siklli), uzluksiz va aralash
turlarga
bo‘linadi.
-
jarayonlar bo‘yicha tashish usuli beton aralashtirish uskunasidan to qurilish
maydonigacha ikki bosqichda tashiladi. Birinchi bosqichda - tashish gorizontal
usulda avtomobil transport orqali amalga oshirilib (ag‘darma, bortli avtomashinada
165
maxsus badya yoki idishda), ikkinchi bosqichda beton qorishma porsiya shaklida
kran, ko‘targich yoki beton quygich yordamida quyish joyiga uzatiladi.
-
uzluksiz quvurlar yoki konveyerlar usulida tashish beton aralashtirgich
qurilish maydonidan unga uzoq ish hajmi uncha katta bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
-
aralash usulda esa gorizontal tashish porsiya bo‘yicha avtosamosvalda,
joyiga quyish esa maxsus quvurlar yoki konveyerlar orqali bajariladi.
Beton va temirbeton tuzilmalarni sifati, ularni bajarish texnologiyasiga qanday
darajada rioya qilinganligiga bog‘liq. Zavodda tayyorlangan beton sifati
laboratoriyalarda tekshiriladi.
Qurilish maydonida esa qolip o‘rnatish, armaturalarni qolipga joylash, beton
quyish, uni parvarishlash va qolipni echishni texnologik jarayonini bajarilishi
qoidalarini nazorat qilish orqali erishiladi.
Beton qorishmasini laboratoriyalarda tekshirib, sinab ko‘rishga qaramay
qurilish maydonlarida ham tekshirib ko‘rish foydadan holi emas. Qurilish maydonida
beton qorishmasi bir jinsliligi, qo‘zg‘aluvchanligini tekshirish mumkin. Agar tashish
davomida betonning bir jinsliligi yo‘qolgan bo‘lsa, u holda uni tiklashga harakat
qilish zarur.
Betonni uzatish, quyish, tarqatish va zichlash ishlarini qurilishda muhandis-
texnik xodimlar nazorat qilib turadi.
Beton quyish joyda 2-3 ta na’muna kub uchun beton ajratiladi.
Tayyorlanadigan kub o‘lchami betondagi to‘ldiruvchilar kattaligiga qarab:
To‘ldiruvchi yirikligi, mm
200 mm
gacha
40 mm
gacha
70 mm
gacha
150 mm gacha
Kub qirrasi uzunligi, sm
10
5
20
30
Nazorat namunalarini mustahkamligini aniqlash 10060-87 O‘zbyokiston
Davlat Standarti asosida bajariladi. Namunalarni saqlash sharoiti betonlanayotgan
konstruksiya sharoitiga mos sharoitda amalga oshiriladi. Beton mustahkamligi
betonni buzmasdan aniqlash turi mavjud bo‘lib, u yordamida yupqa devorli va
massivli betonlar yuzalari mustahkamligi aniqlanadi. Uni o‘lchovchi asbob
Koshkarov etalon bolg‘asidir.
Quyidagi rasmda Koshkarov bolg‘asi va uning yordamida beton
mustahkamligini aniqlash ko‘rsatilgan (6.10- rasm).
6.10-rasm.
a- Koshkarov etalon bolg‘asi; b- beton mustahkamligini aniqlash; 1- tutgich; 2-
korpus; 3- prujina osti stakani; 4- etalon sterjen; 5 - sharcha.
166
Etalon bolg‘a korpus 2, prujina osti stakani 3, va tutgich
1 dan tashkil topgan.
