4.3. Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruksiyasi
Qoziqlar bir qator belgilarga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi (6.7-rasm):
materiali bo‘yicha
– yog‘och, metall, beton va temirbeton, aralash, gruntli;
konstruksiyasi bo‘yicha
– kvadrat, quvursimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va
ko‘pburchakli, kengaytirilgan va kengaytirilmagan, yaxlit va yig‘ma, prizmatik va
konussimon, to‘la kesimli va ichi bo‘sh, vintli va qoziq-kolonnalar;
qurilish usuli bo‘yicha
– qoqiladigan, zavodda yoki maydonchaning o‘zida
tayyorlanadigan hamda gruntga botiriladigan va gruntda bevosita quriladigan
to‘ldiriladigan (tiqma) (oldindan burg‘ilangan quduqda);
ish xususiyati bo‘yicha
(yuklanishni zaminga uzatish usuli bo‘yicha)-qoziq-
ustunlar, ular binodan tushadigan yukni o‘z uchlari bilan qoyatosh yoki amalda
83
siqilmaydigan gruntga uzatadi va osma qoziqlar, yuklanishni gruntning qoziqning
yon sirti bo‘yicha ishqalanishi hisobiga uzatadi;
qabul qilinadigan yuklanishning turi bo‘yicha
-markaziy, vertikal ta’sir
ko‘rsatuvchi yuklanish, ekssentrisitetli yuklanish va sug‘urib olish kuchlari;
temirbeton qoziqlarni armaturalash turi bo‘yicha
- zo‘riqtirilgan va
zo‘riqtirilmagan bo‘ylama armatura bilan, ko‘ndalang armaturalash bilan va uningsiz;
Qoziqlar tupi (birlashmasi)
– umumiy yuklanishini birgalikda qabul qilib
oladigan, yonma-yon joylashtirilgan bir nechta qoziqlar;
rostverk
– qoziqlarning
birga ishlashi uchun yuqori qismlarini birlashtiruvchi konstruksiya.
Yog‘och qoziqlar qarag‘ay(sosna), qora qarag‘ay(el), archa, tilog‘och, kedr
(igna bargli doim yashil daraxt), oqqarag‘ay (pixta), emandan (dub) tayyorlanadi.
Qoziqlarning uzunligi 4...12 m, ingichka uchidagi diametri 18...34 sm. Pastki qismida
qoziq 3...4 qirrali qilib o‘tkirlanadi, qoziqning uchli joyi uning o‘qi bilan ustma-ust
tushishi kerak, o‘qidan og‘gan uchligi qoziq qoqishda qoziqni loyihadagi holatidan
chetga surishi mumkin. Zich gruntga qoqishda va qoziqning boshini qoqishda
emirilishidan saqlovchi temir halqa-bugel keltiriladi.
Uzun qoziqlar talab qilinganda (> 12m) ular bir necha g‘o‘ladan uchma-uch,
yarim yog‘och yoki ustma-ust qo‘yib yig‘iladi. Qoziqlarni chirishdan saqlash uchun
ularga antiseptiklar shimdiriladi yoki butun qoziq yer ostki suvlarining yoki butun
qoziq yer osti grunt suvlarining eng past sathidan ham pastda joylashadigan qilib
botiriladi.
Yog‘och shpuntlar bruslardan tayyorlanadi, bir qirrasi to‘g‘ri to‘rtburchakli
kesimli uchlik qilib, boshqasi esa – o‘yiqli qilib ishlanadi. Qoqishdan oldin
shpuntlarning 2...3 donasi paket qilib birlashtiriladi, umumiy qiyalik pastki uchiga
qilinadi va unga umumiy kallak (bugel) kiydiriladi. Odatda shpuntinlarning qalinligi
5...14 sm, ammo 26 sm gacha ham borishi mumkin.
Metall qoziqlar port, ko‘prik, energetika va sanoat qurilishida, baland
inshootlarni barpo etishda (radiomachtalar, teleminoralar) qo‘llaniladi. Diametri
25...100 sm bo‘lgan po‘lat quvurlar, relslar, qo‘shtavrlar, gruntga burab kirgiziladigan
maxsus uchli vintli qoziqlardan foydalaniladi.
Qoziq-qobiqlar – diametri 1,2...2 m va undan ortiq, uzunligi 14 m gacha
bo‘lgan quvursimon metall qoziqlar, zarur bo‘lganda ularning uzunligi uzaytiriladi va
payvandlab ulanadi. Pastki yon uchi ochiq qoziqlar qoqilgan sari grunt bilan
to‘ldirilib boriladi, u zichlashib, qoziqning ko‘tarish qobiliyatini orttira boradi. Echib
olinuvchi uchlik ko‘rinishidagi pastki yon uchi berk bo‘lgan qoziq-qobiqlar gruntga
qoqiladi. Metall uchlik har doim gruntda qoldiriladi, qoziqning o‘zi esa qoldirilishi va
ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun beton aralashma bilan to‘ldirilishi mumkin yoki
sug‘irib olinishi mumkin. Qoziq-qobiqlarni sug‘urib olish jarayonida uning
bo‘shliqlari beton aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
Po‘lat shpunt kotlovanlarning suv singdirmaydigan devorlari, tirab qo‘yiluvchi
devorlar, pirslar, qirg‘oq bo‘ylarini qurishda qo‘llaniladi. SHpunt uchun maxsus
profillar ishlab chiqariladi – yassi, tog‘orasimon, uzunligi 30 m bo‘lgan zetsimon,
ayrim hollarda oddiy po‘lat prokatdan foydalaniladi.
84
Ichi bo‘sh kvadrat va quvursimon kesimli 2...6 m uzunlikdagi qoziqlar zich
gruntlarda va qurilayotgan inshootning kichik yuklanishlarida qo‘llaniladi, tashqi
diametri 80 sm gacha etishi mumkin.
Qoziqli poydevorlarni qurish kompleks jarayon bo‘lib, qoqish metodi misolida
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlarni amalga oshirish uchun maydonni tayyorlash;
har bir qoziqning tabiiy holatiga chiqargan holda geodezik rejalash;
qoziqlarni botiruvchi qurilmani qurilish maydoniga etkazish, montaj qilish,
sozlash va sinab ko‘rish;
tayyor qoziqlarni ular tayyorlangan joydan ular qoqiladigan joyga tashish;
qoziqlarni qoqish;
tayyor qoziqlarni berilgan belgilar bo‘yicha qirqish;
qoziqlarning qirqilgan qoldiqlarini qurilish maydonidan olib chiqib ketish;
monolit yoki yig‘ma rostverkni qurish;
Gruntlarni, ularning ko‘tarish qobiliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
O‘ebekiston hududining katta qismida zich gruntlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan
chuqurlikda yotadi, bu esa uzunligi 3...7 m bo‘lgan qoziqlardan foydalanish imkonini
beradi.
|