152
- o‘tga chidamli - yuqori haroratda ishlovchi bino inshootlarni tuzilmalarini
ishlab chiqarishda issiqqa chidamli to‘ldiruvchilar (g‘isht maydasi, domna shlaki,
xromit) va mayda to‘plangan shamot aralashtirib tayyorlangan 1700
S gacha
harakatga chidamli beton.
Ish bajarish usuliga ko‘ra beton va temirbeton tuzilmalar quyma va yig‘ma,
ishlash prinsipiga ko‘ra esa zo‘riqtirilmagan va zo‘riqtirilgan armaturali turlariga
bo‘linadi.
Quyma temirbeton va beton tuzilmalar bevosita qurilish maydonida maxsus
o‘rnatilgan qoliplarga armaturalar o‘rnatilib, ichiga beton quyib tayyorlanadi. Quyma
temirbeton tuzilmalar er silkinishi kuchli bo‘lgan rayonlarda o‘z samarasini beradi.
Keyingi paytlarda beton ishlarining maxsus turlariga: suv ostida beton quyish,
issiqqa, sovuqqa, kislotaga, ishqorga chidamli
betonlarni tayyorlash muhim
masalalarni echishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Qolip
- beton qorishmasini quyib, quyilayotgan buyum yoki konstruksiyaga
ma’lum loyihani o‘lchash va shakl beruvchi vaqtinchalik yordamchi konstruksiya.
Qolipga beton qorishmasi quyilib, u qotgunga qadar ushlab turiladi.
Qolip
yuk ko‘taruvchi, ushlab turuvchi
va
shakl beruvchi
elementlardan
tashkil topadi.
Qolip quyidagi talablarga javob berishi zarur:
1.
etarli darajada mustahkam;
2.
ishchi holatda o‘z shaklini o‘zgartirmaslik;
3.
texnologik yuk va beton qorishmasi bosimidan geometrik o‘lchashni
o‘zgartirmaslik;
4.
quyilgan konstruksiyalar yuzalari sifatini ta’minlash;
5.
yig‘ish va echib olish qulay bo‘lishi;
6.
bir necha marotaba qo‘shimcha ta’mirlashsiz ishlatish.
Konstruktiv jihatdan qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
echib qayta
o‘rnatiladigan mayda donali; yig‘ib - qayta o‘rnatiladigan yirik shitli; ko‘tarib,
qayta o‘rnatiladigan; bloksimon; hajmiy-fazoviy; sirpanuvchi; gorizontal
harakatlanuvchi; pnevmatik, echilmaydigan va isitiladigan.
Buyumlarni qoliplash uchun foydalaniladigan qoliplar va stendlar buyumga
bo‘lgan standart va texnikaviy sharoitlar va loyiha xujjatlari talabiga javob berishdagi
yo‘l qo‘yiladigan og‘ishga ega bo‘lgan o‘lchamdagi buyumlarni tayyorlashga
mo‘ljallangan, GOST 25781-83* ga muvofiq bo‘lishi lozim.
153
6.1-rasm. Qolip turlari
a- ochib qayta o‘rnatiladigan, b- harakatlanuvchi, v- ko‘tarib, qayta o‘rnatiladigan; g-
ko‘tarilib-sirpanadigan; d- seksiyali qayta o‘rnaydigan; e- qolip qoplama;
1- qolip shiti; 2- homut; 3- beton quyilgan tuzilma; 4- ushlab turuvchi konstruksiya;
5- ko‘tarish moslamasi; 6- so‘ri; 7- qolipni echish moslamasi;
8- qolip- qoplama plitasi.
Qolip tayyorlash uchun II, III va IV navli igna bargli
daraxt taxtalari, suvga
chidamli
fanera,
varaqsimon, profilli po‘latlar, stekloplastik
buyumlar,
plastmassalar,
armotsement, asbest
- sement list va quvurlar, ishirish imkonli
balonlar hamda beton va temirbeton plita qoplamalar ishlatiladi.
Qolip ishlari bir yoki bir necha materialdan tayyorlangan: yog‘och, metall,
temirbeton, yog‘och-metall, metall-karkasli, stekloplastik bo‘lishi mumkin.
Qolip tuzilmalari, uni ushlab turuvchi tag tuzilma, ustunlar, qotirgichlar va
boshqa qismlari mustahkam, ustivor bo‘lishi, o‘rnatish va echib olishga, armaturalash
va beton qurilmasini quyish uchun qulay bo‘lishi zarur.
Qolipni bevosita betonga tegib turadigan qismi zich, tirqishlar bo‘lmasligi,
ya’ni ulardan sement suti oqib ketish oldi olingan bo‘lishi zarur. YUqori sifatli yuza
hosil qilish uchun metall qoliplar ichki yuzalariga turli surkash materiallari surkaladi.
Qoliplar turlari quyidagi (6.1-rasm) da keltirilgan.
154
Qoliplar markazlashgan holda maxsus mutaxassislashgan
zavodlarda
tayyorlanib, u qurilish maydoniga komplekt holda barcha zarur elementlari,
shuningdek extiyot qismlari bilan olib aniq bir konstruksiya uchun ishlab chiqarilgan
bo‘ladi.
Qolipni tashqi namlik va sement suti ta’siriga chidamliligini oshirish, uzoq
vaqt foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular yuzalariga fenol smolasi,
bakelit smolasi, spirtli lok, epoksid- fenol loki, kremniy organik loklarni shimdirish
maqsadga muvofiq. Bunday yupqa
qavatlar fanera, yog‘och-payraxali va yog‘och
tolali plitalarga ularni 130
-150
S haroratda 1,4-1,5 MPa bosim ostida presslash
orqali hosil qilinadi.
Metall qolipning tashqi yuzalari tuzilmalarini
zanglashdan saqlash, ichki
yuzalariga beton qorishmalar yopishib qolish oldini olish maqsadida zanglashga
qarshi qoplamalar (ishdan chiqqan mashina yog‘lari) surkaladi.
Qolip tuzilmalari, ushlab turuvchi tuzilma, ustunlari