Stakan asosida esa sharcha 5 joylashgan. Sharcha va korpus orasidagi bo‘shliqqa
etalon beton yuzasiga qo‘yib tirab, bolg‘a korpusi orqasiga boshqa bolg‘a bilan
uriladi. Natijada etalon shar va beton yuzasida iz qoladi. Shunda beton yuzasida
qolgan iz diametri d
b
, va etalon shardagi qolgan iz diametri d
e
o‘lchanadi. Beton
yuzadagi iz qancha katta bo‘lsa betonning mustahkamligini aniqlash uchun maxsus
d
b
/d
e
ga nisbatini betonni siqilishdagi mustahkamligiga bog‘liqligi grafigi xizmat
qiladi. Agar d
b
/d
e
nisbati o‘rtacha qiymati 2,0 ni tashkil qilgan bo‘lsa grafikdagi egri
chiziq bo‘yicha beton mustahkamligi 15 MPa ni tashkil etayapti, ya’ni beton
mustahkamligi Rb= 15 MPa.
6.11-rasm. Ultratovush defektoskopi
a- UK10P defetoskopini umumiy ko‘rinishi, b- sxemasi; 1- shup, 2- kabel,
3- shkalali kuchaytirgich, 4- ultratovush manbai, 5- tovush chiqadigan buyum
qalinligi.
O‘rtacha massivlikdagi konstruksiyalar mustahkamligi ultratovush usulda 12
UK 10 A; UK 10 M va boshqa defetoskop yordamida aniqlanadi. Bu usul beton
tanasida ultratovush to‘lqinini tarqash tezligiga asoslangan. Agar beton qanchaki zich
va shunga asosan mustahkam bo‘lsa shuncha tovush to‘lqinining o‘tish tezligi
shuncha bo‘ladi. Defektoskop ultratovush tarqatish manbai 4, shuplar 1, shkalali
kuchaytirgich 3 va kotel 2 dan tashkil topgan.
Tovush o‘tishi zarur erga avval texnik vazelin surkalib, uni qalinligi bo‘yicha
ikki tomonga shup tekkizib o‘rnatiladi. Kesim yuzasi katta bo‘lmagan ustun,
to‘sinlarda shup bir -birini qarama-qarshsiga o‘rnatiladi, tekis katta yuzali devor,
pardadevorlarda esa bir tomonga oradagi masofani tuzilmaning 1,5-2,0 qalinligiga
teng qilib o‘rnatiladi.
Kuchaytirgich shkalasida ultratovush tebranishi o‘tish tezligi belgilab olinadi.
Qalinlik ma’lum bo‘lgan holda bo‘ylama to‘lqin tezligi V=S/(t-t
0
) ga teng t -
ultratovush tezligi, t
0
- proborning doimiy tuzatgichi.
Beton quyish ishini boshlashdan avval bu ishga qatnashadigan mashinalar
holati, beton yuklari voronkasi, tarnovi va xobotlar ustivorligi tekshirib ko‘rilish
shart.
Beton xaydovchi nasos atrofida kamida 1 metr enli yo‘lak qolishi zarur.
Elektr titratgichlar bilan ishlashda asosiy diqqat
qaratilishi zarur. Titratgich
tutgichi maxsus amortizator bilan jihozlangan, korpusi esa erga ulangan bo‘lishi
shart.
167
Beton qorishmasini zichlash davomida elektr titratgich har 30-35 minut
ishlagandan so‘ng 5-7 minutga sovitish uchun to‘xtatilishi kerak.
Titratgich bilan ishlaydigan ishchi doimo vrach nazoratida bo‘lishi kerak.
Betonni qotishini tezlatuvchi qo‘shimchalardan nitrat natriy kislota bilan yoki
shunga yaqin muhitda gaz chiqarish mumkin. SHuning uchun ular saqlanadigan
joylarda chyokish ta’qiqlanadi.
Yuqoridagi qo‘shimcha bilan ishlganda ishchi ko‘zoynak, respirator va rezina
qo‘lqopda bo‘lishi kerak.
Potash bilan ishlaganda undan noto‘g‘ri foydalanish nafas yo‘llarining
yallig‘lanishiga shuningdek oshqozon - ichak kasalliklarini kelib chiqishiga olib
kelishi mumkin.
Kimyoviy qo‘shimchalardan kalsiy xlor, kalsiy nitrat, nitrit-nitrat xloridlari
inson organizmi uchun xavfsiz, shuning uchun ulardan maxsus muhofazalanish shart
emas.
|