruntlar qazilayotganda ekskovator kattalashtirilgan hajmdagi cho‘mich
bilan ta’minlash mumkin. Ekskovator asosan gruntni transport vositasiga ortish zarur
bo‘lganda qo‘llaniladi. Agarda yer osti suv sathi qazilma ostidan yuqorida bo‘lsa,
ekskovatorni qo‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki xo‘l gruntda ekskovator va
transport vositalarni harakati qiyinlashadi.
To‘g‘ri cho‘michli ekskovator bilan gruntni qazish yonboshdan va ro‘paradan
zaboylar bilan bajariladi. Ro‘paradan zaboy ekskovator o‘zini oldidagi gruntni
qazishda va ekskovatorga tubidan yoki yonidan uzatilayotgan transport vositasiga
ortishda qo‘llaniladi. Birinchi holatda avtomobillar, zaboyni bir u tarafidan orqasi
bilan yurib uzatiladi, zaboy o‘lchami pastidan 7 m kam bo‘lmasligi kerak. Bunday
sharoitda ishlaganda ekskovatorni aylanish burchagi 140
0
...180
0
ga yetadi, o‘z
navbatida uni mehnat unumdorgigini pasaytiradi. Shu sababli ro‘paradan zaboy
kamdan-kam, asosan kotlovanga tushish yo‘li barpo etishda yoki birinchi o‘tish
yo‘lini qazishda qabul qilinadi zaboy Yuqori dan bo‘lishi mumkin (3.11 rasm), 1,5 R
kes gacha – tor zaboyda; 1,5... 19 R kes-me’yoriy zaboyda va transport vositasi ikki
tarafdan uzatilganda; 2,5 R kes gacha-keng zaboyda va ekskovator harakati (egri-
bugri kesim radiusini oshirmaydi va egri-bugri oxirida ikki marta to‘xtash ); 3,5 R
kes gacha – kengaytirilgan zaboy; uch pog‘onali so‘rilish (egri-bugri uzunligi ikkita
kesim radiusiga yerishish mumkin). Tor zaboylarda ortish uchun ekskovatorni bir
tarafidan orqasidan, me’yoriyda esa navbatma-navbat ekskovatorni ikki tarafidan
uzatiladi, bu transport vositasini ortishga uzatishda ekskovator bo‘sh turmaydi.
Zaboyni bu ko‘rsatkichlarida ekskovator kotlovanda zaboy o‘qi bo‘ylab to‘g‘ri
harakatlanadi. Ba’zi holatlarda ekskovatorlarni egri-bugri harakatlantirib
kengaytirilgan zaboy bilan gruntlarni qazish yaxshi natija beradi. Bunday zaboylarda
ekskovatorni bo‘sh o‘tishi qisqaradi va samosvalni ortishga qo‘yishdagi manevr
qilish sharoiti yaxshilanadi.
58
3.11 – rasm.
To‘g‘ri cho‘michli ekskavatorning ishlash sxemasi:
Ro‘paradan to‘g‘ri o‘tish yo‘li V quyidagi formula bo‘yicha topish mumkin:
va qiyshiq o‘tish yo‘li V quyidagi formula bo‘yicha topish mumkin:
Bunda R
0
- ekskovatorni optimal kesim radiusi;
l
c
– ekskovatorni ishchi so‘rilish uzunligi; (maksimal va minimal kesim
radiusini farqi)
R
k -
turgan joydan kesish;
Ro‘paradan zaboy bilan qazilma qazishda, o‘zi to‘kar mashinani ortishga,
surishga va joylashi qiyinlashadi. Transport vositaga grunt ortish uchun ekskovatorni
o‘rtaga qayilish burchagi 180
0
yetadi, bu ekskovatorni ishchi sikli vaqtini anchagina
oshiradi, va uni mehnat unumdorligini pasaytiradi. Bundan tashqari ekskovatorni
zaboyga tushishi uchun katta hajmdagi tushish yo‘li qaziladi. Shu sababli ro‘paradan
zaboyni qo‘llash cheklangan. Ro‘paradan zaboy bilan gruntni qazish samaradorligi,
cho‘michni grunt bilan to‘lishi ekskovatorni harakat tomoni bir tarafdan va qisman
o‘zini oldidan amalga oshiriladi. Bu sxema bo‘yicha ortishga transport qazilmani
59
yonidan uzatiladi, bunda transport vositasiga grunt ortishdagi ekskovator strelasini
qayilish burchagi ancha kamayadi (70...90
0
atrofida). (3.12 rasm)
3.12 – rasm “To‘g‘ri cho‘mich”li ekskavatorning yonlama zaboyda ishlashi:
Yonboshdan zaboyda transport yo‘li, ekskovatorni surilish yo‘li, ekskovatorni
surilish yo‘li o‘qiga parallel o‘tadi.
