114
Quruvchilar uchun barpo etiladigan binoning texnologikligi asosiy omil bo‘lib
u o‘z ichiga qo‘llanilayotgan montaj elementlarining texnologik qulayligini inobatga
oladi va ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
montaj qilinayotgan elementlarning namunaviy o‘lchamlarining minimal
soni ya’ni konstruksiyalarni tiplarga (turlarga) ajratish darajasi;
etkazib berilayotgan konstruksiyalarning qurilish uchun maksimal
tayyorligi – geometrik o‘lchamlar va mahkamlash detallari
holatining aniqlik
darajasi;
hamma elementlarni ilish, ko‘tarish, montaj qilish, o‘rnatish va
to‘g‘rilashning qulaylgi;
hamma tutashgan joylarni bekitish va choklarni to‘ldirishning qulayligi;
konstruksiya o‘rtacha og‘irligining maksimal og‘irligiga nisbatini
ifodalovchi montaj massasining birinchi ko‘rsatkichiga yaqinligi ya’ni ularning
yiriklashtirilganligi va muvozanatlashganligi.
Yig‘ma qurilish konstruksiyalarni montaj montaj qilishning texnologik
jarayoni – shunday jarayonlar va operatsiyalar yig‘indisiki, ularni bajarish natijasida
karkas, bino yoki inshootning biron-bir qismi yoki to‘liq barpo etilgan inshoot hosil
bo‘ladi. Tayyor montaj qilingan mahsulotni olishga imkon beruvchi barcha
jarayonlarning yig‘indisi transport (tashish),
tayyorgarlik, asosiy va yordamchi
jarayonlardan tashkil topadi.
Transport jarayonlari
konstruksiyalarni markaziy va ob’ekt oldi omborlariga
tashish, konstruksiyalarni ortish va tushirish, ularni turlarga ajratish hamda
omborlarga taxlash, konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ishdan yoki omborlardan
montaj
qilishga uzatish, ashyolar, yarimfabrikatlar, detallarni va jihozlarni montaj
zonasiga tashishdan iboratdir. Konstruksiyalarni taxlash vaqtida ularning sifati,
o‘lchamlari, markirovkasi va to‘liqligi (komplektligi) alohida nazorat qilinadi.
Konstruksiyalarni transport vositasidan to‘g‘ridan–to‘g‘ri uzatish orqali binolarni
montaj qilishda tushirish va xillarga ajratish jarayonlari bajarilmaydi,
chunki
konstruksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri montaj qilishga uzatiladi.
Tayyorgarlik jarayonlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyalarning
holatini, yiriklashtirilganligini, konstruksiyalarning vaqtincha kuchaytirilganligini
tekshirish, montaj qilishga va o‘rnatishga tayyorlash, konstruksiyalarni bevosita
yagona montaj birligi sifatida o‘rnatish joyiga uzatish.
Konstruksiyalarni jihozlar
bilan ta’minlash, vaqtincha mahkamlash va ishlarni xavfsiz bajarish uchun uskunalar,
montaj qilinayotgan elementlarga o‘q belgilarini chizish, narvon va so‘rilarni osib
o‘rnatish kabi qo‘shimcha jarayonlar ham kiradi, bu jarayonlar qurilmani
ko‘tarishdan oldin bajariladi.
Yordamchi jarayonlar
poydevorlarning tayanch yuzalarini tayyorlash,
konstruksiyalarni to‘g‘rilash, agar bu jarayolar ular o‘rnatilgandan so‘ng bajarilsa,
havozalarni o‘rnatish, o‘tish
maydonlari, narvon va to‘siqlarni o‘rnatish ishlari
konstruksiyalarni o‘rnatish davrida bajariladi.
Asosiy yoki montaj jarayonlari
– konstruksiyalarni loyihaviy joyiga o‘rnatish,
ya’ni montaj qilish. Montaj jarayonlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
yig‘ma konstruksiyalarni o‘rnatish joyini tayyorlash;
115
ilish va ko‘tarish, fazoda ko‘chirish, orientirlash va o‘rnatish hamda
vaqtincha mahkamlash;
ilgaklarni bo‘shatish;
butunlay to‘g‘rilash va mahkamlash;
vaqtinchalik mahkamlash moslamalarini olib tashlash;
tutashgan joylar va choklarni to‘ldirish.
Konstruksiyalarning turi, montaj qilish jihozlari, tutashuv joylari va
ustivorlikni ta’minlash sharoitlariga bog‘liq ravishda to‘g‘rilash ishlari o‘rnatish
jarayonlari paytida amalga oshirilish mumkin, bunda konstruksiya montaj krani bilan
ushlab turiladi yoki vaqtinchalik mahkamlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ombordan montaj qilish
amalga oshirilayotganda oldinda ko‘rib chiqilgan
hamma texnologik operatsiyalar bevosita qurilish maydonida bajariladi.
5.1.-rasm. Ombordan va transport vositalaridan montaj qilishning
asosiy-prinsipial sxemalari.
a – ombordan montaj qilish; b – transport vositalaridan montaj qilish;
1 – qurilayotgan bino; 2 – kran; 3 – konstruksiyalar ombori; 4 – yo‘l; 5 – tushirish
paytida yarimtirkamali shatak; 6 – kuzovidan konstruksiyalar olinib montaj qilgandan
so‘ng yarimtirkama; 7 – yarimtirkamani konstruksiyalari bilan kran ko‘taradigan
joyga o‘rnatish.
Transport vositasidan “g‘ildirakdan”
montaj qilish
qurilish maydonida
asosan faqat montaj jarayonlari bajarilishini nazarda tutadi. Montajga to‘liq
tayyorlangan va hozirlab qo‘yilgan konstruksiyalar qurilish maydoniga zavoddan
aniq belgilangan vaqtda keltiriladi va bu konstruksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport
vositalaridan o‘rnatiladigan joyga loyihaviy holatda uzatiladi.
Qurilish
jarayonlarining bunday tashkil etilishi faqat shunday konstruksiyalarni etkazishni
talab qiladiki, bunda ularning komplektlari to‘liq va ritmik ravishda albatta
belgilangan vaqtda montaj qilinishi kerak. Bu usul ilg‘or usul hisoblanib, bunda
amaliyotda ob’ektoldi omborlarga ehtiyoj qolmaydi, yig‘ma elementlarni oraliqlarda
ortib-tushirish ishlari bo‘lmaydi, bunda tor qurilish maydonchalarida ishlarni
bajarishga
yaxshi sharoitlar yaratiladi, qurilish maydonida ishlarni tashkil etish
yig‘ish jarayonlarini zavodlarda bajarilayotgan texnologiyaga o‘xshashligini eslatadi,
qurilish jarayonlarining ritmliligi-bir maromligi, uzluksizligi ta’minlanadi.