5.3. Konstruksiya elementlarini montajga tayyorlash
Konstruksiya elementlarini montajga tayyorlashda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
elementlarni yassi yoki fazoviy bloklarga yig‘ish, elementlarning ustivorligini va
ko‘tarish vaqtida ularning o‘zgarmasdan qolishini ta’minlash uchun ularni
vaqtinchalik mahkamlash, ishlarni xavfsiz va qulay tarzda olib borish uchun
havozalarni, zinapoyalarni, to‘suvchi va boshqa moslamlarni o‘rnatish, himoyalash
ya’ni ehtiyotkorlik arqonlari, tortqilar va tortuvchi arqonlarni mahkamlash va b..
Elementlarning gabaritli o‘lchamlari yoki massalari tufayli ularni qurilish
maydoniga tayyor, yig‘ilgan holatda etkazib bo‘lmaydigan vaziyatlarda yiriklashtirib
yig‘ish lozimdir. Qurilish maydoniga keltirilgan yig‘ma temirbeton elementlardan
120
uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalarni va og‘ir turdagi bir qavatli sanoat
binolarning baland ustunlari yig‘iladi. Ba’zan temirbeton ustunlar va rigellardan
ramali sistemalar tashkil qilinib, ikkita yarimta holatda keltiriladigan tom yopish
fermalarini birlashtirib, devor panellar va boshqa konstruksiyalarni yig‘ib yassi
bloklar hosil qilinadi. Qurilish maydonida metall konstruksiyalarni yig‘ish uchun
o‘sha konstruksiyalar uchun hamda yorug‘lik va aeratsion fonarlarga ega bo‘lgan
fermalar uchun bajariladi.
Yiriklashtirib yig‘ish ishlari asosan konstruksiyalar saqlanadigan omborlarda
yoki
statsionar (ko‘chmas) stellajlar
o‘rnatilgan maxsus maydonlarda amalga
oshiriladi. Uzunligi bo‘yicha yiriklashtiriladigan elementlar kran yordamida
ombordan ko‘tariladi va tayanchlarga yoki kassetalarga shunday tarzda o‘rnatiladiki,
bunda ularning bo‘ylama o‘qlari bir-biriga mos tushmog‘i taqozo etiladi. Undan
keyin elementlarning bosh va oxirgi qismlari (uchlari) to‘g‘irlanadi va elementlardagi
chiqib turgan armaturalar yoki alohida sterjenlar o‘qlari bir-birlariga moslab
to‘g‘irlanadi. Qo‘shimcha xomutlar o‘rnatilgandan va sterjenlar payvandlangandan
keyin elementlarning tutashgan joylariga qolip o‘rnatiladi va unga beton aralashmasi
qo‘yiladi. Bu betonning klassi va uning qotgandan keyingi mustahkamligi loyiha
bo‘yicha o‘rnatiladi. Odatda, tutashgan joylarga qo‘yiladigan beton klassi
tutashtirilayotgan elementlar betonining klassi bilan bir xil bo‘ladi yoki bir klass
yuqori bo‘ladi.
Keyingi yillarda konstruksiyalarni montajli va montaj-texnologik bloklarga
yiriklashtirib yig‘ish keng qo‘llanilmoqda. Bunday yiriklashtirib yig‘ish qurilish
muddatini sezilarli ravishda qisqartiradi, chunki bunda binoni barpo etish parallel
ravishda va hattoki ilgarilab olib boriladi. Konstruksiyalarni yig‘ish bo‘yicha
bajariladigan katta hajmli ishlarda yiriklashtirib yig‘ish stendlar yoki konduktorlar
bilan
jihozlangan
yig‘ish
maydonlarida
olib
boriladi,
konduktorlarda
konstruksiyalarni yig‘ish jarayoni ularni mahkamlash va to‘g‘irlash, tekislashni
amalga oshirish imkonini beradi; ba’zan bunday yig‘ish maydonlari konveyerli
liniyalar bilan ham jihozlanadi. Yig‘ish maydonlari montaj kranlarining harakatlanish
zonasiga yoki montaj qilinayotgan ob’ekt atrofiga, yoxud omborga yaqin joylarga
joylashtiriladi, konveyerli liniyalar esa ob’ektlar yaqiniga o‘rnatiladi.
Temirbeton fermalar va ustunlar qurilish konstruksiyalari omborlarida
yiriklashtirilib yig‘iladi va u erdan montaj qilishga yiriklashtirilgan holatda beriladi.
