95
olib keladi. Hozirgi vaqtda ikkinchi va uchinchi sxemalar joriy qilinmoqda. Isitgichni
joylashtirishda devor tanasida dastlab devorning asosiy qismi yarus balandligida
(1,5...2 g‘ishtli) teriladi. Ishlar jarayonida choklarga ikki qator g‘ishtdan oralatib 50
sm qadam bilan diametri 5...8 mm bo‘lgan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan
shtirlar o‘rnatiladi. Terilgan g‘ishtdan chiqib turadigan shtirning uchi isitgich
qalinligidan 3...5 sm ortiq bo‘lishi kerak. Yarus balandligida g‘isht terilgandan so‘ng
sterjenlarga plitali isitgich (penopolistirol, rokvul) taqiladi, keyin yarus balandligida
chiqib turuvchi sterjenlarni hisobga olgan holda g‘isht terishning ichki qismi
(0,5...1g‘isht) teriladi.
4.13-rasm. Tashqi g‘isht devorlarning konstruktiv sxemalari:
1-g‘ishtli terish; 2-isitgich; 3-suvoq; 4-gipsokarton.
Uchinchi sxema isitgichni g‘isht teriladigan devorning tashqi yoki ichki
tomoniga o‘rnatilishini nazarda tutadi. Tashqi tomonga, fasadni pardozlash elementi
sifatida (“Alseko” va “Tekskolor” texnologiyalari) plitali isitgich o‘rnatiladi,
yuqoridan pardozlash to‘ri maxkamlanadi, u bo‘yicha ximoya qatlami qilinadi va
bo‘yaladi. G‘isht ustidan tashqi tomoni suvalganda yoki fasad dekorativ panellar,
vitrajlar, sun’iy yoki tabiiy tosh bilan pardozlanganda isitgich devor
konstruksiyasining ichida bo‘lib qolishi mumkin. Isitgichlarni xona ichiga
o‘rnatilganda u metall karkas bo‘yicha gipsokarton panellar bilan qoplanadi yoki
kamdan-kam hollarda to‘r bo‘yicha suvaladi, keyin sirt gruntlanib bo‘yaladi.