164
Beton qorishmasini tashish va joyiga uzatib berish ko‘p faktorlarga bog‘liq:
tashish uzoqligi, beton quyiladigan joyning qanday sath sharoitga joylashishi, beton
qorishmasini xossasi, bor transport vositasi, joy sharoitining iqlimi va boshqalar.
Umumiy holda tashish texnologik jarayoni quyidagi:
beton qorish uskunasi
bunkeridan qabul qilib olish, turli transport yoki vositalar bilan tashish (uzatib
berish), bevosita quyish joyiga uzatib berish yoki qorishmani boshqa vositaga to‘kib
berish va u yordamida quyish joyiga uzatish.
Tashishda yana shuni hisobga olish zarurki, transportga
beton qorishmasini
keragidan ortiq yuklanishi ham beton sifatini buzilishiga olib keladi. Tashish ishlariga
sarflanadigan harajat joyiga qo‘yilgan beton qorishmasi tannarxini taxminan 20%
tashkil etadi.
Beton qorishmasini tashish vaqti laboratoriya tomonidan hisob asosida
aniqlanib, u vaqt ichida o‘zini qo‘zg‘aluvchanligini saqlab qolishi,
shuningdek
sementning qotish jarayoni boshlanib qolmasligi zarur.
Qorishmani tashish uzoqligi transport yo‘lda qancha vaqt bo‘lishi, yo‘l holati
va transportni harakatlanish tezligiga qarab aniqlanadi. Tashib kelish oralig‘i esa
beton qorishmani quyish joyiga uzatib beruvchi mashina mehnat unumi va betonni
joyiga quyish jarayoniga ketgan vaqtga bog‘liq.
6.9- rasm. DS-100 sement
me’yorlagichining tuzilmaviy
sxemasi.
1-bunker; 2-rama; 3,14-torozi
richagi; 4-to‘g‘irlagich vinti; 5,15-
prizma;
6-tortgich; 7-prujinali ko‘rsatgich;
8-to‘sqich; 10-tutgich; 11-
to‘g‘rilagich; 12-havo kamerasi;
13-flanets;
16-yostiqcha; 17-teshik.
Tashish paytida qorishmani yog‘ingarchilikdan hamda quyosh nuridan saqlash,
eng muhimi tashish paytida beton qorishmasi tarkibidagi sement sutini oqib ketishi
oldini olish zarur.
Tashish usuli: jarayonlar bo‘yicha (