160
Armaturalarni yer ustiga taxlash taqiqlanadi. Ularni bir necha marotaba issiq va
sovuq xonaga qayta olib kirish esa uni zanglashiga imkon yaratadi.
Tayyor payvandlangan to‘rlar tamg‘alar bo‘yicha alohida yopiq xonalarda
balandligi 2 metrgacha bo‘lgan taxlangan holda saqlanishi zarur.
Armatura-payvandlash korxonalarida armatura buyumlar yuklash-tushirish va
tashish uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Bir
turdagi yakka armaturalar
alohida boylangan, yassi karkas va turlar massasi 60 kg va undan ortiq bo‘lgan
boylam shakliga keltirilgan bo‘lishi, har bir boylam o‘zining maxsus birkasi, unda
tuzilma nomi, chizma nomeri, massasi xaqida ma’lumot bo‘lishi zarur. Ilib ko‘tarish
joylari tiniq bo‘yoqda belgilab qo‘yilishi zarur. Ularni
taxlashda shunga ahamiyat
berish zarurki, birinchidan buyumlar loyihada o‘rnatish holatiga yaqin holda bo‘lsin,
ikkinchidan armatura buyumlar deformatsiyalanmasin.
Komplekt holatga keltirilagan armatura va armatura buyumlarini qurilish
maydoniga tashib olib kelish avtomobil yoki temir yo‘l transportlari orqali amalga
oshiriladi. Agar ular avtotransportdan 1,5 m dan ortiq chiqib tursa, u holda tirkamali
transportdan foydalaniladi. Transportda olib kelingan
armatura buyumlar bevosita
kran bilan ilib olib o‘rnatish uchun olib kelinishi, yoki omborlarga tushirilishi zarur.
Armatura buyumlarni kamida 3 smenaga etarli zahirasi bulishi zarur.
Armatura buyumlarini o‘rnatish uchun kran, shuningdek barcha quyma
temirbeton ishlarini bajarish uchun jihoz bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Armaturani montaji boshlangunga qadar u o‘rnaydigan qolip o‘lchami, uni
loyihaga mosligi, mustahkamligi tekshirilib, uning uchun bekib ketadiagn ishlar akti
tuzilgan bo‘lishi kerak.
Poydevor, ustun armaturalari qolip o‘rnagunga
qadar amalga oshiriladi, u holda
armatura o‘rnash asosini loyihaga mosligiga ahamiyat beriladi.
Armaturani o‘rnatishdan oldin uni har tomonlama qarab chiqilib, agar tashish
paytida biror joyi buzilgan yoki shikastlangan bo‘lsa ta’mirlanishi zarur.
Qolipga o‘rnatadigan armatura buyumlarni loyiha holatdagini va zarur
qalinlikda betondan ximoya qatlam hosil qilinishini ta’minlash, ya’ni armatura tashqi
yuzasidan to qolipgacha o‘lcham ta’minlanishiga erishish talab qilinadi.
Bu esa o‘z navbatida armaturani tashqi muhitdan ya’ni uni zanglashdan saqlash
imkonini yaratadi.
Ximoya qatlamlar qalinligi turli tuzilmalarda o‘rtacha turlicha: poydevor asosi
ximoya qatlami qo‘yilgan bo‘lsa, unda armatura ximoya qatlami 35 mm, agar
ximoyalanmagan bo‘lsa 70 mm; ustun armaturasi ximoya qatlami 20 mm; devor va
yopmalar qalinligi 100 mm bo‘lsa ximoya qatlam 15 mm, agar 50 mm bo‘lsa ximoya
qatlam armaturalar orasidan bo‘shliq (agar ular yonma yon o‘rnagan bo‘lsa) armatura
diametridan kam bo‘lmasligi zurur. Ximoya qatlamni ta’minlash uchun
metall yoki
plastmassa fiksatorlar ishlatiladi.
O‘rnagan armatura buyumlar loyiha holatdagicha ularni o‘q chiziqlari bilan
qolipdagi (agar qolip o‘rnamagan bo‘lsa o‘rnash asosidagi) o‘q chiziqlarda mosligi
bilan aniqlanadi. Ularni garizontalligi va vertikalligi
geodezik asboblar yordamida
aniqlanib olinadi.
162
hosil qilingach armatura to‘ri to‘singa tegib turgan qismi armaturalari diametri 10
mm gacha bo‘lsa maxsus kalit yordamida bukib qo‘yiladi.