Yonboshdan o‘tish yo‘li eni
Qazilma chuqurligi zaboyni maksimal balandligidan oshsa shu turdagi
ekskovatorlar bir necha yarusda qaziydi.
Ekskovatorni to‘xtovsiz ishlashi uchun zarur avtomobillar, avtopoezdlar soni
N- zarur samasoval va avtopoezdlar soni
T
s
– bitta to‘liq ish davrini davomiyligi,
t ort –t to‘kish va t
m
samosavalga ortish davomiyligi, uni to‘kish, ortish,
ag‘darish va manevrdagi vaqti, min;
v
yuk
va v
bo‘sh
samosavalni yuklangan va bo‘sh holdagi tezligi;
L – gruntni tashish masofasi, km.
Samosavalga ortish davomiyligi keng oraliqda o‘zgarib to‘rdagi kuzovga
ortiladigan grunt bilan kovishlar soniga, grunt to‘riga va uni zichligiga, ortishdagi
mashinani o‘rtacha aylanish burchagiga va ekskovator to‘riga bog‘liq cho‘mich
sig‘imi 0,15...2,5 m
3
bo‘lgan to‘g‘ri cho‘michli qurilish ekskovatorlari qo‘llaniladi.
Draglayn ekskovator turgan joydan pastini gruntni qazishda qo‘llaniladi,
chuqur kotlovanlarni, keng transportlarni ko‘tarma barpo etishda, suv ostidagi gruntni
qazishda va boshqalarda.
60
O‘zini turgan joydan pastini qazishda asosan kotlovan chuqurligi 6 m gacha
transheya chuqurligi 7,6 m gacha bo‘lganda teskari cho‘michli ekskovatorni bir
siklga vaqt sarfi to‘g‘ri cho‘michga qaraganda 10...15% ko‘p. Bu ko‘rinishda jihozda
qazilmalarni yaruslab qazish amalda qo‘llanilmaydi. Teskari cho‘mich old cheti
kesuvchi bu osti ochiq cho‘mich dasta bilan sharnirli biriktirilgan, u o‘z navbatida
strela bilan sharnirli biriktirilgan. Orqaga tortgan sari cho‘mich grunt bilan to‘ladi.
So‘ng dastani tik holatda cho‘michni to‘kadigan joyga o‘tkazadi va bir vaqni o‘zida
ko‘tarib ag‘darib to‘kadi. Teskari cho‘mich bilan gruntni qazish ro‘para va
yonboshdan zaboylarda transportga ortib yoki ko‘tarmaga to‘kib amalga oshiriladi.
(3.13 rasm) yonboshdan zaboyda qazilmani yonidan qaziydi, qazilma eni kesim
radiusi bilan chegaralangan (eng qulayi 0,8 R kes), kesish gusenitsa lenta ko‘ndalang
amalga oshiriladi, ya’ni ekskovatorni eng kam turg‘unlikka ega paytda. Ro‘paradan
zaboyda gruntni botirib olish, ekskovator sekin-asta orqaga yurishda amalga
oshiriladi, zaboy tubidan yoki tabiiy yer usti yon tomonidan uzatiladigan transport
vositasiga to‘kiladi.
3.13 – rasm.
Zaboy eni, mexanizmni me’yori mehnat unumdorligi talabi bo‘yicha
cheklangan va 1,5...1,6 R kes tashkil etadi. Ro‘paradan zaboyda ekskovator dasta
strelasini eng past holatga gusenitsalar orasiga tushiradi, shuning uchun ensiz
transheyalarni qazish chuqurligi, enligicha nisbatan ko‘p. Zaboyni eng kam
chuqurligini cho‘michni “qalpoq” bilan to‘lish sharoiti bilan aniqlaydi, bog‘lanmagan
gruntlar uchun 1,0..1,7 m, bog‘langanlar uchun 1,5..2,3 m.
O‘tish yo‘li eni qazishni eng katta radiusiga bog‘liq, uni 1,2...1,5 R
0
qabul
qilinadi. Transportga ortishda 0,5...0,8 R
0
grunt ko‘tarmaga joylashda.
