117
Hajmdor elementlar – blok-xonalar, blok-kvartiralar, sanitar-texnik kabinalar
loyiha holatida tashiladi.
Juda o‘zoq masofalarga temir yo‘llar bo‘ylab tashishga ruxsat etiladi
Metall konstruksiyalar o‘zoq masofalarga ko‘pincha temir yo‘llar orqali
alohida tarkibiy qismlardan iborat, mayda elementlar sifatida etkaziladi.
Yog‘och konstruksiyalar tayyor holda emas asosan elementlarga ajratilgan
paketlar holida tashiladi.
Avtomobil va temir yo‘l transporti bilan tashiladigan yuklarning o‘lchamlari
harakatlanuvchi sostav gabaritlariga mos tushishi kerak. Har xil cheklanishlar
gabaritlar bo‘yicha maxsus kelishuv va nazoratni talab etadi.
Ombordagi konstruksiyalarning kerakli zaxirasi ishlab chiqarish loyihasidagi
taqvimiy grafik asosida o‘rnatiladi va ularni taxlash uchun kran ta’sir zonasida
maxsus maydon ajratiladi. Qurilish maydoniga etkazilgan yig‘ma konstruksiyalar
odatda maxsus tushiruvchi o‘zi yurar kranlar bilan va kam hollarda montaj
mexanizmi yordamida tushiriladi. “Transportdan montaj” qilish tejamli va kam
mehnat sarf qilinadigan usuldir.
Montajni bajaruvchi tashkilot qurilish maydoniga kelgan konstruksiyalarni
qabul qiladi. Yig‘ma konstruksiyalar ushbu buyumlarning ruxsat etilgan
o‘lchamlaridan chetga chiqishini hisobga olgan holda va