Bunday yig‘ilgan elementni montaj joyiga etkazish murakkablik tug‘dirganda yoki
ularni etkazishning iloji bo‘lmagan hollarda konstruksiyalarni yig‘ish ularni o‘rnatish
joylarida, ya’ni montaj kranining harakatlanish zonasida amalga oshiriladi. Biroq
konstruksiyalarni montaj kraning harakatlanish zonasida yig‘ish ko‘p hollarda kam
unumdorlidir. SHuning uchun, tashish sharoitlari mavjud bo‘lgan vaziyatlarda
konstruksiyalarni yiriklashtirish ishlarini yuk ko‘taruvchi jihozlar va yig‘ish-
payvandlash moslamalari bilan ta’minlangan maxsus maydonlarda bajarish maqsadga
muvofiqdir. Transport xarajatlarni kamaytirish maqsadida bu maydonlarni mumkin
qadar montaj qilinadigan ob’ektlar yaqiniga joylashtirish taqoza etiladi.
Yig‘ish maydonlariga xizmat ko‘rsatish uchun “to‘rt oyoqli” kranlardan
foydalanish ratsional bo‘lib, bunda konstruksiyalarni taxlab joylashtirish sezilarli
121
darajada soddalashadi va qanday massaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar
konstruksiyalarni butun maydon bo‘yicha bir tekisda taqsimlash mumkin.
Yiriklashtirib-yig‘ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish uchun “to‘rt oyoqli”
kranlarni qo‘llash bunday ishlarning narxini arzonlashtiradi va ekspluatatsiya-
foydalanish narxi 1,5...2 marta yuqori, katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan
temiryo‘l va gusenitsali kranlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
5.4-rasm. Temirbeton fermani yiriklashtirishga xizmat qiladigan stellaj:
1 – yakka kassetalar; 2 – yarim fermalar; 3 – juft kassetalar; 4 - gorizontal vintlar.
Metall konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish uchun qurilayotgan ob’ekt
yonidagi maxsus maydonchalarda statsionar (ko‘chmas) stellajlar o‘rnatiladi. Metall
fermalar va kran osti balkalari ularning ko‘ndalang tomoni bo‘yicha egiluvchanligi
katta bo‘lganligi tufayli ularni ko‘pincha gorizontal holatda yig‘ish taqoza etiladi.
Uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalar, jumladan fonarlarga ega
bo‘lgan fermalar ba’zan gorizontal holatda yiriklashtirilib yig‘iladi. Yig‘ilayotgan
elementlarning gorizontal yotqizilgan qismi stellajdagi yig‘ish teshiklariga
to‘g‘irlanadi va ular boltlar yoki tiqinlar yordamida mahkamlanadi. Yig‘ish teshiklari
bo‘lmagan hollarda tutashadigan elementlarning bir-biriga to‘g‘ri tushishi stellaj
progonlariga mahkamlangan fiksatorlar yordamida tekshiriladi. Stellaj konstruksiyasi
yuqori va pastki belbog‘larni tepa tomondan payvandlash imkonini beradi, keyin
yig‘ilayotgan elementni shift (potolok)ni payvandlashdan qutulish maqsadida bu
element boshqa tekislikka qayta o‘rnatiladi va tutashgan joylar boshqa tomoni
bo‘yicha payvandlanadi.
Bino konstruksiya va detallarini montaj qilish uchun asbob-uskunalarning
quyidagi turlari qo‘llanadi:
konstruksiyalarni ilib ko‘tarish (stropovka qilish) uchun mo‘ljallangan
takelaj moslamalar – stroplar, traversalar, changaklar, karabinlar;
konstruksiyani ko‘chirish (siljitish) uchun jihozlar – chig‘irlar (lebedkalar),
bloklar va polispastlar, ko‘targich-domkratlarlar, tallar, montaj machtalari, shevrlar;
montaj tutashmalarini mahkamlash va beton aralashmasi bilan to‘ldirish
uchun jihozlar (asbob-uskunalar, moslamalar) – payvandlash apparatlari,
transformatorlar, kompressorlar, korroziyaga qarshi qoplamalarni sepadigan
apparatlar, choklar va tirqishlarni germetiklashtirish asboblari va hokazolar;
122
konstruksiyalarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘irlash uchun zarur
bo‘lgan montaj moslamalari – konduktorlar, tirgaklar, tayanchlar, tirgovuchlar,
strubsinalar;
montajchilarning ish joyini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar –
narvonlar va shotilar, so‘rilar, kajavalar, osma maydonchalar.
Poydevorlarni montaj qilishdan oldin zaminning tayyorlik holati tekshiriladi,
aynan, zaminning sathiy belgisi, uning gori-zontalligi nazorat qilinadi, zarur bo‘lgan
hollarda zaminni tekislash amalga oshiriladi. Ustunlar va poydevor to‘sinlarini
montaj qilishdan oldin poydevorlarni tayyorlash konstruksiyalar o‘lchamlarining
to‘g‘riligi va poydevorlarga qo‘yiladigan po‘lat ustunlarni o‘rnatishga mo‘ljallangan
ankerli boltlarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Poydevor o‘qlari holatining
to‘g‘riligi, temirbeton boshmoklardagi stakanlar sathi, gorizontal belgilar va sathlar
geodezik asboblar yordamida tekshiriladi.
