118
yuklarni keltirish yo‘llari yoqasida joylashgan markaziy omborlar va ob’ekt oldi
omborlarga bo‘linadi.
Yig‘ma konstruksiyalar zahirasining miqdori ularni etkazib berish sharoitga
bog‘liq bo‘lib, butun binoga etarli elementlar hajmidan nolgacha o‘zgarib turadi
transport vositalarida montaj qilinganda. Odatda konstruksiyalar
zahirasi montaj
ishlarini bajarayotgan kranning 3...7 kun ishlashiga etarli bo‘lishi kerak. Alohida
ekstremal sharoitlarda konstruksiyalar zahirasi 1 oyga etadigan miqdorga etkaziladi.
Konstruksiyalarni ob’ekt oldi omborlarida asrash uchun quyidagilarga rioya
qilish kerak:
yig‘ma elementlarni taxlash va shtabellarga joylashtirish montaj qilish
ketma-ketligini hisobga olgan holda montaj kranlarining harakatlanish zonasiga
joylashtirish;
katta massaga ega bo‘lgan konstruksiyalarni
montaj krani yaqiniga
joylashtirish;
yig‘ma elementlarni egilmaydigan va ifloslanmaydigan sharoitlarda asrash;
ombor hududiga o‘tish va yurish yo‘llari ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;
hamma elementlarni o‘lchamlari 6 x 6 va 8 x 8sm li yog‘och tagliklar
ustiga taxlash, bunda elementlarning bir o‘qda yotishini ta’minlash va konstruksiyalar
betonida yorilish va zo‘riqish bo‘lmasligining oldini olish taqozo etiladi (5.2-rasm);
Omborlarda og‘irligi katta konstruksiyalar montaj kraniga yaqin qilib, engillari
esa
uzoqroqqa
joylashtiriladi.
Ombor
maydonini
qisqartirish
maqsadida
konstruksiyalar odatda tekis taxlab shtabellarda saqlanadi. SHtabellar orasidagi o‘tish
joylarini bo‘ylama tomonidan har ikkita yonma-yon shtabeldan keyin ko‘ndalang
tomonida 25 m dan kam bo‘lmagan masofada qoldiriladi. Ko‘ndalangiga qoldirilgan
o‘tish joylarining eni 0,7 m dan, shtabellar oralig‘idagi uzilishlar 0,2 m dan kam
bo‘lmasligi kerak. Elementlarni taxlanishni shunday tashkil etish kerakki,
istalgan
konstruksiyaga yaqinlashib markasini aniqlash va montajga tayyorlash uchun
imkoniyat bo‘lishi kerak.
Orayopma panellari, ustunlar, rigellar, ustun ustiga qo‘yiladigan
va oraliq
plitalar shtabellarda gorizontal holatda tekis taxlanib saqlanishi kerak. SHtabellarning
eng maqbul o‘lchamlari: ustunlar uchun –4 qator, rigel va progonlar uchun – 3qator,
tomyopma va orayopma plitalar uchun – 10...12 qator, lekin shtabelning maksimal
balandligi – 2,5 m dan oshmasligi shart.
Omborlarda devor panellari vertikal yoki metall piramida hamda kassetalarda
qiya holatda o‘rnatiladi, katta o‘lchamdagi pardevorlar ham xuddi shunday yog‘och
kassetalarga vertikal holatga yaqin qilib taxlanadi.
Bir qavatli sanoat binolarining temirbeton va metall karkas elementlari
o‘rnatiladigan joyiga yaqin qilib taxlanadi: engil ustunlar – yuqori tomoni
poydevorga qilib, og‘ir ustunlar pastki tomoni poydevorga qaratib (5.3-rasm), kran
osti to‘sinlari – ustun qatorlariga parallel holatda orasidagi masofa 40...50 sm qilib
joylashtiriladi. Omborda yig‘ma elementlarni
shunday joylashtirish lozimki, ularni
ko‘tarish va loyihaviy joyiga o‘rnatish paytida kran strelasi o‘zgarmasligi
ta’minlanishi, ya’ni kran strelasi montaj vaqtida ko‘tarilmasligi va pastga
tushirilmasligi kerak.
119
5.2– rasm. temirbeton (a) va b) metall konstruksiyalarni(b)taxlanishi.
1–tagliklar; 2–oraliq qistirmalar; 3–metall tayanchlar; 4–kasseta.
5.3 rasm. Montaj zonasida ustunlarni taxlash