110
4.23-rasm. Devorlarga g‘isht terishda dopusklar (qo‘yimlar):
1 – vertikal yuzaniki – 10 mm; 2 – vertikal bo‘yicha burchaklarning yuzalari bir
qavatga – 15 mm, devorning butun balandligiga – 30 mm; 3 – chetki belgilarda – 10
mm; 4 – terish qalinligi ± 15 mm; 5,6 – pardevorlar va deraza eshik o‘rinlari ± 15
mm; 7 – terish qatorlari gorizontal bo‘ylab 10 m uzunlikka – 15mm.
Bundan tashqari choklarning to‘ldirilish sifati, choklar
qalinligi terishning
to‘g‘riligi va terilgan joyga temir beton elementlarining tayanish o‘lchamlari
tekshiriladi. Qishda g‘isht terish uchun ishlar jurnali yuritiladi, unda havo va
qorishmaning u yotqiziladigan paytdagi temperaturasi, sun’iy isitishda terilgan joy
temperaturasi, erish davrida terilgan joyning holati qayd etiladi.
G‘isht teruvchilarning alohida zvenolariga ajratilgan bo‘linma-larning
chegarasida va devorlarning burchaklarida g‘isht terishni boshlash-dan avval g‘isht
terish qatorlari bo‘yicha bo‘linmalarga ajratilgan reyka – qatorlar o‘rnatiladi. G‘isht
terish qatorlarining to‘g‘ri chiziqliligini va qalinligini saqlash uchun tortilgan ip-reja
qo‘llaniladi, g‘isht terilgan joyning vertikal yo‘nalishi shovun bilan tekshiriladi.
G‘isht teruvchi va uning yordamchisi o‘rtasidagi
vazifalar aniq ajratilishi
kerak. Yordamchi devorga g‘ishtlarni taxlab tayyorlaydi va qorishmani yoyadi.
Tashqi qatorni terish uchun g‘ishtni ichki qatorga yaqin qilib, ichki qatorni terish
uchun tashqari tomonga yaqin qilib joylashtiriladi. Qo‘llaniladigan qorishmalar,
foydalaniladigan plastifikatorlar, qorishmaning yoyiluvchanligiga bog‘liq
holda
g‘ishtni terish usuli qorishmani g‘isht bilan sidirib (choki ochiq) yoki siqib terish
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
G‘ishtli uyni barpo etayotgan kompleks montajchilar brigadasi vazifalarini aniq
taqsimlashi maqsadga muvofiq: g‘isht, bloklarni qorishmada terish – g‘isht
teruvchilar; yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish – montajchilar; havozalar yoki
supalarni qurish duradgorlar yoki montajchilar; ish joyiga materiallarni etkazib turish
– transport ishchilari tomonidan oshiriladi.
Ish sifatini va unumdorligini nazorat qilish uchun asosiy me’yoriy
ma’lumotlardan foydalaniladi:
1 m3 teriladigan joyga g‘isht sarfi taxminan 400 dona, qorishma 0,24 m3;
1 m3 g‘isht terishga mehnat sarfi 0,77 dan 2 kishi /kungacha;
Bir smenada bir ishchiga o‘rtacha ish hajmi 0,8...1,1 m3.
Bir smenada bir ishchiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish unumdorligi: “yakka”
ishchi – 300...500 dona g‘isht yoki 0,7...1,2 m3 g‘isht terish;
111
“Ikkilik” zvenosidagi ishchi – taxminan 1000 dona g‘isht yoki 2,5 m3 g‘isht
terish;
“Beshlik” zvenoga – 1700...2000 dona g‘isht yoki 4,2...5,0 m3 hajm to‘g‘ri
keladi.
G‘isht – tosh terish ishlarida
mehnat muhofazasi
G‘isht terishni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi
tadbirlar ta’minlanishi kerak:
balkon va lodjiyadagi deraza o‘rinlari va eshik o‘rinlarida to‘siqlarning
mavjudligi; devorlardagi teshiklar 1 m balandlikda to‘siladi, orayopmalardagi
tuynuklar ham to‘siladi.
eni 12 m gacha bo‘lgan binolarda so‘rilarni ish olib boriladigan butun maydon
bo‘yicha o‘rnatish zarur. Zinapoya kataklarida ishlarni zinapoya kataklarining ichki
devorlariga o‘rnatiladigan inventar maydonchalardan turib amalga oshirish;
har bir sathdan 1,1...1,2 m balandlikda g‘isht terish mumkin, devorning har bir
yarusini shunday ko‘rsatish kerakki, bunda devorning sathi ishchi to‘shama
ko‘chirilgandan so‘ng to‘shamaning yangi holatidan 2...3 g‘isht qatoriga yuqori
bo‘lishi kerak;
eni 1,5 m bo‘lgan himoya qiluvchi inventar soyabon (to‘siq)larni
binoning
butun perimetri bo‘yicha devor tomonga qiya qilgan holda o‘rnatish.
Soyabonlarning birinchi qatori erdan 6 m sathida joylashtiriladi, ikkinchisi 6...7
m oralatib g‘isht terilgan, devorning har ikki qavatida joylashtiriladi;
binoga kirish joyi ustidagi peshayvonlar rejada kamida 2x2m bo‘lishi kerak;
barcha donabay materiallarni uzatish konteynerlarda va g‘iloflarda bo‘lishi
ta’minlanishi kerak, qorishma esa – faqat tarqatma bunkerlarda bo‘lishi kerak;
g‘isht terishni erda turib, so‘rilardan, qavatlararo orayopmalardan supalardan
va havozalardan turib bajarish mumkin. Uch va undan ortiq g‘isht qalinligidagi
devorda
turib
ishchini binoning qo‘zg‘almas
qismiga ishonchli tarzda
mahkamlanganda ishlashga ruxsat etiladi;
ish o‘rinlarini muntazam ravishda qurilish materiallari qoldiqlari va singan
g‘ishtlardan tozalash taqozo etiladi;
havoza va supalar tegishli yuklamalarga mos kelishi kerak, to‘siqlar albatta
o‘rnatilishi kerak: tashqi havozalar ostidagi erni oldindan tekislash va zichlash lozim.
Havoza ustunlari maxsus boshmoqlarga o‘rnatiladi,
shchitlar quvursimon
ustunlarning ko‘ndalang to‘sinlariga mahkamlanadi, supalarning o‘zi esa bino
qismlariga mahkamlanadi. Supa va havozalarga ko‘tarilish tutqichli zinapoyalar va
bortli taxtalar bo‘yicha amalga oshiriladi.