Elementlarni ko‘tarishga tayyorgarligi uning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yaroqli
ekanligi, uni tozalash, o‘lchamlarini tekshirish va ularga o‘q belgilari chizilishidan
iborat. Tashqi tekshiruvda betonda singan joylar va yoriqlarning borligi, montaj
ilmoqlarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, payvandlash quyma metall detallarida,
shtrablarida, montaj ilmoqlari uchun mo‘ljallangan uyacha (teshik)larda beton
qoldiqlarining bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Ruxsat etilgandan yuqori bo‘lgan yoriq
va boshqa nuqsonlarga ega bo‘lgan detallar yaroqsiz deb topiladi. O‘q belgilari
betonli yuzalarga yumshoq qora qalam bilan, metall qo‘yma detallarga zubila va
bolg‘a bilan chiziladi.
Yig‘ma elementlarni ko‘tarish uchun montaj qilinayotgan element
tiklanayotgan konstruksiyada qanday holatda ishlasa xuddi shunday holatda
ko‘tarilishi tavsiya etiladi. Montaj qilinayotgan elementlarni oxista, ravon,
siltamasdan, chayqaltirmasdan va aylantirmasdan ko‘tarish talab etiladi. Buyumlarni
ko‘tarishda shunday usullardan foydalaniladiki, ularni ko‘tarish va o‘rnatish
jarayonida xavfli kuchlanishlar paydo bo‘lmasligi hamda ishlarni olib borishning
xavfsiz sharoitlarini yaratish toqazo etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘tarilayotgan
elementlarni vaqtincha kuchaytirish amalga oshiriladi. Og‘ir element va
konstruksiyalar ikki harakatda ko‘tariladi: birinchi xarakatda 0,2...0,3 m balandlikka
ko‘tarilib og‘irligi ta’sirida bir muddat ushlab to‘rilib qo‘shimcha tarzda stroplarning
ishonchliligi va holatining to‘g‘riligi tekshiriladi, so‘ngra ikkinchi harakatda
loyihaviy sathga ko‘tarish davom ettiriladi (5.5-rasm).
123
5.5-rasm. Konstruksiyalarni vaqtincha mahkamlash va to‘g‘rilash uchun moslamalar.
a – tortqi (raschalka); b – tirgovich (podkos); v – poydevorga stakaniga ustunni
o‘rnatish uchun konduktor; g – oldin montaj qilingan ustunlarni boshiga, keyingi
ustunni o‘rnatish uchun konduktor; 1 – poydevor; 2 – ustun; 3 – tortqi; 4 – vintli
tortma, 5 – ponasimon tiqin; 6 – suriladigan muftali ilgak; 7 – teleskopik shtanga;
8 – strubsina; 9 – panel; 10 – tortish boltlari; 11 – rama; 12 – tirgakli domkrat;
13 – qulflaydigan shkvoren; 14 – aylanadigan to‘sin; 15 – ustunlarni to‘g‘rilash
uchun vintlar; 16 – ustunni yuqori qismi; 17 – ustunning bosh qismida konduktorni
mahkamlash uchun vintlar.
Qurilishda montaj qilinayotgan elementlarni vaqtincha mahkamlash uchun har
xil montaj moslamalar va qurilmalar qo‘llaniladi. Ular alohida yakka holda
(individual) va guruhli bo‘lishi mumkin. Alohida yakka holdagi (individual)
moslamalarga
ponalar,
tortqilar,
tirgovichlar,
konduktorlar,
fiksatorlar,
mahkamlagichlar, ushlagichlar va shunga o‘xshashlar tegishli. Guruhli moslamalar
bir nechta statik turg‘un bo‘lmagan montaj elementlarini mahkamlashni nazarda
tutadi.
Elementlarni to‘g‘rilash montaj qilinayotgan konstruksiyalarning loyihaviy
holatga aniq mos kelishini ta’minlaydi. Montaj qilinayotgan konstruksiyalarning turi,
tutashmalari va ustivorligining ta’minlanganlik sharoitlariga bog‘liq ravishda
to‘g‘rilash ishlari ko‘z bilan chamalab yoki o‘rnatish jarayonida asbob-uskunalar
yordamida (instrumental) to‘g‘irlanadi, bunda konstruksiyalar montaj mexanizmlari
bilan ushlab turiladi yoki o‘rnatilib mahkamlangandan so‘ng bajariladi.
|