149
5.7. Tom yopmasi plitalarini montaj qilish
Odatda, tom yopma plitalari eni 1,5 va 3 m da 6 m uzunlikka, eni hamda 3 m
da 12 m uzunlikka ega. Plitalarni stropovka qilish (ilish) “pauk” tipli to‘rt
shoxli
(to‘rt osmali) strop yoki ko‘pincha traversalar bilan amalga oshiriladi. O‘rnatiladigan
yopma plitalar fermalar (tom yopma to‘sinlari) bilan bir oqimda montaj qilinadi,
shuning uchun navbatdagi ferma o‘rnatilgan zaxotiyoq navbatdagi yopma plitalar
qatori joylashtiriladi
Fonarsiz tom qoplamasida tom yopma plitalarini oldin montaj qilingan
oraliqdan boshlab fermaning bir tomonidan ikkinchi tarafiga
qarata joylashtirish
(5.22-rasm), fonarlarga ega bo‘lgan oraliqlarda esa yopma plitalarni fermaning ikki
oxiridan boshlab o‘rta tarafga tomon ketma-ket o‘rnatish tavsiya etiladi. Stropila
konstruksiyasi ustidagi tom yopma plitalarini loyihaviy holatini ta’minlash
maqsadida ular fermalar (to‘sinlar) yuqori belbog‘laridagi belgilar bo‘yicha
o‘rnatiladi.
5.22-rasm. Tom yopma panellarini montaj qilish:
1 – tom yompa plitalari shtabeli; 2 – montaj krani; 3 –
kolonnalarni montajga
jihozlash; 4 – tom yopma
plitalarini ketma-ket yotqizish
Stropila konstruksiyasi ustiga o‘rnatilgan birinchi
plita to‘rtta tayanch tugunlarida payvandlanadi. Har bir
navbatdagi plitaning qo‘yma payvandlash detallari
uchtadan kam bo‘lmagan tayanch
tugunlarida fermaning
yuqori belbog‘idagi qo‘yma payvandlash detallariga
payvandlanadi (plitaning to‘rtinchi burchagi payvandlash
uchun noqulaydir).
Har bir yacheykada birinchi plitani o‘rnatishda
bitta montajchi qo‘shni yacheykaga yotqizilgan plita
ustida turadi, ikkinchi montajchi
esa kolonnaga osilgan
zina-maydonchada turadi. So‘ngra ikkita montajchi ham
keyingi plitani qabul qilish va o‘rnatish uchun yangi qo‘yilgan plita ustiga o‘tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‘siq konstruksiyalari bilan
jihozlanmog‘i lozim. Plitalar orasidagi choklar tez qotadigan sement asosidagi
sement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton aralashmasi to‘ldiriladi.
Bir qavatli sanoat binolarida tom yopmasining
elementi sifatida katta
o‘lchamli plitalar – qobiqlar, 2T plitalar, boshqa industrial buyumlar ko‘zda tutilishi
mumkin, ular isitgich va tom qoplamasi bilan bajarilgan holatda ob’ektga keltiriladi.
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‘yma payvandlash detallarini
tirgak yotqizilgan fermaga payvandlangandan keyin olib tashlanadi. Tom
yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‘sinlari o‘rnatish bo‘yicha montaj qilish
150
fermalar bo‘yicha olib borilgan ketma-ketlikda va aynan o‘sha usullar bilan
bajariladi.
Devor panellari butun bino karkasi va tom yopmasini yoki uning bir qismi
montaj qilingandan keyin mustaqil montaj oqimida o‘rnatiladi. Tashqi devor panellari
o‘lchamlari 1,2 va 1, 8 m balandlikda 6 va 12 m uzunlikda qabul qilingan.
Devor to‘siqlari odatda o‘zi yurar to‘g‘ri
strelali gusenitsali yoki
pnevmog‘ildirakli kranlar, guskali strelaga ega bo‘lgan yoki maxsus minora-strela
bilan jihozlangan kranlar bilan bajariladi. Devor panellarni montaj qilishda
gusenitsali kranlardan keng foydalaniladi, chunki ularning yurishi uchun yo‘llar oson
tayyorlanadi.
Maxsus minora-strelali jihozga ega kranlardan foydalanilgan holda tashqi
devor panellarni montaj qilish texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Bunday jihozning
qo‘llanilishining asosiy texnologik jihatlari qo‘yidagilardan iboratdir:
yuk ko‘taruvchi kranni montaj maydonchasi bilan birlashishi;
montaj maydonchasini vertikal (kran minorasi bo‘yicha yuqoriga va pastga)
va gorizontal (minoradan devorga va aksincha devordan minoraga) yo‘nalish
bo‘yicha ko‘chirish imkoniyati;
o‘rnatiladigan panellarni kran va montaj
qilinadigan devor orasida
joylashgan kassetalarga taxlash;
bino perimetri bo‘yicha eni 8,5 dan kam bo‘lmagan montaj zonasini tashkil
etish.
Tashqi panellarni o‘rnatishda nafaqat to‘suvchi panellarni aniq montaj qilish,
balki ularning estetik funksiyalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. SHu sababli
choklarning zarur bo‘lgan o‘lchamlarini saqlash, ularni sifatli pardozlash, yuza
tomonidagi qirralarining butun holatida saqlanishi lozimdir.
Montaj ishlarining aniq bajarishligini geodezik tekshiruvda qo‘yidagilar
nazorat qilinadi: birinchi qator panellari uchun – panel pastki qirrasining o‘q
belgilarining chiziqlari bilan mos tushishi; yonma-yon yoki ustma-ust o‘rnatilgan
panellar
qirralarining mos tushishi, o‘rnatilinadigan panellar qatori qirralarining
vertikalligi.