113
takomillashtirish va progressiv texnologik-tashkillashtirish, industriallashtirish
omillarini tadbiq qilish natijasida konstruksiyalarni montaj qilish roli hamda hajmi
o‘sib boradi, bunda bino va inshootlarni barpo etish muddatlari hamda tannarxining
qisqarishi ta’minlanadi.
Hozirgi paytda uy-joy qurilishida tashqi devorlari g‘ishtli va to‘liq yaxlit
betondan bo‘lgan binolarda yaxlit temirbetonning hajmi oshib bormoqda. YAxlit
konstruksiyalar bilan bir qatorda yog‘och va plastmassadan tashkil topgan
engillashtirilgan konstruksiyalar hamda chodirli va pnevmatik konstruksiyalarga oid
tizimlar ham keng qo‘llanilayapti.
O‘zbekistonda beton qo‘llanilishining umumiy strukturasida yig‘ma temirbeton
nisbatan kamroq va bundan keyingi rivojlanishda ham shunday holatning saqlanib
qolish ehtimoli ko‘proq. Evropa mamlakatlarida va Rossiyada yig‘ma temirbetonning
qo‘llanish ko‘lami yanada kengaymoqda. Yig‘ma temirbeton keng qo‘llanishining
ko‘pgina ob’ektiv sabablari mavjud. Asosiy omillar iqlimga oid sharoitlar bo‘lib,
konstruksiyalarni tayyorlash jarayonini berk binolarga ko‘chirishga intilishdir.
Statsionar ishlab chiqarish sharoitlarida operatsiyalarni navbatma-navbat nazorat
qilishni tashkil etish orqali konstruksiyalar sifatining turg‘unligini ta’minlash ancha
engil kechadi. Turli shakldagi qoliplarni tayyorlashda zamonaviy polimer ashyolarini
qo‘llash turli ko‘rinishdagi buyumlar turlarini yaratish va ularni arxitekturaviy
pardozlash variantlarini ko‘paytiradi. Yig‘ma temirbetonni tayyorlashda kimyoviy
qo‘shimchalarni
qo‘llash
beton
aralashmasini
zichlashtirish
maqsadida
qo‘llaniladigan tebratib zichlashtirish usulining davomiyligini qisqartirish yoki undan
umuman voz kechish imkonini beradi. Beton tarkibi va konstrukiyalar shaklini
tanlash hozirgi paytda buyumlarni yuqori aniqlikda tayyorlash va ruxsat etilgan
qo‘yimlarni mm lardagi aniqlikgacha olib kelish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda yig‘ma temirbetonni ishlab chiqarishda energiya tejamkor
texnologiyalarni qo‘llash eng asosiy omillardan biri hisoblanib, bu omil
sementlarning yangi avlodini qo‘llash va betonni kimyolash – ko‘p funksiyali
vazifalarni bajaruvchi qo‘shimchalardan keng foydalanishga tayanadi.
Tashkiliy prinsiplarga quyidagilar kiradi:
binoga kommunikatsiyalarni yotqizishni ham o‘z ichiga olgan holda nol
sikli ishlarining birinchi o‘rinda bajarilishi;
ko‘tarish-tashish transport mashinalari komplektining ish unumdorligigiga
uzviy bog‘langan holda montaj ishlarini oqim usulida olib borish;