126
elementlarni montaj qilishning shartlari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘rnatuvchi
o‘q belgilarini belgilash;
qavatlarda montaj gorizontini aniqlash;
qavatlar bo‘yicha ijro sxemasini tuzish.
Zarur bo‘lgan geodezik o‘lchamlar nivelir, teodolit, zenit-pribor bilan
bajariladi, yordamchi inventardan ham foydalaniladi.
Nivelir
- nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlashga, belgilarni geodezik
nishonlardan qurilish maydoniga o‘tqazishga, qavatlar bo‘yicha montaj gorizontni
aniqlashga, ya’ni qavat planidagi asosiy nuqtalarning o‘zaro
holatini baholashga
mo‘ljallangan geodezik asbob
Teodolit
- gorizontal va vertikal burchaklarni naturada o‘lchashga yoki
mahkamlashga mo‘ljallangan geodezik optik asbob. U asosiy belgilash o‘qlarini er
sathidan bino qavatlariga ko‘chirishda keng qo‘llaniladi.
Zenit-asbob
faqat o‘qlarni vertikal bo‘yicha qat’iy ko‘chirish uchun
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli bino va inshootlarni tiklashda har bir qavatda bazaviy
elementlarning holati bino asosiy o‘qlarining kesishishi bo‘yicha aniqlanadi. Zenit-
asbob faqat asosiy o‘qlarni optik nurlarning o‘tishi orqali yangi montaj gorizontiga
proeksiyalashga mo‘ljallangan.
Geodezik ishlar uchun
lazer texnikasi
– lazer-teodolitlar, nivelirlar, vertikal
proeksiyalash asboblari, o‘zoqni o‘lchash asboblari, taxeometrlar qo‘llaniladi. Ko‘p
qavatli binolarni montaj qilishda o‘qlarni rejalash ishlarini
bajarish uchun lazerli
tizimni qo‘llash prinsipi bino sokol qavati sathida yo‘naltirilayotgan lazer nuri
harakatlanish yo‘li bo‘yicha maxsus aks ettiruvchini joylashtirish va shunga o‘xshash
qator aks ettiruvchilarni joylashtirish (ko‘rsatish)hamda bino bo‘ylama o‘qi bo‘yicha
lazerli teodolitni joylashtirishdan iborat. Lazer nuri pastki aks ettiruvchiga to‘shadi,
undan to‘g‘ri burchak ostida yuqori aks ettiruvchiga o‘tadi, so‘ngra montaj
qilinadigan elementlarga, masalan ustunlaro‘rnatilgan o‘rnatilgan qabul qilish
apparatiga yo‘naltiriladi. Ustunlarga maxsus aks ettiruvchilar o‘rnatish mumkin, ular
nurning og‘ishi bo‘yicha elementning aniq o‘rnatiganligini nazorat qilish imkonini
beradi.
Lazerli texnikaning qo‘llanilishi montaj ishlari sifatining
nazorat qilishini
sezilarli ravishda soddalashtirish imkonini beradi. Lazer nuri bilan proeksiyalash
masofaga bog‘liq bo‘lmaydi va mavjud bo‘lgan geodezik asboblarga qaraganda
ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi.
Binolar va inshootlarning ishonchli hamda yuqori sifatda barpo etilishini
ta’minlash uchun yig‘ma elementlarning loyihaviy holat bo‘yicha aniq o‘rnatilishida
doimiy geodezik nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Montaj qilingan elementlar turlari
bo‘yicha, qamrovlar va qavatlar bo‘yicha ijroviy tasvir (s’yomka) –
konstruksiyalarning rejadagi va balandlik bo‘yicha haqiqiy holatini geodezik
tekshirishi olib boriladi. Geodezik tasvirga olish (s’yomka) natijalari asosida ijro
chizmasi to‘ziladi, bu chizma bo‘yicha montaj aniqligi baholanadi.
Konstruksiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi oldin chizilgan o‘q
chiziqlari, va boshqa
chiziq hamda sathiy belgilar bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar yordamida
tekshiriladi.
127
Yirik panelli binolarni montaj qilish vaqtida o‘rnatilgan konstruksiyalarning
loyihaviy holatdan og‘ishi bo‘yicha har bir qavat uchun ijro sxemasi tuziladi.
Konstruksiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish uchun o‘qlar va orientirlovchi
o‘q belgilarini belgilash vaqtidayoq o‘q belgilariga nisbatan konstruktiv
elementlarning joylashishi hisoblanadi, yoziladi va
belgi chiziqlardan qanday
masofada joylashishi belgilanadi. Element o‘rnatilgandan va mahkamlangandan
keyin masofalar o‘lchanadi va loyihaviy o‘lchamlardan chetga chiqishlar (og‘ish)
hisoblanadi. Bu masofa ijroviy planga olish sxemasiga ham yoziladi, uning qiymati
bo‘yicha montaj aniqligi va sifati to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.
Binoni barpo etilishiga qarab yuk ko‘taruvchi panellarning o‘qlarga qanchalik
mos holatda o‘rnatilganligining ijro tasvir (s’yomka)lari tuziladi. SHu ma’lumotlarga
muvofiq ravishda navbatdagi qavat montajida konstruksiyalar holatiga zarur bo‘lgan
o‘zgarishlar kiritiladi.