105
Qish sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish uchun muzlatish usulidan
foydalaniladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-
musbat temperaturada erigandan so‘ng agar muzlatish paytiga qadar
qorishma
kritik mustahkamlikka
erishgan bo‘lsa g‘isht terilgan joyida o‘z
mustahkamligini
yana oshira boshlaydi, bunda kritik mustahkamlik odatda marka
mustahkamligining 20% dan ortig‘ini tashkil etadi;
-
muzlatish usulini katta ekssentrisitetga ega nomarkaziy siqilgan
konstruksiyalar va vibratsiyaga uchraydigan konstruksiyalar uchun,
shuningdek
xarsangtosh terilgan devorlarda, xarsangtosh betonli devorlarda, ravoqlarda qo‘llab
bo‘lmaydi;
-
faqat sementli va murakkab qorishmalardan foydalaniladi, chunki ohakli va
ohakli-loyli qorishmalar erigandan so‘ng qotish qobiliyatini saqlab qolmaydi;
-
qurilish maydonchasiga qorishmani eltib beradigan transport vositalari
albatta
isitiladi, ish olib borilayotgan joylarga qorishma ulushi (porsiyasi) faqat
20...30 min. ishlashga etadigan va qorishma temperaturasi +20
0
S dan kam
bo‘lmaganda uzatiladi;
-
g‘isht terishning bajarilishini va uni eritish ustidan albatta nazorat jurnalini
yuritish kerak, chunki qorishma zichligining bir xil emasligi tufayli eriyotgan notekis
cho‘kishlar bo‘lishi mumkin.
Amalda qishki sharoitlarda g‘isht terishning quyidagi usullari qo‘llaniladi.
G‘isht terish devorning butun eni bo‘yicha bir vaqtda amalga oshiriladi.
Qorishma keyingi 5...6 qatorga g‘isht terilgandan so‘ng
muzlashiga erishish
maqsadga muvofiqdir, bu uning yaxshiroq zichlashishini ta’minlaydi va bahorda
cho‘kishini kamaytiradi. G‘isht terilgan joyning mustahkamligini oshirish uchun
tutashgan va kesishish joylarida metall bog‘lamlar o‘rnatiladi,
buni odatda har bir
qavat ustyopmasi sathida amalga oshiriladi (4.20 - rasm). Yig‘ma elementlar qavatda
g‘isht terish bevosita tugallangandan so‘ng montaj qilinadi, ustyopma plitalari esa
tashqi versta qatorlar choklarida albatta ankerlash bilan montaj qilinadi.
4.20-rasm. Ish jarayonida tosh-g‘isht terishni po‘lat bog‘lamalar bilan kuchaytirish:
a – burchaklarda; b – devorlar kesishgan joyda; v – ustunlarning devorga tutashish
joylarida; 1 – diametri 10...12 mm li vertikal ankerlar; 2 – diametri 8...10 mm bo‘lgan
gorizontal bog‘lanishlar; 3 – diametri 8...10 mm bo‘lgan gorizontal anker.