156
Har xil buyumlar uchun armatura elementlarini UzRST 733-96 va GOST 2
586.1.83* ning talablariga mos keladigan aniqlik bilan o‘rnatilgan
texnologik qoida
va me’yorlarga rioya qilgan holda tayyorlash lozim.
Temirbeton buyumlarini armaturalash uchun armaturaning quyidagi turlari:
sterjenli, simli va arqonsimol o‘ramali mavjud.
Qo‘llanilish sharoitiga qarab zo‘riqtirilmagan va zo‘riqtirilgan armaturalarga
bo‘linadi. (6.1-jadval).
Yuzalari tuzilishiga qarab armaturalar quyidagi (6.4- rasm) da keltirish
turlariga bo‘linadi.
6.4- rasm. Armatura turlari
a- silliq dumaloq; b, v- issiq holda yumshatilgan davriy izli; A-II
va A-III sinfli; g, d-
sovuq holda ishlov berilgan; e- arqonsimon o‘ralgan.
Sterjenli armaturalar ishlab chiqarilgandan so‘ng qayta mustahkamlash talab
qilinmaydigan A-I, A-II, A-III, A-IV, A-V sinflarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarilgandan so‘ng ularni issiqlik yordamida mustahkamligini oshirish
imkoni bo‘lgan armaturalar sinfiga At-IV, At-V, At-VI va At-VII larga kiradi.
SHuningdek, mustahkamlashni cho‘zish orqali amalga oshirilgan armaturalarga: A-
IIv va A-IIIv sinflar kiradi.
1)
2)
6.5- rasm. Armatura yarim fabrikatlari.
1- payvandlangan yassi to‘r; 2- o‘rama to‘r.
158
armatura simi
Xuddi shunday
davriy izli
Vr-II
8484-63
-
-
3-8
Spiralsimon
armatura
arqoni
K-7
13840-68
-
-
4,5-15
Xuddi shunday K-13
TU 14-4-22-
77
-
-
14
O‘rama armatura turlarining eni 1400 mm dan to 2650 mm gacha bo‘lib,
armatura diametri 3 mm dan to 5,5 mm gachani tashkil etadi. YAssi armatura turlari
esa diametri 8,9 va 10 mm bo‘lgan davriy izli armaturani bo‘ylama va eniga karatib
payvandlanib, ularni eni 1500 mm dan to 2650 mm gacha, uzunligi 9
metrgacha
bo‘ladi. Armo-sement buyumlar tayyorlashda esa tur uchun ishlatiladigan sim
diametri 0,7 mm dan to 1,6 mm gacha ishlatiladi. A-I sinfli silliq armaturalar diametri
6 mm dan to 30 mm gacha bo‘lib, ular ko‘ndalang yoki montaj armaturalar uchun
ishlatiladi.
Ishchi zo‘riqtirilmagan armaturalarda asosan A-II va A-III sinfli davriy izli
armaturalardan
ishlatiladi, ulardan A-III armatura o‘zini mexanik mustahkamligi
bilan ajralib turadi. Diametri 3 mm dan to 8 mm gacha bo‘lgan po‘lat simlar asosan
engil payvandlangan sinch va to‘rlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Zo‘riqtiriladigan armatura sifatida yuqori sinfli po‘latdan tayyorlangan
armaturalar ishlatiladi. Po‘lat armaturalar maxsus dastgohlarda tortish (bunda plastik
deformatsiya yuqolib, armatura tarkibida o‘zgarish kuzatiladi), ma’lum tishlar
orasidan o‘tkazish natijasida esa o‘yiqlar hosil bo‘lib, armaturaning ustivorligi ortadi.
Armaturalar massasi 5 tonnagacha bo‘lgan boylam tarzda, diametri 8 mm
gacha bo‘lgan armatura simi esa massasi 80-100 kg li o‘ram tarzida olib kelinadi.
Po‘lat armaturalarga ishlatishdan oldin quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
ishlatiladigan armatura po‘lat yuzasi toza bulishi zarur,
shuning uchun uni
tashilayotganda, saqlanayotganda yuzasini toza va namlanmaslik chorasini ko‘rib
qo‘yish zarur;
-
agar yuza loy, ifloslangan, bo‘yalgan yoki moylangan bo‘lsa, uni
ishlatishdan oldin mexanik usulda tozalanishi zarur;
-
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan diametri 5 mm gacha bo‘lgan armatura
simlari diametri 2 metrdan kam bo‘lmagan o‘ram tarzida, armatura diametri 5 mm
dan ortiq bo‘lgan armaturalar esa diametri 2,5 metrdan kam bo‘lmagan o‘ram tarzida
keltirilishi zarur.
Armatura po‘latlarini qabul qilib olishda har bir o‘ram yoki boylamda maxsus
birkasi borligi tekshirilib, sertifikat bilan qabul qilinadi.
Sertifikatsiz olib kelingan
armatura po‘latlari nazorat sinovidan o‘tkaziladi. Ular quyidagi hollarda amalga
oshiriladi:
-
zo‘riqtirilgan armaturalarni qabul qilib olishda;
-
po‘lat sertifikatsiz kelganda;
-
agar po‘lat sinfi sertifikatdagi ko‘rsatilgandagiga shubxa tug‘ilsa.
159
Nazorat sinovi o‘tkazilishi zarur bo‘lgan armaturalar N diametri va yuza
ko‘rinishi bo‘yicha alohida partiyalari bo‘linib, tortiladi: katta diametrli armatura
uchun 60 t, armatura simlari uchun 5 t, arqonsimon armaturalar uchun esa tomonlar
kelishuvi asosida massalari belgilanadi. Bunda kamida 5 ta namunani alohida 5 ta
po‘lat armaturadan qirqib olinadi. Sinashda: katta diametrdagi armaturani cho‘zilishi
GOST 12004-66, sovuq holda egilishi GOST -14019-68; armatura simini cho‘zilishi
GOST 12004-66, egilishi esa GOST 1579-63; GOST 7348-63 va GOST 8480-63;
arqonsimon po‘latlarni cho‘zilishi esa GOST 6874-71 bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar armaturani nazorat sinovidan o‘tkazilganda uning sifati davlat standarti
yoki texnik sharoitga mos tushmasa tekshirish avvalgi
olingan namuna hajmini ikki
barovar ko‘paytirib qayta sinovdan o‘tkaziladi. Agar unda ham sifat qoniqarli
chiqmasa unda barcha partiya po‘latlar nuqsonli deb topiladi. Bunday po‘latni
ishlatishga ruxsatni korxona yoki qurilishning texnik raxbari bera oladi.
Tashib olib kelingan armaturalarni saqlashda ularni