Bunda R
0
- optimal kesish radiusi, kotlovan eni 14 m gacha qazilganda, odatda
ekskovator egri-bugri yurib ro‘parali o‘tib katta enlikda ko‘ndalang torusvoy yoki
bo‘ylama –torusvoy bilan amalga oshiriladi. Ekskovator, to‘g‘ri cho‘mich qattiq
greyfer, to‘qmoq, tish-yumshatgich, shu qatori almashtiriladigan turli sig‘imli jihozlar
bilan to‘ldirilishi mumkin. Gidravlik ekskovatorlarni quyidagi asosiy afzalliklari bor.
61
-
Mexanik privodlilar bilan almashtirilganda yangi mashinalarni mehnat
unumdorligi ancha oshgan.
-
Mashinalarni solishtirma materiallar sarfi va solishtirma energiya sarfi
kamaygan.
-
Almashtiriladigan jihozlarni hisobiga va 40 nomli gacha ishchi organlarni
hisobiga gidravlik ekskovatorni uni versalnigi kengaytirilgan.
-
Ishchi jarayonlar avtomatlashgan.
-
Mashinistlar uchun qulay sharoit yaratilgan va boshqarish sistemasi tubdan
takomillashtirilgan.
-
Mashinani ko‘rinishi estetik yaxshilangan.
-
Gusenitsali mashinalarni yurish sifati tubdan oshirilgan.
Hamma turdagi universal ekskovatorlar orasida gusenitsiali ekskovatorlar
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Kichik ekskovatorlar oxirgi paytda keng qo‘llanilmoqda, ayniqsa tor sharoitda
ishlar bajarilayotganda yoki yer ishlarini bajarishda yuqori aniqlik talab qilinganda
kichik ekskovatorlar qo‘llaniladi. Kichik ekskovatorlar og‘irligi bo‘yicha to‘rt
o‘lchamli guruhga bo‘linadi. 1,5; 2,5; 3,5va 5.0 t ekskovatorlarni yuqori turg‘unligini
saqlash uchun, iloji boricha uzun va keng gusenitsalar va chiqib turivchi tayanch
vazifasini bajaruvchi mustaxkam buldozer surgichi bilan ta’minlangan. Surgich yerga
tushirilganda ekskovator, guruh o‘lchamiga qarab 2,3...3,7 m va kavlash chuqurligi
2,6.....3,7 m, to‘kis balandligiga ega bo‘lish imkoni yaratiladi. Kichik ekskovatorlar
uchun ishchi organlar to‘plami nazarda tutilgan. Standart cho‘michlar turli enlilikda
va maxsus vazifalar uchun ishlab chiqariladi. Loyli gruntlar uchun ej’ektorli, o‘tkir,
eni 800 va 1000 mm transheyalarni tozalash uchun bundan tashqari to‘qmoq; va
shnekli burg‘i bilan, kichik ekskovatorlarni bino ishida qo‘llaniladi. Inshoot
devorlariga yaqin joylashgan poydevor kotlovanlarini, quvur yo‘li va kabellarni
yetkizish uchun transheyalarni qazishda, yo‘l qurilishida, devor to‘sinlar tayanchini
o‘rnatish uchun chuqurga qazishda, daraxt o‘tkazishda va hududni obodonlashtirish
ishlarida, gidro to‘qmakni qo‘llab demontaj ishlarini bajarishda kichik ekskovator
qo‘llaniladi.
Bir cho‘michli ekskovatorlarni o‘ziga xosligi, ekskovatorni mehnat
unumdorligini rejalashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
-
Cho‘michni to‘lish koeffitsienti 0,75..- 1,1 chegarasida o‘zgaradi;
-
Ekskovatordan foydalanish, zaboyda yurish vaqtini yo‘qotish hisobiga
K=0,92 ....0, 98;
-
Ekskovatordan foydalanish, yuksiz bo‘lish vaqtini yo‘qotish hisobiga
K=0,74..0,94;
-
Gruntni yumshatish koeffitsienti keng oraliqda o‘zgaradi: engil gruntlar
uchun-0,88 o‘rtacha gruntlar uchun -0,8 og‘ir gruntlar uchun -0,75 va toshli uchun -
0,67.
Oylik mehnat unumdorligida, ekskovatorlarni ob’ektda qo‘llash samaradorligi.
Cho‘mich sig‘imi , m
3
..0,5. 1.0 2.0 Mehnat unumdorligi min m
3
...0,8...1,2 1.2...2.0
2.0 ...3.3 asosga zarar etmaslik va ortiqcha qazilishini oldini olish uchun, transheya
62
va kotlovanlar loyiha chuqurligidan 5... 10 sm kam qaziladi. Aloxida holatlarda bir
cho‘michli ekskovatorlar bilan shu qatori boshqaruvchi kanatli bo‘lgan.
|