109
Devorlar va pardevorlarni mahalliy kuchaytirish uchun prokat profillar
qo‘llaniladi. Devorning ikki tomonidan shvellerdan yoki qo‘shtavrdan to‘sinlar
o‘rnatiladi va ular boltlar bilan tortiladi. Metall to‘r ustidan sement – qumli qorishma
bilan suvash amalga oshiriladi.
Tosh konstruksiyalar elementlarini almashtirish kuchaytirishning boshqa
usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lganda amalga oshiriladi. Konstruksiyalarni
almashtirish ishlarini amalga oshirish davrida ularni vaqtincha mahkamlashni
oldindan amalga oshirishni talab etadi. SHundan so‘ng juda kuchli shikastlangan
joylarni buzishga va yangisini terib chiqishga ruxsat etiladi. Bir vaqtda yonma-yon
turgan deraza va eshiklar orasidagi devorlarni buzishga ruxsat etilmaydi. G‘isht terish
jarayonida gorizontal choklar po‘lat to‘rlar bilan armaturalanadi, ishlar yuqori
markali g‘isht va qorishmada bajariladi. Agressiv er osti suvlari ta’sirida ko‘pincha
poydevorlar va erto‘la devorlari buzilishiga (yemirilishiga) duchor bo‘ladi. Ularni
kuchaytirish sxemasi 4.22-rasmda keltirilgan.
4.22-rasm. Zaminlar va pardevorlarni kuchaytirish
uslublari.
a – g‘isht terilgan devorni in’eksiya bilan
kuchaytirish; b – zaminni devorning bir tomonidan
in’eksiya yordamida kuchaytirish; v – devor juda
kuchli eskirganda devorni va zaminni ikki tomonidan
kuchaytirish hamda zaminning ko‘tarish qobiliyatini
kamaytirish; g – zaminni ikki tomndan in’eksiya bilan
kuchaytirish; d – g‘isht terilgan devorda bog‘lanishni
mustahkamlash uchun devorning choklariga in’eksiya
qilish.