106
sharoitlarida esa qorishma markada belgilangan mustahkamlikning 70...80%
gacha
bo‘lgan mustahkamligini egallaydi. Muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shilgan
qorishmalarni qishki sharoitda qo‘llash natijasida g‘isht terimining mustahkamligi
yozda bajarilgan huddi shunga o‘xshash g‘isht terilgan joyning mustahkamligidan
kam bo‘lmaydi.
3...6% xlorli natriy, kalsiy, ammoniy qo‘shilgan
qorishmalar qorishmaning
muzlash temperaturasini –10
0
S gacha orqaga surishi mumkin. Odamlar doimiy
ravishda bo‘ladigan binolarda bunday qorishmalardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi, faqat 3...6% li natriy nitrit qorishmasidan foydalaniladi xolos.
Muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan g‘isht terishda g‘isht va tosh qordan va
muzdan tozalab ishlatiladi. –15
0
S gacha sovuq bo‘lganda g‘isht terishda natriy nitriy
qo‘shilgan qorishma ishlatiladi (sement massasining 5...10% miqdorida).
Bunday
qorishmalarning qulay yotqiziluvchanligi sovuqda 1,5...3
soat davomida saqlanib
turadi. Natriy nitrit qo‘shilgan qorishmalar –15
0
S dan past temperaturalarda deyarli
mustahkamligini oshirmaydi, lekin ancha yuqori temperaturalarda qorishmalar yana
“jonlanadi” va ularning qotish jarayoni davom etadi.
Sovuq –30
0
S gacha bo‘lganda g‘isht terish qorishmalariga (sement massasining
5....10% miqdorida) ishqor va qorishmaning qotishini sekinlashtiruvchi
sulfit-drojjli
achitqi qo‘shiladi. Qorishmaning qotish jarayoni sekinlashadi, ammo etarlicha jadal
bo‘ladi va shuning uchun qorishmani 1 soat mobaynida ishlatish kerak. Ishqor
qo‘shimchalari korroziyaga va silikatlar emirilishiga sababchi bo‘ladi. Bunday
qo‘shimchalar qo‘shilgan qorishmalarni silikat g‘ishtli konstruksiyalarni barpo
etishda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tez qotuvchi qorishmalarni qo‘llash
tarkibi 1:3 nisbatdagi glinozyomli sement
(30%) va portlandsement (70%) aralashmasidan iboratdir. Qo‘shiladigan suvni
isitishini hisobga olgan holda qorishma tezda kritik mustahkamlikka erishadi.
Terimni armaturalash
to‘rlarni har 1...4 qator oralatib joylashtirib va to‘rdagi
simlarni har 5...7 sm oralatib joylashtirib, to‘rlarni ulanishga va qo‘shimcha olib kirib
terilgan joyni armaturalash terilgan joyning erigandan so‘ng mustahkamligini 2 marta
oshiradi.
4.21-rasm. G‘isht terimini elektr isitish sxemasi:
a – g‘ishtli devorda; b – g‘ishtli ustunda; 1 – elektr tarmog‘i; 2 – plastinkasimon
elektrodlar; 3 – ulanish joylari; 4 – simlar; 5 – po‘lat to‘r.
107
Issiqxonalarda
tashqi havodan izolyasiya qilingan joylarda g‘isht terishda,
ularda isitilgan havo yordamida +10
0
S dan yuqori temperatura vujudga keltiriladi, bu
kamdan-kam
hollarda, odatda izolyasiyalangan g‘isht teriladigan ayrim uchastkalar
uchun bajariladi.
Qishki sharoitlarda g‘isht terishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
bo‘linmalar o‘lchami qisqartiriladi, g‘isht teruvchilar soni ko‘paytiriladi,
darhol butun qamrov bo‘ylab ishlarni majburiy va bir paytda bajarib, g‘isht terishni
balandligi bo‘yicha tez barpo etilishi ta’minlanadi;
bog‘lanishlarning ko‘p qatorli tizimida vertikal bo‘ylama choklar har 3
qatordan kam bo‘lmagan holda bog‘lanadi; ish joyidagi qorishma zaxirasi faqat
20...30 minutlik ishlashga etishiga ruxsat etiladi, qorishma qutisi isitilishi va isitkich
bilan jihozlanishi kerak;
konstruksiyaga ivigan va muzlagan g‘ishtni terishiga ruxsat etilmaydi, uni
quritish zarur;
ishdagi tanaffuslarda qorishmani teriladigan
joyning yuqori qatlamida
qoldirishga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
Muzlatish usulida odatdagi sement qorishmasida qishki g‘isht terishning
qimmatlashishi 8....12% ni; tez qotuvchi qorishmalarda – 10...15% ni; elektr
isitishdan foydalanishda – 15...20% ni; issiqxo-nalarda – 30% va undan ortiqni
tashkil etadi.
Quruq va issiq iqlim sharoitlarida g‘isht terishni
bajarishda qorishmaning
konstruksiyaga yotqizilishigacha harakatchanligini saqlab qolishga alohida e’tibor
beriladi. Shu maqsadda tashish va g‘isht terish jarayonining o‘zida qorishmaning
namligini yo‘qotishdan, qatlamlashishidan va quyosh nurlarida qizib ketishidan
muhofaza qilinadi.
Keramik g‘ishtni konstruksiyaga terishdan oldin yaxshilab namlash yoki
optimal namlanishi uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida suvga botirib qo‘yish zarur.
G‘isht terishdagi tanaffuslarda yangi terilgan devor
ustida qorishma qatlamini
qoldirish mumkin emas, tanaffusdan keyin g‘isht terishda davom etishni g‘isht
terilgan devor ustini suv bilan yaxshilab namlangandan so‘ng boshlash kerak.
Qorishmadan namlikning muddatidan avval bug‘lanib ketishidan g‘isht terilgan joyni
himoya qilish uchun g‘isht terib ko‘tarilgan konstruksiyaning bir qismi nam material
bilan yopiladi, davriy ravishda namlab turiladi, imkon bo‘lganda qo‘shimcha ravishda
quyoshdan himoyalovchi yopmalar quriladi.