92
ko‘rsatishini oshirish uchun qo‘llaniladi. Yuzali g‘ishtdan, keramik plitalar va tabiiy
toshlardan foydalanilib butun terib chiqishni bir qatorli yoki ko‘p qatorli terish usuli
bo‘yicha albatta bog‘langan holda teriladi (4.11-rasm).
Devorlarni g‘isht va to‘g‘ri (muntazam) shakldagi toshlar bilan qoplab
terish
noyob binolarning fasadlarini va ommaviy qurilish ob’ektlarini, vestibyullarni ichki
devorlari, zina kataklari, er osti o‘tish yo‘llarini, sermehnat suvoqchilik ishlarini
almashtirish uchun qo‘llaniladi. Devor sirtini qoplash
uni terib chiqish bilan bir
vaqtda yoki vaqtni biroz surgan holda maxsus yuzali g‘isht va turlicha ishlov berilgan
hamda rangbarang keramik toshlar bilan qoplanadi. Ko‘pincha tosh va g‘ishtlarning
quyidagi o‘lchamlaridan foydalaniladi: oddiy yuzali g‘isht − 250 x 120 x 65 yoki 88
mm; toshlar – 250 x 120 x 140 mm, choraktakam – 188 x 120 x 140 mm.
Devorlarni sirtini g‘isht va keramik toshlar bilan qoplash g‘isht terish bilan bir
vaqtda bajarilib uni bo‘ylama qatorlar bilan terib va asosiy terish bilan ko‘ndalang
tomoni bilan terilgan qatorlarni ½ g‘isht uzunligidagi g‘ishtlarni monolitiga terish
yo‘li bilan bog‘lab bajariladi. Bezakli qoplama terishni asosiy terish bilan
zanglamaydigan po‘latdan yasalgan shtirlar yordamida bog‘lashga ruxsat etiladi.
Bezakli qoplama qatlamini devor massivini terish bilan bog‘lashning
turli xil
variantlari qo‘llaniladi, lekin ular albatta ko‘rsatilishi va bir yoki ko‘p qatorli
bog‘lash tizimi bo‘yicha bajariladigan asosiy terish bilan yagona bir butunni tashkil
etishi kerak.
4.11-rasm. Devorlarni g‘isht va keramik toshlar bilan sirtini bezash (qoplash):
a − ko‘p qatorli bog‘lashda; b − shuning o‘zi bir qatorli bog‘lashda; v − keramik
toshli devorlarni sirti bezakli g‘isht bilan (qoplash); g)−o‘shaning o‘zi, keramik
toshlar bilan bezash (qoplash); d − tashqi versta qator vertikal choklarini
bog‘lamasdan terish; e − shuning o‘zi, terishning uchta qator doirasida vertikal
choklarni bog‘lash bilan
Bog‘lashning bir qatorli tizimida fasad tekisligini bezakli qoplash bo‘ylama va
ko‘ndalang tomoni bo‘yicha terilgan qatorlarni almashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Yuzaga ishlatiladigan g‘isht oddiy g‘ishtdan
ancha qimmat turadi, shu
93
sababli bu usulning tejamkorligi ancha kam, chunki qatorlarning yarmi ko‘ndalang
tomonli g‘ishtlar bilan teriladi.
Devorlarni bog‘lashning ko‘p qatorli tizimi bo‘yicha barpo etishda fasad
tomonidagi beshta g‘ishtning bo‘ylama terilgan qatori bitta ko‘ndalang qator bilan
yopiladi. Qimmatbaho yuza g‘ishtidan ancha oqilona foydalaniladi.
Devorlarni keramik toshlar bilan bezakli qoplash massivga beshta bo‘ylama
qatordan keyin ikkita ko‘ndalang qatorni
terish bilan bajariladi, bezakli qoplama
toshlardan foydalanishda esa ko‘ndalang qatorlar uchta bo‘ylama qatorlar terib
almashinadi. Bezakli qoplama qatlamiga kattaroq me’moriy ifoda berish uchun
choklarni bog‘lashni umumiy talablardan chetlashgan holda bajarishga yo‘l qo‘yiladi:
vertikal ko‘ndalang choklarni binoning butun balandligi bo‘yicha yoki 3...5 terish
qatori chegarasida bog‘lamaslik mumkin.