124
(konduktorlar, rama-sharnirli indikatorlar va shunga o‘xshashlar) o‘rnatilganda olib
boriladi. Asbob-uskunali to‘g‘irlash to‘g‘rilash montaj qilingan konstruksiyalarni reja
bo‘yicha balandlik va vertikal holatlarini tekshirishning eng keng tarqalgan turidir.
Bunday to‘g‘irlash jarayonida teodolit, nivelir, lazer
uskunalari va qurilmalari
qo‘llaniladi.
To‘g‘irlamay o‘rnatish
yig‘ma metall konstruksiyalarni (alohida hollarda
temirbeton konstruksiyalarni ham) montaj qilishda ko‘proq qo‘llanilmoqda. Uning
asosiy shartlaridan biri montaj tutashmalarida geometrik o‘lchamlarning yuqori
klassda aniq bo‘lgan konstruksiyalarning qo‘llanishi bilan belgilanadi.
Bu montaj
vaqtida, masalan, po‘lat ustunlar, frezerli tayanch ko‘ndalang tomonlarga ega bo‘lgan
karkas tayanchlarini va elementlarini balandlik va vertikal bo‘yicha to‘g‘irlashlarni
inkor etish bilan loyihaviy holatga o‘rnatish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan (avtomatik )to‘g‘irlash
konstruksiyalarni o‘rnatish bilan
parallel ravishda avtomatik qurilmalar yordamida avtomatik to‘g‘rilashni ko‘zda
tutadi.
Elementlarni to‘g‘irlashda:
teodalit yoki shovun yordamida elementlarning vertikal o‘rnatilganligi
tekshiriladi;
nivelir yoki shayton (uroven) bilan o‘rnatilganlikning gorizontalligi
tekshiriladi;
ustunlarni poydevor stakaniga o‘rnatishdan oldin ularninng xaqiqiy
o‘lchamlari
tekshiriladi, ushbu o‘lchamlar bo‘yicha poydevorlar tayyorlanadi –
poydevor stakanini chuqurligi bo‘yicha cho‘qurlashtirish yoki poydevor stakani
ichiga beton aralashmasi quyiladi, ko‘pincha 1-2 sm qalinlikda armotsementli
qistirmalar yotqiziladi.
To‘g‘irlash davrida konstruksiya montajning to‘g‘ri ketma-ketligi evaziga, o‘z
xususiy massasi, montaj va shamol ta’sirida ustivor bo‘lishi lozim, tutash va tayanch
maydonchalarining loyihaviy o‘lchamlariga
rioya qilinishi, loyihada ko‘rsatilgan
vaqtinchalik yoki doimiy bog‘lanishlar va mahkamlash moslamalari o‘z vaqtida
o‘rnatilishi hamda qurilish jarayonlarini havfsiz olib borishni ta’minlash taqozo
etiladi.
Montaj vaqtida element va konstruksiyalarning loyihaviy holatdan mumkin
bo‘lgan chegaraviy chiqishlari
konstruktiv echimlar, qo‘llanayotgan moslamalar va
jihozlar, payvandlash ketma-ketligi va QMQda ko‘rsatilgan me’yorlarda ko‘zda
tutilgan boshqa shartlarga bog‘liq ravishda ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan
bo‘lishi lozim. Tekshiruv natijalari montaj qilingan konstruksiyalarni oraliq qabul
qilish dalolatnomalari va geodezik nazoratning ijro sxemalari ilova qilingan yashirin
ishlar to‘g‘risida guvohlik beruvchi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
To‘liq yig‘ma binolarning umr boqiyligi ko‘p jihatdan o‘rnatilgan detallar va
ular orasidagi payvand birikmalarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘lat o‘rnatilgan
detallar va payvandlangan choklar tirqishlar hamda g‘ovaklar
orqali kiradigan
agressiv muhit ta’siri ostida korroziyaga uchraydi, buning natijasida konstruksiyalar
orasidagi po‘lat birikmalarning zaiflashuvi va buzilishi ro‘y beradi. Konstruksiyalarni
doimiy mahkamlash katta darajada atrof muhitni yomon ta’sirini oldini oladi.
125
Binolarni
barpo
etishning
asosiy
masalalaridan
biri
bu
alohida
konstruksiyalarning o‘zaro ishonchli birikishidir, chunki bunday birikmalarning sifati
ma’lum bir darajada montaj qilingan inshootlarning sifati va ishonchliligini oldindan
aniqlab beradi. Elemetlar birikmalari uch xilga bo‘linadi: choklar, tutashgan joylar
(tutashmalar) va tugunlar.
Choklar
– elementlarning eng ko‘p uchraydigan birikmalari, bu birikmalar
gorizontal
va vertikal tekisliklar, yonma-yon joylashgan elementlarni orasidagi
bo‘shliqdir. YOnma-yon yotqizilgan tom orayopma panellari orasidagi bo‘shliq, tom
orayopma paneli va u yotadigan rigel devori orasidagi bo‘shliq, orayopma panellari
va uning ustiga o‘rnatilgan devor panellari birlashgan tekisliklar – bu biriktiriladigan
konstruksiyalarning orasidagi choklardir.